- 145 -
dan ortiq til bor. Tojikistonning Pomir tog’laridagi aholining birnecha tillarda
so’zlashuvi, xatto ular yashayotgan joy 5-6 km uzoqlikda bo’lsa ham turli bir-
biriga o’xshamagan tillarda so’zlashuvi qiziqdir.
Bir tilning ikki tilga ajralish jarayonida avval bu tilning sheva –laxjalarga
bo’linib ketishi ro’y beradi. Kelgusida bu shevalar alohida til bo’lib qolishlari
mumkin. Masalan, sanskrit tili boshqa hind guruhi tillari uchun shunday yo’lni
bosib o’tgan.
Sheva va lahjalar
Tilning ma’lum xududdagi og’zaki qo’llanishidagi xususiyatlarini o’zida
aks ettirgan shakli sheva yoki dialekt (grekcha dialektas – til nutq sheva) deb at-
aladi. Katta sheva va dialektlarni lahja deb yuritiladi. Til va sheva o’rtasidagi
tafovut shartli bo’lib, go’yo milliy til va adabiy til o’rtasidagi farqqa
o’xshashdir. Bu farqlanish turli xududlardagi bir tilning turli ko’rinishidek
tuyuladi. Til va dialektlarning tafovuti unda so’zlashuvchilarning
madaniyati,
psixologiyasi, urf-odati va milliy xususiyatlarining o’zgachaligi bilan
izohlanadi. Bir-biriga xududiy yaqin bo’lgan shevalar o’sha tilga o’xshash
alomatlari bilan ajralib turadi. Bir-biridan juda uzoq xududda tarqalgan shevalar
esa boshqa tilga o’xshash alomatlarga ega bo’ladi. Masalan, oltoy tilining
janubiy shevalari qirg’iz tiliga juda o’xshash bo’lsa, shimoliy shevalari shor
tiliga yaqinroqdir.
1
Bir tilning turli shevalari avvalo talaffuz xususiyatlari bilan
farqlanadi. Masalan, Toshkent shevasida “keldi”
deb talaffuz qilinsa, xorazm
shevalarida “galdi”, o’zbek tilining qarluq shevalarida «yomon », o’zbek tilining
qarluq shevalarida «jomon» deb talaffuz qilinadi. Shevalar o’z lug’ati yani
so’zlari bilan farqlanadi. Masalan, Buxoro shevasida “taxlamoq” fe’li biror ishni
bajarmoq ma’nosida qo’llanadi. Bu so’z boshqa o’zbek shevalarida “biror
narsani ustma-ust tartibda qo’ymoq” ma’nosini beradi. Tilning shevalari o’z
grammatik alomatlari bilan ham farqlanadilar. Ko’pgina o’zbek shevalarida
1
Шайкевич А.Я., Абдуазизов А.А., Гурджиева Е.А. Введение в языкознание. Т., 1989, с.192.
- 146 -
qaratqich kelishigi qo’shimchasi –ning tushum kelishigi qo’shimchasi –ni bilan
aytiladi. Tilning sheva va laxjalarni o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi
dialektologiya (lotincha-dialekt – nutq, -ya - fan) deb ataladi. Tilning turli
xududlardagi tarqalgan sheva va
laxjalari shu xalqning tarihi, urf-odati,
madaniyat va san’ati bilan bog’liqdir. Odatda dialektologiya regional, yani
xududiy, biror region yoki mahalliy joy bilan bog’liqdir. Dialektologiya
lingvistik geografiya bilan bog’lanadi. Turli shevalardagi xususiyatlar jamlanib
lingvistik atlaslar tuziladi. Sheva va laxjalarning
xududiy joylanishiga doir
xaritalar tuziladi. Endilikda turli tillardagi ayrim xususiyatlarning tarqalishiga
doir xarita va atlaslar tuzilmoqda.
Bunday lingvistik xarita va atlaslarni tuzish maqsadida aniq dastur va
anketalar, yani qanday masalalar, so’z
va gaplar kiritib, ularni tahlil qilishda
uchraydigan fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarga ahamiyat beriladi.
Bunday vazifalarni bajarish uchun mahsus dialektologik ekspeditsiya
uyushtiriladi. Til va uning shevalaridagi tarqalgan turli xususiyatlarning
dialektologik xaritada ko’rsatilish chegarasi izoglosslar (lotincha izo- o’zaro
gloss-til) deb yuritiladi. Bunday izoglosslarni
aniqlash shevalar tarihini
o’rganishda yordam beradi. Lingvistik geografiya metodlarini qo’llash natijasida
turli tillar va shevalardagi izoglosslarning tarqalishi aniqlanadi. Jamiyatning turli
sinflariga mansub bo’lgan til xususiyatlarini ijtimoiy dialektlarga hos deb
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: