- 118 -
bo'lgan tillarda gapda so'zlar tartibi unchalik ahamiyatli emas. Gapda so'z tarti-
bining o'zgarishi stilistik va mantiqiy jihatdan ahamiyatli bo'lishi mumkin.
Urg'u so'zlarning grammatik ma'nosyni farqlay oluvchi vosita bo'lib xiz-
mat qilishi mumkin. Hind-ovrupo tillarida so'zlar va so'z shakllari urg'uning o'r-
niga ko'ra grammatik ma'nolari bilan farqlanadi. Masalan, rus tilida мукá–
un,мýка – azob, рукú (r.p.yed.ch.) qo'l – рýки (im.p.mn. ch.). Ingliz tilida `pre-
sent – sovg'a, présent – hozir bo'lmoq, im`port – import (ot), to ímport – import
qilmoq. German, turkiy, hind tillarida urg'u so'zlarning grammatik ma'nolarini
ifoda qilishda kamroq qo'llanadi. Masalan, o'zbek tilida olmá (meva) – ólma
(fe'lning buyruq shakli), atlás (mato) – atlas (xarita kitob) kabi urg'uning o'rniga
ko'ra farqlanuvchi so'zlar juda kam.
Intonatsiya, ayniqsa, uning asosiy komponenti bo'lgan melodiya (ohang)
grammatik ma'noni ifodalashda xizmat qiladi. Masalan, U keldi (tushuvchi
ohang – darak gapda), U keldi? (ko'tariluvchi ohang – so'roq gapda), U
keldi!(ancha baland ohang – undov gapda) va so'zlovchining his-hayajon, ehti-
rosini ifodalovchi past yoki baland ohang qo'llanishi mumkin. Musiqiy ohangga
ega bo'lgan tillarda (hitoy, tay, vyetnam, koreys) ohang grammatik ma'noni
farqlashda ko'proq xizmat kiladi. Masalan, Alyaskadagi takelama qabilasi tilida
"hi1a" so'zi tushuvchi ohang bilan aytilsa "qo'shiq", ko'tariluvchi ohangda talaf-
fuz etilsa, "qo'shiq aytmoq" (fe'l) ma'nosini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: