O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 
ETIMOLOGIYA 
So'zlarshshg kelib chiqish tarixini o'rganuvchi soha etimologiya (grekcha 
etymon – haqiqiy, logos – ta'limot) deyiladi. Etimologiya tilshunoslikning juda 
qadimiy sohasi bo'lib, eramizdan avvalgi faylasuf va filologlar ham so'zlarning 


- 91 - 
dastlabki kelib chiqish tarixi bilan shug'ullanganlar. "Etimologiya" termini 
qadimiy Rumo olimlari Xrizipp va Varron nomlari bilan bog'liq ekanligi ehtimol 
qilinadi. So'zlarning haqiqiy va birinchi asl ma'nolari va shakllari til tarixi, bos-
hqa tillar va dialektlardagi shu so'z to'g'ri kelgan o'zakka ega bo'lgan so'zlar bi-
lan qiyoslash asosida aniqlanadi. Bunda so'zlarning avvalgi ma'nosi va shakllari 
chuqur o'rganiladi. So'zlarning kelib chiqish tarixi tarix, arxeologiya, geografiya, 
antropologiya, madaniyat va san'at kabi qator fanlar yordamida aniqlanadi. So'z-
larning kelib chiqish tarixini o'rganish tamoyillari va metodlari ancha murakkab 
bo'lib, boshqa fanlarga murojaat etishni taqozo etadi. "Etimologiya" termini tils-
hunoslikda ikki ma'noda ishlatiladi: leksikologiyaning ma'lum tilda so'zlarning 
kelib chiqish tarixini o'rganuvchi sohasi ma'nosida hamda biror so'zning birinchi 
asl ma'nosi va shakli ma'nosida. 
Yangi so'zning kelib chiqishini aniqlash oson, lekin eski so'zning qachon 
paydo bo'lgani va qaysi tildan yoki shevadan olinganini bilish ancha qiyin. Biror 
so'zning kelib chiqishini aniqlashda shu so'z qardosh tillardagi so'zlarning to-
vush strukturasi va ma'nolari bilan qiyoslanadi. Biroq doim ham shunday ilmiy 
izlanish aniq natijaga olib kelavermaydi. Chunki ba'zan so'zlarning' tashqi 
shakli, ya'ni tovush tarkibi bir-biriga yaqin bo'lsa ham, ularning ma'nolari tur-
licha bo'ladi. Masalan, ba'zi tilshunoslar “daftar” so'zini grek tilidagi devter – 
"ikkinchi teri" so'zidan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Biroq ko'pchilik til-
shunoslar bu so'zni fors tilidagi daftar so'zidan kelib chiqqanligi va XI asr qa-
dimiy uyg'ur tilida ba'zi o'zgarishlar bilan “tepter” shaklida ishlatilganini 
ko'rsatadilar. Bu so'z defter "тетрадь", "реестр" ma'nosida XV asr qo'l yozma-
larida ham uchraydi. Biroq bu so'z rus tiliga дафтер, девтер, деотерь shakllari-
da o'zlashgan. Bu so'z qipchoq va bulg'or tillari orqali tatar va boshqird tillariga 
daftar shaklida o'zlashgan.
1
Ko'rinadiki, daftar so'zining grekcha tovush 
tarkib-
iga yaqin bo'lgan "teri" ma'nosidagi so'zga deyarli aloqasi yo'q. Arxitektor so'zi 
1
Аракин В.Д. Тюркские лексические элементн в памятниках русского языка 
монгольского периода. //Тюркизмы в восточно-славянских языках. М.Наука., 1974, 
с. 126. 


- 92 - 
esa ko'pchilik tillarda bor. U grekcha architecton – "quruvchi" so'zidan olingan. 
Biroq bu so'z har qanday quruvchini emas, balki faqat "haykal quruvchi yoki bi-
noning loyihasini chizuvchi" ma'nosini bildiradi, ya'ni uning ma'nosi ancha 
toraygan. 
Rus tilidan o'zbek tiliga qabul qilingan va kelib chiqishi ham ruscha bo'l-
gan samovar so'zi "choyxona" ma'nosida va shu so'zga sinonim bo'lib ishlatiladi. 
Demak, samovar so'zi o'z ma'nosini kengaytirgan, ya'ni u, birinchidan, choy 
qaynatadigan idishni, ikkinchidan, choy ichadigan joy ma'nosini ifodalaydi. 
So'zlarning etimologiyasini o'rganish jarayonida ularning tor va keng ma'noda 
qo'llanilishiga doir ko'plab ma'lumotlar ma'lum bo'ladi. 
So'zlarning kelib chiqishini aniqlashga to'sqinlik qiluvchi, ularning bir 
o'zakdan kelib chiqishini bilish uchun qiyinchilik tug'diruvchi jarayon deetimol-

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin