O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

Lug'at – so'z xazinasi, undan o'rinli va maqsadga muvofiq foydalanish inson 
bilimini kengaytirish, lug'at boyligini oshirishda hamda fikrni to'g'ri va ravon 
ifodalashda muhim omildir. 
 


- 108 - 
III- BOB. G R A M M A T I K A 
MORFOLOGIYA VA SINTAKSIS 
GRAMMATIKANING TA'RIFI 
So'zlarni turli qismlarga bo'lish va so'z shakllarini yasash va ularni bi-
riktirish tartibi va gaplarni tuzish qoidalari haqidagi tilshunoslik fanining muhim 
bo'limi grammatika (grekcha gramma – harf, tike – fan) deb ataladi. Grammat-
ika haqida qadimiy Sharq va G'arb olimlari yaratgan asarlar mavjud bo'lib, ular 
asosan so'z shaklini o'zgartirish uchun xizmat qiladigan vositalarni (turli 
qo'shimchalar, affikslarni) va gap tuzish tartib-qoidalarini bu bo'limga kiritgan-
lar. O'rta asrlarda jahon tillariga ta'luqli bo'lgan umumiy (universal) grammatika 
yaratish g'oyasi paydo bo'ldi. Jumladan, 1660 yilda Por Royalda (Parij yaqinida) 
Lanselo va Arno "Ongli asosda tuzilgan umumiy grammatika"ni taklif etdilar. U 
qadimiy grek, lotin, o'rta asr fransuz va qadimiy yahudiy tillari materiallari aso-
sida tuzilgan edi. Lekin bu umumiy grammatika va boshqa falsafiy grammatika 
kitoblari jahondagi turli tillarda mavjud bo'lgan barcha xususiyatlarni qamrab 
olmadi. XIX asrning ikkinchi yarmida tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning 
vujudga kelishi natijasida turli tillardagi ko'pgina grammatik xususiyatlarni 
chuqurroq o'rganish mumkin bo'ldi. Endilikda grammatika tushunchasi va ter-
mini kengroq ma'noga ega bo'lib, u tildagi barcha grammatik vositalarni, 
so'zlarni kichik ma'nodor bo'laklarga morfemalarga bo'lish va so'z yasovchi 
hamda so'z o'zgartiruvchi turli qo'shimchalar, affikslar (prefiks, infiks va post-
fikslar) va so'zlarni biriktirish tartibi, gap qurilishida so'z tartibi va gapning 
mazmun va maqsadiga hamda tarkibiga ko'ra turlarga ajratish yo'llarini ilmiy 
tadqiq qiluvchi tilshunoslik fanining bo'limi bo'lib, amalda nutqimizda so'zlarni 
biriktirish qoidalarining majmuidir. Grammatika ikki qismdan iborat: morfolo-
giya va sintaksis. Morfologiya (grekcha marphe – shakl, logos – ta'minot) – 
so'zlarning grammatik guruhlari, so'z shaklining xususiyatlari, grammatik shakl, 
grammatik ma'no va grammatik kategoriyalarni o'rganadi. Sintaksis (grekcha 


- 109 - 
syn – birga, taxis – qurilish) so'zlarni biriktirish yo'li bilan gap tuzish va bino-
barin, gap ifodalagan fikrni to'g'ri va aniq mazmunda yetkazish yo'llarini o'rga-
nadi. Morfologiya sintaksisga bo'ysunadi. Chunki morfologiya alohida 
so'zlarning shakllari. tilning eng kichik ma'nodor birligi hisoblanuvchi 
morfemalarning turlarini o'rgansa, sintaksis so'z birikmalari va gap tuzishda 
ularning shakl va mazmun jihatlarini mutanosib ravishda qaraydi. 
Grammatika qo'yilgan maqsadiga ko'ra nazariy va amaliy bo'ladi. Biror 
tilning grammatikasini ilmiy tadkiq etish – nazariy grammatika, xalqni savodga 
o'rgatish uchun oliy, o'rta va boshlang'ich maktablarda va umuman barchaga 
mo'ljallangan amaliy grammatika farqlanadi. 
Jahon tillaridagi grammatik xususiyatlarni ilmiy o'rganuvchi – umumiy 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin