O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

notat yoki referent deb ataladi (lotincha denotatum – ko'rsatuvchi, inglizcha re-
fer – aloqador). So'z ma'nosining tushunchaga munosabati signifikativ aloqa 
(lotincha significatum – "belgi"), tushunchaning o'zi signifikat deb yuritiladi. 
Bir so'z ma'nosining boshqa so'zning ma'nosiga munosabati struktural aloqa 
deyiladi. Bunday aloqa natijasida turli so'zlar o'rtasidagi munosabatlar, ularning 
o'xshash va farqli tomonlari aniqlanadi va so'zlar har xil guruh va tiplarga ajrati-
ladi. 
So'z ma'nosiga doir yuqoridagi ma'lumotlarni sxemalar yordamida 
quyidagicha ko'rsatish mumkin.
1
So'z ma'nosining asosiy funksiyalari. Ma'no
1
– narsa
1
(yoki ma'no
2
– nar-
sa
2
) – denotativ funksiya; ma'no
1
– tushuncha
1
(yoki ma'no
2
– tushuncha
2
) – sig-
nifikativ funksiya; ma'no
1
– ma'no
2
(yoki ma'no
2
– ma'no
1
) – struktural funksiya. 
Tilning mazmun jihatida so'zning asosiy ma'nosi semema termini bilan 
ataladi, ifoda jihatida esa leksema deb yuritiladi. Tilning ifoda va mazmun ji-
hatlari bir-biri bilan uzviy bog'liq holatda qaraladi. So'zning ma'nosi uning bir 
qancha aniq ma'nolarining yig'indisidan, ya'ni sememalardan tashkil topadi. Ma-
salan, bormoq, yurmoq, chopmoq, kelmoq, qadam bosmoq so'zlari turli 
leksemalar bo'lib, "harakat qilmoq"ni ko'rsatuvchi bir sememaga birlashadi. 
Ammo bu so'zlarning har biri alohida semasiga ega. Semalar bir so'zning 
ma'nosini boshqa so'zlardan farqlash uchun xizmat qiladi. Semalar narsa va 
hodisalarga tegishli bo'lgan tashqi va ichki belgilar yordamida aniqlanadi va ular 
nutq situatsiyasida oydinlashadi. Ba'zan bir so'z ma'no jihatidan turlicha variant-
larga ega bo'lishi mumkin. Bunda so'zning o'zagi, uning morfemik tarkibi ham 
variantlashadi va bu leksik-semantik hamda stilistik farqlanishga olib keladi. 
1
Головин Б.Н.. Введение в языкознание. Изд. "Высшая школа". М., 1977. с. 72. 


- 77 - 
Masalan, kurs so'zi (I-V kurs talabalari) nazariy yoki amaly kurs (dars) 
ma'nolarida variantlashadi va ular ba'zan alloleksemalar deb yuritiladi. Bunday 
so'z variantlarining ma'nolari nutq situatsiyasi bilan bog'liq bo'ladi. So'zning 
leksik ma'nosi doirasiga uning konnotativ (lotincha son – "birga", notatio – 
"ko'rsatish") ma'nosi, ya'ni qo'shimcha ma'nosi ham kiradi va u so'zga emotsion-
al-ekspressiv bo'yoq va stilistik sifat beruvchi ma'noni anglatadi. Masalan, 
Chehrasi ochiq. Basharasini ko'rmay. Bu gaplarda chehra va bashara so'zlari 
o'zlarining leksik ma'nosi (yuz, bet) dan tashqari konnotativ ma'no (ijobiy va 
salbiy munosabat) ham ifoda qilayapti. Kalla va tabassum so'zlari ham mana 
shunday xususiyatga ega. 
So'zlarning konnotativ ma'nolari tilshunoslikning stilistika bo'limida, 
aniqrog'i, leksik stilistikada o'rganiladi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin