O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

konstruksiya deb ataladi. Boshqa konstruksiyalarda ham ega va kesim shu 
tartibda aniqlanadi, lekin uning tarkibidagi boshka bevosita tashkil etuvchilar o'z 
vazifasiga ko'ra tasnif etiladi. Jahondagi ba'zi tillarda predikativ konstruksiyani 
hosil qilish fe'lning turiga bog'liq. Xususan, ko'pgina kavkaz tillarida alohida 
ergativ konstruksiya mavjud bo'lib, unda bajaruvchi shaxsni ifodalovchi so'z 
ergativ kelishikda bo'ladi va ikkinchi o'rinni ish-harakat o'rnini ifodalovchi ot 
egallaydi. Ya'ni: K (erg) + N (bosh kel.) + V (moslashuv), fe'l o'timli bo'lsa: nu 
– ni zuz buc – ul – ra – Men kitob o'qiyman. Bunday ergativ konstruksiya 
boshqa tillarda ham mavjud. Umuman, predikativlik aloqasi gap uchun zarur 
belgidir. So'zlarning o'zaro nopredikativ aloqasi so'z birikmalariga tegishli 
xususiyatdir. 
So'z birikmasi nopredikativ aloqaga asoslangan, teng huquq bo'lmagan 
mustaqil so'zlarning birikuvidir. 


- 125 - 
So'z birikmasining eng asosiy belgisi tushunchalarni yaxlit ifodalash, 
lekin o'zi turli bo'laklardan iborat bo'lishidir. Masalan, maktabimiz bog'i, ishning 
mazmuni, qiziqarli kitob, tosh ko'prik kabi. So'z birikmalari grammatik jihatdan 
mazkur tilning qoida-tartibiga asosan shakllangan holda bo'ladi. Undagi so'zlar 
o'rtasidagi aloqa turlicha ifodalanadi va shunga ko'ra so'z birikmalari tasnif 
etiladi. 
Sodda so'z birikmalari so'zlar o'rtasidagi asosiy aloqa turlari – moslashuv, 
boshqaruv va ergashuv aloqasi asosida bevosita birikadi. Bunday so'z 
birikmalari asosan ikki a'zodan iborat: qora qalam, osma ko'prik, katta baliq 
kabi. Murakkab so'z birkkmalari ikkidan ortiq so'zlarning birikuvidan hosil 
bo'ladi: bir piyola choy, traktor ishlab chiqarish zavodi kabi. 
So'z birikmalarining a'zolari o'rtasidagi munosibatga ko'ra, ular attributiv, 
narsaga tegishli (obyektiv) va aloqaga tegishli (relyativ) bo'ladilar. Attributiv 
so'z birikmasida asosiy so'zning sifatini ifodalovchi tobe so'z qo'llanadi: qizil 
olma, qalin qor, qiziq hikoya kabi. Tobe so'z biror narsani atasa va u asosiy 
so'zga tegishli bo'lsa, narsaga tegishli (obyektiv) aloqadagi so'z birikmasi 
deyiladi: roman yozmoq, maktabning kutubxonasi, bozorga bormoq kabi. 
Aloqani ifodalovchi (relyativ) so'z birikmalarida tobe so'z asosiy so'z ifodalagan 
narsaning belgisini ifodalaydi: sekin gapirmoq, tez uchmoq, a'lo o'qimoq kabi. 
So'z birikmalarida ishtirok etgan asosiy so'zning xususiyatiga ko'ra avvalo 
otlik va fe'llik so'z birikmalari farqlanadi. Otlik so'z birikmalarida asosiy so'z ot 
bilan ifodalanadi: qizil olma, chiroyli ko’ylak kabi. Fe'llik so'z birikmalarida 
asosiy so'z fe'l bilan beriladi: chiroyli yozmoq, yaxshi so'zlamoq, baland 
uchmoq va h.k. Otlik so'z birikmalarini abyektiv (asosiy so'z – sifat), substantiv 
(asosiy so'z – ot) ravishlik (asosiy so'z – ravish) va olmoshlik (asosiy so'z – 
olmosh) turlarga bo'linadi: eng chiroyli, juda go'zal (abyektiv), kechki ovqat, 
qiziq kitob (substantiv), biroz xira, ancha sun'iy, (ravishlik), ularning barchasi, 
bizning xammamiz (olmoshlik) va h.k. 


- 126 - 
Turli tillarda so'z birikmalarining umumiy xususiyatlari bilan birga 
boshqa xususiy jihatlari ham mavjud. Masalan, o'zbek, rus va ingliz tillarida 
fe'llik so'z birikmalari ko'proq uchraydi. 


- 127 - 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin