- 119 -
dalovchi sintetik vositalarga reduplikatsiya (takror), urg'u, affiksatsiya, ichki
fleksiya kabilar kiradi. Masalan, xizmat-chi-lar-i-miz-da-gi so'z shaklida -
chi –
so'z yasovchi affiks, -
lar – ko'plik qo'shimchasi, -
i – egalik affiksi, -
miz – 1-
shaxs ko'plik shakli, -
da – o'rin-payt kelishigi qo'shimchasi, -
gi – shaxsga
tegishli affiks mavjud. Bu so'z shaklida bir yo'la uning leksik ma'nosi (xizmat)
va grammatik ma'nolari (turli affikslar yordamida) o'z ifodasini topgan.
Grammatik manoni analitik yo'l bilan ifodalashda (grekcha
analysis –
bo'lakka bo'lish, qismlarga ajratish) so'zning leksik ma'nosi bir so'z bilan ifoda-
lansa, uning grammatik ma'nosi boshqa so'z orqali beriladi va har ikki so'z bir
grammatik shaklga tegishli bo'ladi. Masalan, ingliz tilida ko'plik shaklini ifo-
dalovchi shall go, will do fe'l shakllarida shall/will kelasi zamonni ifodalashda
qo'llanuvchi yordamchi fe'llar hisoblanadi, go, do fe'llari mustaqil ma'noga ega
bo'lgan fe'llardir. Lekin ularning har ikkisi bir grammatik ma'no, ya'ni kelasi
zamon shakliga tegishlidir. Sifatlarning qiyosiy darajalarini ifodalashda yaxshi –
oddiy darajani va yaxshiroq – orttirma darajani sintetik yo'l bilan ifodalaydi, lek-
in bu sifatning kuchaytirma darajasi juda kuchli shaklida analitik yo'l bilan ifo-
dalangan. Turli tillarda bir yo'la sintetik va analitik yo'l bilan grammatpk
ma'noni ifodalash mumkin. Lekin ularning qaysinisi ko'proq qo'llanishiga ko'ra,
ya'ni sintetik vositalar ko'proq ishlatilsa bu tilni sintetik, analitik vositalar
ko'proq qo'llansa, analitik til deb ataladi. Shu jihatdan qadimiy tillardan bo'lgan
lotin, sanskrit, qadimiy slavyan, qadimiy grek tillari sintetik tillar hisoblanadi.
Ingliz, fransuz, bolgar, hozirgi grek va hind tillari analitik tillardir.
Dostları ilə paylaş: