ASOSIY SINTAKTIK XUSUSIYATLAR.
- 122 -
GAP
Siktaksis so'zlar va ularning guruhlari o'rtasidagi sintagmatik
munosibatlarni o'rganadi. Bu munosibatlar sintaktik jihatdan, avvalo, so'z tartibi,
morfologik jihatdan (masalan, kelishik qo'shimchalari) va fonologik jihatdan
intonatsiya yordamida ifodalanishi mumkin. Barcha tillarda so'zlar o'zaro
birikadi va bu alohida tartib-qoida asosida ro'y beradi. Sintaksis eng kichik so'z
birikmalaridan tortib, kattaroq bo'lgan turli o'lchovdagi gaplar (sodda va
qo'shma gaplar) va eng kattasi bo'lgan matnni ham o'rganadi. Nazariy jihatdan
sintaksisga turli qarashlar matn, so'z birikmasi va gaplarning tarkibi va ayniqsa,
mazmun tomoniga katta e'tibor berish hozirgi tilshunoslikda ancha rivojlangan.
Sintaktik tahlil uchun zarur bo'lgan umumiy tushuncha va metodlarni ko'rsatib
o'tamiz.
Avvalo konstruksiya tushunchasiga izoh beramiz. Konstruksiya o'zaro
bog'langan so'z yoki so'zlar guruhlari o'rtasidagi birikuvdir. Masalan, Biz yangi
ko'rgazmaga bordik – gapining o'zi bir konstruksiya. Biz bordik – alohida konst-
ruksiya, ko'rgazmaga bordik – yana bir konstruksiya hisoblanadi. Lekin bu
konstruksiyalarda so'zlarning bog'lanishi turlicha bo'lishi mumkin. Bu bog'lanish
valentlik tushunchasi bilan bog'lanadi. Valentlik tildagi bir elementning boshqa
element bilan bir til bosqichida birika olishini izohlaydi. So'zlarning o'zaro
birikishi ularning semantik jihatiga ham bog'liqdir. Masalan, talabalar xorijiy
tillarni chuqur o'rg'anmoqdalar gapida talabalar o'rganmoqdalar birikmasi
otning ko'plik shakli va fe'lning hozirgi zamon ko'plik shakli bilan ifodalangan,
xorijiy tillarni birikmasi tushum kelishigidagi ot va sifatning bog'lanishi boshqa
turdagi aniqlanuvchi + aniqlanmish valentligiga ega, chuqur o'rganmokdalar
birikmasi holat ravishi va fe'lning bog'lanishi bilan ifodalangan. Nihoyat, bu
gapdagi so'zlarning bog'lanishi uch turli valentlik bilan ifodalangan. Bu
bog'lanishlarni boshqa bir tushuncha bevosita bo'laklarga bo'lish metodi bilan
tahlil qilamiz. Undagi talabalar chuqur o'rganmoqdalar va xorijiy tillarni ikkita
- 123 -
bevosita bo'laklarni tashkil etadi. O'z navbatida boshqa bevosita bo'laklar
Talabalar o'rganmoqdalar, chuqur va xorijiy tillarni bo'lishi mumkin. Ulardan
birinchisini N+V (ot + fe'l), ikkinchisini Adj + N (sifat + ot) ravish (Adv)
shaklida ko'rsatish mumkin. Odatda gapning tarkibida taksonomik va funksional
birliklar farqlanadi. Taksonomik birliklar gapning tarkibida ishtirok etgan
barcha so'zlardan iborat. Funksional birliklar shunday taksonomik birliklar yoki
ularning birikmasiga to'g'ri keladiki, ular gapda aniq sintaktik funksiya bajara
oladi. Masalan, maktabga bordi gapida (u, maktabga, bordi) taksonomik
birliklar bo'lsa, (u, maktab + ga, bor + di) funksional birliklardir.
Sintaktik funksiya gap yoki so'z birikmasining tarkibiga kirgan birlikning
bajarayotgan vazifasini izohlaydi. Masalan, Turnalar baland uchmoqda gapida
Turnalar – ega, uchmoqda – kesim, baland – hol vazifasini bajaradi va gapning
a'zolari hisoblanadi. Gapning a'zolari funksional birliklar bo'lib, ularni
grammatik tahlil qilish turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Gapdagi
yoki
konstruksiyadagi
so'zlarning
o'zaro
aloqasini
muvofiqlashtirib
(koordinatsiya) turish sodda yoki ancha murakkab bo'lishi mumkin. Eng sodda
konstruksiya N + V, yani Ahmad keldi (ot + fe'l) shaklida bo'lsa, boshqa turli
konstruksiyalar ancha murakkab shakldadir. Bir konstruksiyani boshqasiga
aylantirish transformatsiya deyiladi. Masalan, Komil aytdi, bola uxladi
konstruksiyasi N + V bo'lsa, uning boshqa ko'rinishi, ya'ni transformatsiyasi V –
N (Komilning aytgani, bolaning uyqusi) shaklida bo'ladi.
Barcha tillarda sodda konstruksiyalar bo'lib, ular gapning shakliga to'g'ri
kelishi mumkin. Ana shunday oddiy konstruksiyalarni transformatsiya qilish
natijasida juda murakkab struktural shakldagi gaplarni hosil qilish mumkin.
O'zbek, rus va ingliz tillarida eng sodda gaplarning shakli quyidagicha bo'lishi
mumkin:
N + V
bosh moslashuv
Shuhrat keldi.
Шухрат пришел.
- 124 -
kelishik
Shuhrat came.
V buyuruq mayli
Kiring (marhamat).
Заходите, (пожалуйста)
Come in. (please).
N + V
bosh moslashuv kelishik
+ N (yoki A) bosh kelishik
U xursand.
Он рад.
He is glad.
U o'qituvchi bo'ldi.
Она стала учителем.
She became a teacher.
N bosh kelishik
Yong'in.Пожар. Fire.
Jahon tillarida N + V konstruksiyasi alohida ahamiyatga ega. Unda ot –
ega, bajaruvchi shaxsni, fe'l – kesim, ish-harakatni ifodalaydi va u predikativ
Dostları ilə paylaş: |