O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

SO'ZNING MORFOLOGIK TARKIBI.
MORFEMA 
So'zlarning ma'no jihatini hisobga olib ularning tarkibida o'zak, ya'ni aso-
siy leksik ma'nosini ifodalovchi qismi va shu so'z ma'nosini aniqlashtirib 
beruvchi affikslarni ajratamiz. Masalan, paxtakorlar – paxta shu so'zning o'zagi, 
-kor kasbni ko'rsatuvchi, undan boshqa so'z yasovchi affiks va -lar ko'plik shak-
lini ifodalovchi affiks. Affiks (lotincha affix – qo'shiluvchi) so'zni yasash va un-
ing shaklini o'zgartirishda qo'llanuvchi barcha vositalarning majmuidir. 
Affikslar so'zdagi o'rni va tildagi bajaradigan vazifasiga ko'ra tasnif etiladi. 
So'zdagi o'rniga ko'ra affikslar uch turli bo'ladi:
1) so'zning o'zagidan oldin qo'shiluvchi – prefiks (bemalol, bama'ni kabi);
2) so'zning oxiriga qo'shiluvchi postfiks (ko'payish, kelmoq, sezgir kabi);
3) so'z o'zagi va boshqa qismini ulash uchun uning o'rtasiga qo'shiluvchi -
infiks (ishqiboz, gultojixo'roz kabi).
O'zbek tilida asosan postfikslar ko'proq qo'llanadi, unda prefiks va in-
fikslar faqat chet tillardan olingan so'zlardagina qo'llanadi. Postfikslarni odatda 


- 114 - 
suffiks (lotincha postfix –orqaga qo'shilgan) yoki qo'shimcha deb ataladi. Til-
dagi bajaradigan vazifasiga ko'ra affikslar so'z yasovchi va so'z o'zgartiruvchi 
turlarga bo'linadi. Masalan, -kor, -chi suffikslari kasbni ko'rsatuvchi so'zlarni 
yasaydi: paxtakor, shifokor, xizmatchi, to'qimachi, baliqchi kabi. 
So'z o'zgartiruvchi affikslar tilda so'zlarni bir-biriga biriktirish uchun, 
ya'ni so'z birikmalari va gap tuzishda xizmat qiladi: kitob javoni, uning daftari, 
qishloqdagi hovlimiz. Universitetimiz talabalarining barchasi xorijiy tillarni 
chuqur o'rganmoqdalar. 
Affikslar tilda ko'p yoki kam qo'llanishiga ko'ra mahsuldor va 
nomahsuldor bo'lishi mumkin. 
So'zni ma'nodor qismlarga bo'lish mumkin. So'zning o'zagi va affikslari 
uning ana shunday ma'nodor qismlaridir. So'zning o'zagi va undagi barcha 
turdagi affikslarni umumiy tushuncha bilan ifodalab, uni morfema (grekcha 
morphe – shakl) deb ataymiz. Morfema – tilning eng kichik ma'nodor birligidir. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin