O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

Flektiv tillarda (lotincha “flexio” – o’tish, bukilish) morfemalar fonetik 
sharoitga bog'liq bo'lmagan holda o'zgarishlarga uchraydi. Bu tillarda so'zning 
o'zagi ichki fleksiya natijasida o'zgaradi. Masalan, ingliz tilida sit – sat – 
o'tirmoq, catch – cought – ushlamoq, man – men – erkak kishilar va h.k. Flektiv 
tillarda morfemalarni ajratish ancha mushkulroq bo'lib, so'zlarga qo'shilgan 
affikslar bir yo'la bir necha ma'nolarni ifrdalashi mumkin. Flektiv tillarda qaysi 
vositalar grammatik ma'noni ifodalashda ko'proq qo'llanishiga ko'ra analitik va 
sintetik turlarga bo'linadi. 
Agglyutinativ (lotincha agglutinare – ulamoq) tillarda so'zlarning o'zaro 
munosibati so'z yasash va so'z o'zgartirish affikslari orqali ifodalanadi. So'zlar 
ko'p morfemali bo'lib, so'zni tashkil etgan morfemalar o'rtasidagi chegara aniq 
bo'ladi. Agglyutinativ tillarga turkiy, mo'g'ul, fin, bantu tillari kiradi. O'zbek tili 
agglyutinativ tillarga yorqin misoldir. Masalan, kelmadi – so'zida kel – o'zak 
affiksi, -ma – inkor affiksi -di – o'tgan zamon, 3-shaxsni ifodalovchi affiks 


- 140 - 
mavjud. O'zbek tilida so'zlarga oltitagacha affikslarni qo'shish mumkin. 
Attlyutinativ tillarda so'zning o'zagi – o'zak morfemada kamroq o'zgarishilar 
ro'y beradi, biroq affiksal morfemalar ulangan o'rinda turli o'zgarishlar ko'prok 
uchraydi. Masalan, tara – taroq – taramoq, sez – seskanmoq, so'ra – so'roq – 
so'ramoq, kurak – kuragi, bog' – boqqa. ko'ngil – ko'ngli kabi. 
Polisintetik (grekcha polys – ko'p, synthesis – qo'shish) yoki inkorporativ 
tillarda harakat va holatning obyektini, ba'zan subyektini ifodalash uchun 
fe'lning tarkibiga alohida so'z – affikslar qo'shiladi.
Inkorporatsiya (lotincha incorporare – qo'shmoq) qo'shma fe'l yasash-
ning bir usuli hisoblanadi. Masalan, naua yoki antek tilida
1
ni-k-qwa in naka – tl 
– "Men (hozir) go'sht yemoqdaman" gapida ni – fe'l prefiksi, 1-shaxs birlikda, k 
– jonsiz narsa bilan moslashuvda qo'llanuvchi prefiks, qwa – "yemoq", o'zak, in 
– aniq artikl, naka – "go'sht", o'zak, tl – asosiy kelishik affiksi. Bu fe'lning 
shakli, ya'ni so'z "Men go'sht yeyman" degan gapga teng keladi va bu o'ziga xos 
inkorporatsiya hodisasidir. 
Polisintetik tillarda alohida qo'llanuvchi so'zlar ham borki, ular so'z – af-
fikslardan farq qiladi. Polisintetik tillarga Sibir va Amerika tillari kiradi. 
1
Misol quyidagi kitobdan olindi: Шайкевич А.Я., Абдуазизов А.А., Гурджиева 
Е.А. Введение в языкознание. Т., 1989, с. 150. 


- 141 - 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin