- 71 -
bo'lgan, ya'ni leksik va grammatik jihatdan shakllangan birliklardir. Masalan,
kinoga bormoq, dars tayyorlash, kitob o'qish, yoshlar klubi kabi. So'z birikmala-
rining biror komponentini almashtirish mumkin (Qiyoslang: kinoga/ teatrga/
o'qishga/ magazinga/ bormoq kabi). Qo'shma so'zlar ba'zan tuzilishi jihatdan so'z
birikmalariga o'xshasa ham, ular yaxlit ma'nosi bilan ajralib turadi: temir yo'l,
gultojixo'roz, chinni gul, qo'lyozma kabi. Ba'zan so'zga fonetik jihatdan bir urg'u
ostiga birlashgan bir qancha tovushlarning birikmasi deb ta'rif beriladi. Bu tamo-
man noto'g'ridir. Chunki ba'zi ko'p morfemali uzun so'zlar va qo'shma so'zlar bir
necha urg'uga ega bo'lishi mumkin. Masalan, gúltójixó'roz.
So'z shakli (tovush formasi) va mazmun birligiga ega bo'lib, semantik va
grammatik yaxlitlikni o'zida mujassamlashtiruvchi birlikdir. U til strukturasida
formal va ma'no jihati bilan to'rt bosqichda ilmiy tadqiq etiladi:
1) fonologik jihatdan so'zning fonemalar tarkibi va uning aksent (urg'u)
strukturasi o'rganiladi;
2) morfologik jihatdan so'zning morfemik tuzilishi ilmiy tahlil qilinadi;
3) leksik jihatdan so'zning atama birlik ekanligi, ya'ni nom qo'yish bilan
bog'liq tomoni qaraladi;
4) semantik jihatdan so'zning turli ma'no tomonlari tadqiq etiladi.
Bunday o'rganishda so'zning 1- va 2-, ya'ni fonologik va morfologik to-
monlari formal jihatini, 3- va 4- leksik va semantik tomonlari mazmun jihatini
o'zida aks ettiradi. Biroq ulardan birortasini alohida olib tekshirish so'zning for-
mal va mazmun jihatlarining uzilib qolishiga olib keladi. Shu tufayli ular bir-biri
bilan uzviy bog'liq holda tekshirilishi zarur. Demak, so'z til strukturasining bar-
cha sohalari bilan bog'liqdir.
So'zning tashqi, ya'ni shakl tomoni fonetika va fonologiya hamda gram-
matikada kengroq o'rganiladi. Quyida so'zning ichki, ya'ni mazmun jihatidagi
asosiy masalalari ko'rib o'tiladi.
Dostları ilə paylaş: