O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

IV-BOB. TILLARNING TASNIFLARI 
Tillarning geneologik ( qarindoshligiga ) ko’ra tasnifi 
Jahon tillarini tarixini o’rganish hech qachon tamom bo’lmaydi. Chunki hali ta-
rihi o’rganilmagan tillar juda ko’p. Tillarning tarixini o’rganishda asosan ikki 
turli mitodlar qo’llanadi. Birinchisi, mutlaq xronologiya deb atalib, bunday 
o’zgarish qachon, qaysi asrda va qanday amalga oshirilganligi ancha aniq 
bo’ladi. 
Lotin 
1
 
grek 
Uels 
Ingliz 
Island 
Dat 
Olmoq 
ünus 
oine 
Un 
one 
einn 
Een 
Ikki 
duo
duo 
Dau 
two 
tveir 
Twee 
Uch 
tres 
treis 
Tri 
three 
prir 
Drie 
Tillarda ustivor elementlar va doimiy o’zgarishlarga uchrab turuvchi elementlar 
mavjud. Xususan, shahs va kelishik qo’shimchalari ancha ustuvor, biroq “bilan” 
bog’lovchisi o’zgaruvchan hisoblanadi: bilan – ila-la kabi. Tillardagi “oyoq”, 
“suv”, “ikki”, “quyosh”, “bermoq”, “yemoq” so’zlarining o’zagi juda ustivor, 
aksincha, “yahshi”, “yomon”, “gapirmoq”, “yashin” so’zlarining o’zagi – ancha 
o’zgaruvchan. Bunday farqlanish bu so’zlarning ko’p qo’llanishi yoki zaruriy 
tushunchalar ekani bilan izohlanmaydi.
Insonning his-hayajoni so’zlarning ifoda kuchini belgilaydi. Tilda ko’p 
qo’llanuvchi “yaxshi” va “yomon” so’zlarining noustivorligi bunga misoldir. 
Ba’zan semantic jihatdan yaqin bo’lgan so’zlar ham turlicha qo’llanadi. Masa-
lan, “o’ng” so’zi “chap” so’ziga qaraganda ustuvorroq, chunki “chap” so’zi 
yomon xodisa va odatlar bilan bog’liq. Bu so’zlarning ma’nolari aslida “qo’l” 
ma’nosi bilan bog’liq: qadimiy fors, dasta “qo’l”, avesto zasta “qo’l”, qadimiy 
1
Misol olingan manba: Phyles Th., Algeo F. The Origions and Devolopment of the English language. 4-th edi-
tion. Harcourt Brace Jovanovich college publlishers. 1993, p. 77. 


- 128 - 
hindi daksina-, qadimiy slavyan desnitsa “o’ng qo’l”, got taihswa “o’ng”, irland 
dess “o’ng”, nemis shevalarida tenk “chap”, ingliz left “chap”, qadimiy ingliz 
lof “qo’l kafti”, right o’ng rink, ruscha ruka. Bu sozlarda ramziy ma’no inson-
ning kelajagini uning qo’liga qarab bashorat qila bilish mumkinligi bilan 
bog’liqdir.
1
Yuqoridagi misollar bir til oilasi bo’lgan hind – ovrupo tillari 
doirasidagi qarindoshlikni izohlaydi. Lekin bu o’rinda ramziy ma’no qarindosh 
bo’lmagan tillarda ham o’xshash bo’lishi mumkin. O’zbek tilida ham “o’ng” va 
“chap” so’zlari “qo’l” so’zi bilan bog’lanib, yahshi va yomon, baxt va falokat 
ma’nolarini ifodalaydi. Turli tillardagi so’zlar va qo’shimchalarni qiyoslash 
yordamida ulardagi tovushlarning o’xshashligi va ba’zi farqlarini aniqlash 
mumkin. Yuqoridagi misolda buni sezish mumkin. Lekin so’zlaning ma’nolari 
o’rtasida farqlarni aniqlash ancha qiyin bo’lib, bu o’rinda qiyoslanayotgan 
so’zlarning kelib chiqishidagi asl ma’no va undan keyingi rivojlanishida yana 
qanday ma’no kashf etganini etimologik jihatdan aniqlash lozim bo’ladi.
Tillar bir-biriga tashqi ta’sir o’tkazadi. Bu ta’sir ularning qarindoshligiga bog’liq 
emas. Tillarning ginetik qarindoshligini aniqlash uchun ulardagi barcha 
o’zlashgan elementlarni hisobga olmaslik zarur. Boshqa tillardan o’zlashgan 
so’z o’zgartiruvchi affikslar juda kam yoki umuman qo’llanmaydigan sohalar 
mavjud. Bir-biriga juda yaqin bo’lgan tillar va shevalardan grammatik element-
lar osonroq o’zlashadi. Shuningdek, moddiy va madaniy sohalarga tegishli 
so’zlar ham osonroq o’zlashadi.
Turli metodlar yordamida tillarning qarindoshligini aniqlashga harakat qilinadi. 
Qirg’iz Qozoq bilan, Rus Ukrain yoki Belorus bilan, Frantsuz Ispan bilan mu-
loqot qilsa, ularning tili bir-biriga ancha o’xshash va binobarin qardosh ekanini 
yaxshi sezish mumkin. Muloqotda birorta so’zining talaffuzi ham yaqin kela 
olmasligi mumkin, binobarin, bu tillar qarindosh emasligi sezilarlidir. Tarixiy 
jihatdan qarindosh tillar bir davomiy lisoniy an’anaga asoslangan tillarning turli 
1
Bu so’zlarning boshqa ma’nolari haqida qarang: Маковский М.М. Сравнительный словарь мифологиче-
ской символики в индоевропейских языках. Образ мирa и мир образов. М., «Гуманитарный издательский 
центр Владос». 1996, с.207-208.


- 129 - 
zamon va makondagi variantlaridir.
1
Bunday qarash falsafiy jihatdan ontologik 
izohlash hisoblanadi. Til inson faoliyatining mahsulidir. Inson faoliyatidagi bar-
cha moddiy va madaniy xususiyatlar, ijobiy va salbiy xususiyatlar tilda o’z 
ifodasini topadi. Eng qadimiy til hisoblanuvchi “proto-hind-ovrupo tili” yoki 
“proto-turkiy tili” o’z nomidan qanday tillar guruhini o’z ichiga olishi mumkin 
ekanligi ma’lum. Bu tillarni ba’zan “bobo til”, “eng qadimiy til” iboralari bilan 
ataymiz. Proto– hind- ovrupo tilidan proto-german, proto-slavyan, proto-eron 
tillari hosil bo’lgan deb faraz qilinadi. Masalan, proto-german tilidagi p yuqori 
nemis tilida pf yoki unlilardan keyin ff (pepper-pfeffer “гармдори, мурч”) 
shaklida; proto-german tilidagi t ts (yozuvda z) yoki unlilardan keyin ss 
shaklida (tongue,zunge “til”, Water-wasser “suv”); proto-german tilidagi k unli-
lardan keyin ch shaklida (break-brechen); proto-german tilidagi d esa t bo’lib 
(dance-tanzen, slavyan, rus tilida “танцы” ham shundan kelib chiqqan) 
qo’llanadi.
So’zlarning hozirgi tovush tarkibi va ma’nosini qiyoslash yordamida ularning 
qadimiy holati, yani “proto til”dagi ko’rinishi tiklanadi. Bu tillarning ichki ti-
klanishi yoki rekonstruktsiyasi deyiladi. Bunday metod ancha eski hisoblanadi, 
lekin u hozir ham qiyosiy-tarihiy metod yoki komparativistika (grekcha compar-
ative-qiyoslash; tika- fan) nomi bilan mashhurdir. Qiyosiy-tarihiy metod qarin-
dosh tillarning tarihi bilan bog’liq bo’lib, ularni har tomonlama chuqur ilmiy 
tadqiq qilish bilan shug’ullanadi. Bu metod yordamida qarindosh tillarning 
tovush tarkibi va semantic structurasi o’rganiladi. Masalan, quyidagi so’zlarda 
undoshlar tarkibiga e’tibor bering: qadimiy yuqori nemis tili Finf , hozirgi nemis 
tilida Fünf , qadimiy ingliz tilida Fif , hozirgi ingliz tilida five “besh”. Bunday 
tahlilda boshqa tillardan o’zlashgan so’zlardan foydalanish yahshi natija ber-
maydi. 
Qiyosiy-tarihiy metod yordamida tillarning qarindoshligi aniqlanadi va eng qa-
dimiy tildagi, yani protil (bobo til)dagi tovushlar tarkibi va so’zlarning 
1
Шайкевич А.Я., Абдуазизов А.А., Гурджиева Е.А. Введение в языкознание. Т., “Ўқитувчи” 1989, с.216.


- 130 - 
ma’nolari tiklanadi. Demak, shunday eng qadimiy til mavjudki, hozirgi til-
larning ba’zilari undan hosil bo’lgan va rivojlangan. Bunday ba’zi tillar mavjud-
ligi ma’lum. Jumladan, hozirgi sharqiy slavyon tillari uchun “bobo til” (yoki 
protil) qadimiy rus tilidir. Hindiy tillari uchun pratil – Sanskrit tili hisoblanadi. 
Hozirgi turkiy tillari uchun qadimiy proturkiy til ikki guruhga bo’linadi: g’arbiy, 
turkiy tillar. O’zbek tili sharqiy turkiy tillar guruhidagi qarluq kichik guruhiga 
kiradi. Ana shunday jahon tillari o’rtasidagi qarindoshlik aloqalarini o’rganish 
orqali tillarni genetik tasnif qilinadi. Qarindosh tillarning eng katta guruhi til 
oilasiga birlashadi, bu o’z navbatida til guruhlarini til kichik guruhlarini tashkil 
etadi. Eng kichik guruh yoki alohida guruhga kirmovchi til yoki sheva o’zi ham 
yakka bir til oilasini tashkil etishi mumkin. Masalan, Yenisey daryosi bo’ylarida 
700 kishi so’zlashadigan ket tili; Sahalinning sharqida Amur daryosi bo’ylarida 
1,3 million kishi so’zlashadigan nivx tili.
Tillarning geniologik tasnifidagi oila-guruh, kichik guruh va nihoyat til shaklida 
berish shartli hisoblanadi. Chunki tillar o’rtasidagi genetic aloqalarni 
chuqurroq o’rganish asosida yangicha guruhlash mumkin bo’ladi. Hozirgi jahon 
tillari taxminan ikki yuzta til oilalaridan iborat bo’lsa, ulardan 22 tasi 
Yevraziyaga (Ovrupo va Osiyoga), tahminan 20 tasi Afrikada, qolganlari 
Amerika, Avstraliya, Yangi Gvineyaga to’gori keladi. 
Tilshunoslik fanining rivojlanishi borasida til oilalari ham qisqaradi, o’zgarishlar 
ro’y beradi. Birnecha til oilalarini birlashtirib makrooila deb ataladi. Bunday 
makrooilaga bir-biri bilan qarindoshligi hali aniqlanmagan tillar ham 
birlashadi.
1
Ana shunday til makrooilasiga hind-ovrupo, afra-osiyo, o’rol, oltoy, 
kartvel, dravid tillarini birlashtirib, nostratik tahmin yoki tilshunoslik nomi bilan 
mashhur bo’lgan qiziqarli soha ham mavjud. Bunday nostratik tilshunoslikda 
daniyalik olim X.Pedersen (1867-1953) va rus olimi V.M.Illich – Svitich (1934-
1966) nom qozonganlar. Tillarning nostratik makrooilasiga kirganlari ichida yu-
zlab o’xshashliklar aniqlangan: tatar. min, mordvan mon “men”; zan. munes, 
rus. мне; mariy. тый, mo’g’ul. ēi (>
x
ti), rus. ты; udmurd. mu, telugu mēmu, 


- 131 - 
xausa mu, rus. мы, komi тайо, mo’g’ul tere, rus. тот; o’zbek kim, Fin ken, so-
mali kuma, rus кто. Ko’pgina leksik o’zaklarda ham o’xshashliklar bilinadi: 
turk. quloq, gruzin guri, fin kuule, grek. kluō “eshitmoq”; turk. qaryn “qorin”, 
arab, qurb, tamil, karuppai, lotin corpus “badan”, rus. чрево.
2
Nostratik 
nazariyaga asosan qadim zamonlardan boshlab hind-ovrupo, afroosiyo, o’rol, 
oltoy, kartvel va dravid
1
tillari o’zaro qarindosh bo’lgan deb taxmin qilinadi. 
Nostratik nazariya tarafdorlari bu tasnifda kirgan so’zlarning lug’atini tuzganlar.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin