So'zning o'zagi – o'zak morfema va undagi barcha affikslar, ya'ni prefiks, infiks,
postfiks – suffikslar, turli qo'shimchalar affiksal morfemalar deb ataladi. Hech
qanday qo'shimchaga ega bo'lmagan alohida so'z, masalan, gul, ko'z, yoz, kitob
so'zlari bir morfemali so'zlardir. Kitobxon, kutubxona, fidokor kabi so'zlar ikki
morfemali hisoblanadi. Shuningdek, talabalarimizdan, bog'larimizdagi so'zlari
ko'p morfemali, ya'ni bir o'zak morfema va bir necha affiksal morfemalardan
tashkil topgan.
Turli tillarda bir morfema har xil variantiga ega bo'lishi mumkin. O'zbek
adabiy tilida bu xususiyat yo'q.
TILNING GRAMMATIK VOSITALARI
So'z o'zgartirish va so'z yasash qoidalari va grammatik konstruksiyalarni
tuzishda qo'llanadigan usullari majmuini tilning grammatik vositalari deb yuri-
tiladi. Bu tartib-qoidalar yig'indisi tilning grammatik (aniqrog'i morfologik) tu-
- 115 -
rini aniqlashda yordam beradi. Jahondagi tillar grammatik vositalarning qaysi
birini ko'proq qo'llashi va bu vositalardan qaysinisi shu tilda borligi bilan farqla-
nadi. Turkiy tillari affiksatsiyaning ko'p qo'llanishi bilan ajralib tursa, vyetnam
tilida affiksatsiya deyarli yo'q, xitoy tilida juda kam uchraydi.
Grammatik ma'nolarni ifodalashda ishtirok etuvchi vositalar barcha tillar-
da bor, lekin ularning miqdori chegaralangan, bu vositalar qatoriga affiksatsiya,
ichki fleksiya, reduplikatsiya, so'zlarni qo'shish, urg'u, intonatsiya, yordamchi
so'zlar, so'z tartibi va suppletivizm kiradi. Ularning har birini alohida ko'rib
chiqamiz.
1) Affiksatsiya – so'zning o'zagiga yoki asosiga turli affikslarni (prefiks,
infiks, suffiks, fleksiya yoki qo'shimchalar) qo'shish yordamida grammatik
ma'noni ifoda qilish vositasidir. Turkiy tillarda, xususan o'zbek tilida prefiks fa-
qat boshqa tillardan o'tgan so'zlarda uchraydi. Masalan, o'zbek tilida tojik tilidan
olingan be- (bemalol, beminnat kabi), bo- (boadab), ba'zan ba- shaklida (ba-
davlat) prefikslari ko'p qo'llanadi. O'zbek tilida -gina suffiksi erkalash va
kichraytirish ma'nolarini ifodalaydi: yaxshigina, kichkinagina, shiringina kabi.
Kelishik qo'shimchalari, ko'plik qo'shimchasi va fe'l shakli, zamoni va hokazo
qo'shimchalar grammatik ma'noni ifodalashda keng qo'llanadi. Affiksatsiya in-
gliz, nemis, fransuz va boshqa tillarda ko'p tarqalgan.
2) Ichki fleksiya – so'zning o'zagi ichida unlilarning o'zgarishi yoki
tovushning yo'qolishi. Turli grammatik vositalarni hosil qilishda va yangi so'zlar
yasashda ichki fleksiya ishtirok etadi. Ichki fleksiya tashqi fleksiyadan, ya'ni
so'z o'zagining oxiridagi grammatik ko'rsatkichlardan, masalan, son va kelishik
kategoriyalari qo'shimchalaridan farq qiladi. Ichki fleksiya semit tillariga,
xususan, arab tiliga xosdir. Masalan, k-t-b o'zagidan ("yozmoq") ichki fleksiya
vositasida kataba ("u yozdi"), kutuba ("u yozilgan"), kotibun ("yozuvchi", "hat-
tot"), kitabun ("yozilgan"). Ichki fleksiya yordamida kelishik shakllari yasaladi.
Rus tili ichki fleksiyaga boy bo'lib, unda unlilarning almashinuvi ko'p uchraydi.
Masalan, лежать, лёжа, ложиться, ходить, хождение, ход, ходячий kabi.
- 116 -
3) Reduplikatsiya (lotin tilidagi reduplicare – "ikkilantirmoq") – so'z, un-
ing o'zagi yoki boshlang'ich bo'g'inini qaytarish vositasida grammatik ma'noni
ifodalashdir. U juda ko'p tillarda mavjud. Qaytarish yo'li bilan so'zlarning
ma'nosi kuchayishi mumkin: ko'm-ko'k, qop-qora, sap-sariq kabi. Indonez tilida
so'zlarni qaytarish vositasida ko'plik ifoda etiladi: sudara – "o'rtoq", sudara-
sudara (sudara
2
) – "o'rtoqlar", malaya tilida orang – "inson, kishi", orang-orang
– "insonlar, kishilar" kabi.
4) Qo'shish – so'zlarni va ularning elementlarini yangi so'z yasash uchun
biriktirishdir. Masalan, o'zbek tilida gultojixo'roz, karnaygul, ishlabchiqarish,
ishyoqmas kabi so'zlar ikki yoki uch so'zning qo'shilishidan yasalgan. Odatda
bunday so'zlarni qo'shma so'zlar deb ataladi. Ba'zi qo'shma so'zlarning ikkinchi
qismi turli affikslarni qabul qiladi va o'zgarishlarga uchraydi: hokimiyat, saryog'
(sarig' yog' birikmasining qisqargani), bugun – bul kun birikmasining qisqarga-
ni) va h.k. Ko'pgina qo'shma so'zlar va so'z birikmalari qisqartma so'zlar
shaklida qo'llanadi: AQSH, mexmat (mexanika-matematika fakulteti), O'zMU,
OAK (Oliy Attestatsiya Komissiyasi) kabi.
5) Yordamchi so'zlar – sirasiga shunday so'zlar kiradiki, ular gapda biror
bo'lak vazifasini bajarmaydi, lekin gapning mustaqil bo'laklari bo'lib kelgan
so'zlarning grammatik ma'noni ifodalashiga yordam beradi. Yordamchi so'zlar
biror narsani atamaydi, ya'ni nominativ funksiyani bajarmaydi. Yordamchi
so'zlarga artikl, predlog (rus, ingliz, nemis va boshqa tillarda), yuklama,
yordamchi fe'llar va bog'lovchilar kiradi. Artikl otning belgisi bo'lib, uning tur-
lanishi, qaysi rodga tegishli ekanini ko'rsatadi. Masalan, nemis tilida der, das,
die artikllarining qo'llanishi otlarning rodiga bog'liq. Otning turlanishiga ko'ra
nemis tilida artiklning shakli o'zgarishi mumkin:
bosh kelishik – der Mensch (odam)
qaratqich kelishigi – des menschen
tushum kelishigi – dem menschen
chiqish kelishigi – den Menschen
- 117 -
Predloglar gap bo'laklari o'rtasidagi aloqalarni aniqlashtirib turuvchi
yordamchi so'zlardir. Masalan ingliz tilida to school – maktabga, at school –
maktabda, from school – maktabdan, shuningdek rus tilida в школе, из школы,
по школам kabi. Bog'lovchilar gap va so'zlarni bog'lash uchun xizmat qiladi:
kitob va daftar, aka bilan uka, bahor keldi va gullar ochildi kabi. Ing'liz, nemis,
fransuz va rus tillarida ham bog'lovchilar so'z va gaplarni bog'lashda qo'llanadi.
Yordamchi fe'llar o'z ma'nosini yo'qotgan, lekin fe'lning boshqa zamon, aspekt
va darajasini ko'rsatuvchi vosita sifatida qo'llanadi. Rus tilidagi быть ingliz ti-
lidagi be, have, shall, will, – should, would yordamchi fe'llari ko'p qo'llanadi.
6)
Dostları ilə paylaş: |