O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


V- BOB. TILNING TASHQI VA ICHKI JIHATI



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

V- BOB. TILNING TASHQI VA ICHKI JIHATI 
Tilning tashqi sharoiti 
 
Jamiyat tilsiz bo’lmaydi va aksincha til ham jamiyatsiz bo’la olmaydi. Til 
kichik bir qabila yoki kamroq sonli millat bo’ladimi yoki xalq bo’ladimi, bar-
chasi uchun zarur bo’lgan muhim muloqot vositasidir. Tildagi turli hodisa va 
vositalar, belgilar va xususiyatlar o’zgaradi, biri yo’qoladi, boshqasi hosil 
bo’ladi. Asta – sekin til rivojlanadi. Agar biror tilda jamiyat a’zolari 
so’zlashmay qo’ysa, uni o’lik til deb yuritiladi. Masalan, lotin, xet, shumer, ak-
kad, got, prus, xurrit tillari ana shunday o’lik tillar sirasiga kiradi. Lekin bu o’lik 
tillar boshqa tillarga katta ta’sir o’tkazib, hozir ham boshqa tillarda o’lik tillari-
dan o’zlashgan so’z va iboralar, turli grammatik vositalar bor. Tillarning saqlan-
ishi va o’lik tilga aylanishi tashqi shartu-sharoitlarga bog’liqdir. Tillar 
o’rtasidagi aloqalar unda so’zlashuvchi aholining joylanishi yani geografiyasi va 
jamoaning madaniyati, iqtisodi, urf-odati, psixologiyasi bilan bog’liqdir. Ba’zi 
tillarda juda kam odam so’zlashsa, boshqa ba’zisida millionlab xalq so’zlashadi. 
Tillarning hududiy tarqalishi ham juda rang-barang. Masalan, ingliz va ispan til-
lari turli qit’a va mamlakatlarda tarqalgan hududiy variantlariga egadir. Til-
larning mahalliy farqlari aks etgan varianti uning sheva va dialektlari deb 
yuritiladi. Jahondagi ba’zi tillar va ularning dialektlari o’rtasidagi farqlar hali 
aniqlanmagan. 
Tillar o’z qo’llanish sohasi bilan ham farqlanadi. Masalan, lotin tili fanlarning 
turli sohalarida, ayniqsa tibbiyot, biologiya, kimyo, geologiya, fizika va 
boshqalarda qo’llanadi. Qadimiy grek tili ham fanlarning turli sohalarida 
qo’llanadi. Italyan tilidagi so’zlar san’at sohasida ko’proq qo’llanadi.


- 142 - 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin