O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 FRAZEOLOGIYA 
Tilning lug'at tarkibiga faqat so'zlar emas, balki turg'un bo'lib qolgan so'z 
birikmalari ham kiradi. Tarkibi ancha murakkab bo'lgan turg'un birikmalar 
frazeologizmlar yoki frazeologik birikmalar (iboralar) deb ataladi. Tilshunos-
likning frazeologizmlarni ilmiy tadqiq qiluvchi sohasi frazeologiya (grekcha 
phrasis – ibora, logos – ta'limot ma'nosida) deyiladi. Frazeologizmlar tilning 
leksikasiga kirishi sababli frazeologiyaga tilshunoslikning leksikologiya sohasi-
ga kiruvchi bir bo'limi sifatida qaraladi. 
Frazeologizmlar ikki va undan ortiq so'zlarning turg'un birikmasidir. Ma-
salan, boshiga ko'tarmoq, tilini bir qarich qilmoq, kovushini to'g'rilamoq, juftak-
ni rostlamoq, olam guliston, katta og'iz kabi. 
Frazeologizmlarning tarkibida nechta so'z ishtirok etishiga qaramay, ular 
yagona umumiy ma'no bilan birlashadi va emotsional-ekspressiv ma'noni ifoda-
laydi. Frazeologizmlar badiiy adabiyotda obrazli va ta'sirchan vosita sifatida 
ko'p qo'llanadi: 
Hushyor boq, to foniy umr kechadi,
Tegrangda turfa xil toshlar uchadi.


- 89 - 
Biri qora hasad yo g'araz toshi, 
Biri yovuz tuhmat yo maraz toshi...
Ular sabr kosang to'ldirmoq bo'lar,
Ular umr gulin so'ldirmoq bo'lar. 
(A.Oripov
Frazeologizmlar uch turli bo'ladi: frazeologik qo'shilmalar, frazeologik 
butunliklar, frazeologik chatishmalar. 
Tarkibidagi bir so'z to'g'ri, ikkinchi so'z esa ko'chma ma'noda bo'lib bi-
rikkan iboralar frazeologik qo'shilmalar deyiladi: hordiq (to'g'ri ma'noda) 
chiqarmoq (ko'chma ma'noda), holdan (to'g'ri ma'noda) toymoq (ko'chma 
ma'noda), so'zida (to'g'ri ma'noda) turmoq (ko'chma ma'noda) kabi. 
Tarkibidagi so'zlarning ma'nolari va grammatik jihati birikib umumiy 
ko'chma ma'no beruvchi iboralar frazeologik butunliklar deb ataladi: ko'kka ko'tar-
moq (maqtamoq), eti suyakka yopishgan (ozg'in), yuragi orqasiga tortmoq 
(qo'rqmoq) kabi. 
Tarkibidagi so'zlarning ma'nolari bilan ibora ifoda etgan ma'no o'rtasida 
hech qanday leksik aloqa sezilmagan frazeologizmlar frazeologik chatishmalar 
deyiladi: sichqonning inini ijaraga olmoq, tegirmonga tushsa butun chiqmoq, 
temirni qizig'ida bosmoq, oyog'ini tirab olmoq kabi. 
Frazeologik qo'shilma yoki butunliklar so'zlarni o'zaro biriktirish yo'li bi-
lan yasalgan yaxlit iboralar bo'lib, ularning tarkibidagi ba'zi komponentlarni al-
mashtirish mumkin. Biroq frazeologik chatishmalarning komponentlarini 
almashtirish mumkin bo'lmaydi. Oyog'ini tirab turmoq yoki oyog'ini tirab turib 
olmoq bir ma'noni ifodalashi sababli frazeologik sinonimlar hisoblanadi, biroq 
ularning komponentlarini almashtirish mumkin emas. Shuningdek, bag'ri tosh va 
mehri tosh iboralari frazeologik sinonimlar bo'lib, ularga o'z ma'nosi bilan qara-
ma-qarshi bo'lgan ko'ngli bo'sh va mehri bo'sh iboralari frazeologik antonim-
lardir. Ba'zan frazeologizmlar shaklan to'g'ri kelib, turli ma'nolarni ifodalaydi. 


- 90 - 
Bunday hodisa frazeologik omonimiya deyiladi: javobini bermoq – 1) biror 
savolga javob qaytarmoq; 2) biror xizmatchini ishdan bo'shatmoq kabi. 
Odatda, frazeologizmlar tildagi erkin so'z birikmalari asosida hosil 
bo'ladi. Biroq ular ko'chma ma'no kasb etib, komponentlari o'zaro birikib yaxlit 
holda qo'llanishi natijasida singib ketadi. Masalan, joyiga keltirmoq, o'rniga 
qo'ymoq iboralari erkin birikmalarni eslatadi. Lekin ular ko'chma ma'noda 
qo'llanib, "ishni (vazifani) yaxshi bajarmoq", "biror ishni tartibli bajarmoq" 
ma'nolariga ega bo'lgan. Frazeologizmlarning ba'zi turlari milliy urf-odatlarni 
aks ettiradi. Ularni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda iboraning kompo-
nentlarini so'zma-so'z ag'darmay, to'g'ri keluvchi iboralardan – muqobillardan 
foydalaniladi. 
Frazeologizmlar grammatik (sintaktik va morfologik) tuzilishi bilan farq 
qiladi. Ularning tarkibida ot, sifat, fe'l va boshqa so'z turkumlari ishtirok etadi 
hamda komponentlarining sintaktik birikuvi ham turlicha bo'ladi: olam guliston, 
ta'bi xira, kayfi buzuq, tepsa-tebranmas, qorasi o'chmoq, yuragi qora, o'ziga kel-
moq, o'rtaga tashlamoq, katta gapirmoq kabilar. 
Tarkibida taqlid so'zlar bo'lgan frazeologizmlar alohida ko'chma ma'nolari 
bilan ajralib turadi: yuragi duk-duk qilmoq, piq-piq qilmoq, taq-taq etmoq kabi. 
Ba'zi frazeologizmlarning tarkibida boshqa tillardan kirgan so'zlar ham 
ishtirok etishi mumkin: infarkt qilmoq, gapning indollisini aytmoq kabi. 
Frazeologizmlar semantik tomondan umumlashgan ko'chma ma'no ifodala-
sa, grammatik tomondan ularning butunligi komponentlarining o'zaro birikuvi 
va gapda ham shu tartibini saqlab qolishi bilan izohlanadi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin