O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


grammatika va turli qarindosh yoki qarindosh bo'lmagan tillardagi grammatik  alomatlarni chog'ishtirib o'rganuvchi qiyosiy-tipologik grammatika



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

grammatika va turli qarindosh yoki qarindosh bo'lmagan tillardagi grammatik 
alomatlarni chog'ishtirib o'rganuvchi qiyosiy-tipologik grammatika farqlanadi. 
Ilmiy jihatdan grammatika falsafaning tafakur, mantiqning hukm boblari 
bilan bog'lanadi. 
Tilning grammatik sistemasi undagi barcha grammatik vositalarning 
ma'jmui hisoblanadi. Tilning grammatikasiga oid barcha vositalarning ichki 
bog'lanishlari qanday tarzda ekanligi uning strukturasini tashkil etadi. 
Tilni alohida sistema tarzida qarab, uning grammatik sistemasi va struk-
turasini chuqur o'rganish uchun har bir grammatik xususiyatning shakl va ma-
zmun jihatini chuqur tadqiq etish lozim. 
 
 GRAMMATIK MA'NO VA
 GRAMMATIK VOSITA 
So'z – umumlashtiruvchi ma'noga ega. Masalan, "paxta" so'zi ham 
ko'chat, ham undan olingan mahsulotni ifodalaydi. Bu uning aniq ma'nolari. Le-
kin "paxta" so'zi "ko'chat" va "mahsulot"larning barcha turlarini atashi uning 
umumlashtiruvchi ma'nosidir. Biroq bu so'zga -kor yasovchi suffiksini qo'shilsa 


- 110 - 
– "paxtakor", ya'ni paxta ekish va uni yig'ib-terib oluvchi shaxsning kasbini 
ko'rsatadi. "Paxtakor" so'ziga yana beshta qo'shimcha va suffikslar qo'shish 
mumkin: paxta-kor-lar-i-miz-da-gi. Bunda -lar – ko'plik shaklini ko'rsatuvchi 
qo'shimcha, -i – egalik shaklini ifodalovchi qo'shimcha, -miz – shaxs-son 
qo'shimchasi, -da – o'rin-payt va –gi – chiqish kelishiklari qo'shimchalari 
hisoblanadi. 
"Paxtakor" so'zidagidek -kor suffiksi yordamida yasalgan bunyod-kop, 
lavlagikor kabi shaxsning kasbini ifodalovchi so'zlar mavjud. 
Binobarin, -kor suffiksi yordamida yasalgan so'zlar guruhi va ularni har 
biridagi umumiy ma'no grammatik ma'no hisoblanadi. So'zlarning grammatik 
ma'nosini ifodalay oluvchi maxsus til vositalari qatoriga otlarda qo'llanuvchi 
kelishik, son, egalik, shaxs, son, mayl kabilarni ifodalovchi qo'shimchalar kiradi. 
Grammatik ma'no o'z mazmuniga ega bo'lib, bir guruhdagi barcha 
so'zlarning biror belgisini ko'rsatadi va binobarin, umumiylik xususiyatiga ega.
Grammatik ma'no leksik ma'noga qaraganda ancha mavhumroq ekanligi 
uning biror guruhdagi so'zlarning umumiy belgisini ifodalashi bilan izohlanadi.
Grammatik ma'noni grammatik vositalarsiz aniqlab bo'lmaydi. Masalan, 
maktabni, maktabga, maktabda kabi so'z shakllarini qiyoslaganda, ulardagi ke-
lishik qo'shimchalari yoki bordi, boradi, bormoqchi kabi fe'l shakllarini 
qiyoslasak, ulardagi zamonga tegishli qo'shimchalar grammatik ma'noni ifoda-
lovchi vositalar hisoblanadi. 
Bir so'zning turli shakllari o'z grammatik ma'nosiga ega. Odatda bir so'z 
doirasidagi turli shakllar, masalan, kitobda, kitobga, kitobni kabilar, shu 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin