- 121 -
Har bir tasnif grammatik – morfologik, sintaktik va boshqa belgilarga
asoslanadi. Masalan, xitoy, koreys, vyetnam, kxmer, tay va boshqa tillarda fe'l
va sifat ancha yaqin. Shu sababli xitoy tilida sifat va fe'l alohida predikativ gu-
ruhini tashkil etadi va ularning xar ikkisi sintaktik jihatdan kesim vazifasini ba-
jaradi va fe'lga tegishli qo'shimchalarni qabul kiladi. Shu sababli predikativ
xitoy tilida alohida so'z turkumi hisoblanadi.
So'zlarning guruhlarini ularning turli sintaktik o'rinlarida qo'llanishi jihat-
dan qarash mumkin. Har bir mustaqil so'zga bo'ysunuvchi boshqa so'zlar qo'lla-
nish o'rnini izohlaydi. Masalan, juda katta so'z birikmasida
katta asosiy so'z,
juda unga bo'ysunuvchi so'z bo'lsa, maktabga bormoq so'z birikmasida
bormoq
asosiy so'z, maktab unga tegishli so'zdir. So'zlarning belgilari ularning matnda
qo'llanishini chuqur o'rganish natijasida oydinlashadi. Binobarin, har bir so'z
turkumiga xos so'zlarning boshqa – qaysi guruhdagi so'zlar bilan birika olishi va
ularning qo'llanish qoidalarini aniqlash zarur. Har bir so'z turkumi o'ziga xos
semantik belgilari bilan ajralib turadi, lekin so'z turkumlarining tasnifida seman-
tik belgilar asosiy emas. Chunki shunday so'zlar borki, ular ikki – uch so'z tur-
kumiga xos belgilari bilan ajralib turadi. Masalan,
sarg'aygan, yugurish so'zlari
semantik jihatdan alohida jarayonga tegishli bo'lib, ayni vaqtda grammatik
ma'nosi bilan ajralib turadi, ya'ni sarg'aygan so'zi sifatdosh – narsaning belgisini
bildiradi, yugurish – harakat nomini (fe'lning bir shakli) ifodalaydi.
So'z turkumlari morfologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, har
bir so'z turkumi o'ziga xos affikslari va so'z yasovchi vositalariga egadir.
So'z turkumlari o'ziga tegishli grammatik kategoriyalari bilan farq qiladi.
Masalan, otlar kelishik, shaxs, son, egalik, aniqlik, mavhumlik kabi turli katego-
riyalarga ega. Fe'llar zamon, mayl, nisbat, shaxs va boshqa kategoriyalarga
egadir.
Dostları ilə paylaş: