O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 SO'Z VA TUSHUNCHA 


- 72 - 
So'zning leksik ma'nosi. So'zning leksik-semantik xususiyatlari uning 
leksik, grammatik va semantik jihatlarini o'zida mujassamlashtiradi. Chunki 
so'zlar tilning lug'at tarkibini shundaygina tashkil etmay, umuman, tilning sis-
tema va strukturasidagi barcha bog'lanishlarni taqozo etadi.
Ko'pincha so'zning ma'nosi haqida gapirganda, uning narsa va tushuncha 
bilan aloqasi va tilda qanday ifodalanishi ko'zda tutiladi. Biroq qadimiy tils-
hunoslikda so'z va nom o'rtasida moslik bor deb qarash ham mavjud edi. Ba'zi 
tilshunoslar so'zning faqat aytilish tomoniga e'tibor bergan edilar. So'zning ayti-
lishi uning moddiy tomoni, ya'ni tovushlarning birikuvi yoki bir tovush ekanli-
gini ko'rsatadi. Tinglovchi va so'zlovchi uchun so'zning aytilishi obyektiv 
haqiqatdir. Biroq so'zning faqat aytlishi uni izohlay olmaydi. So'z aytilishi bilan 
narsa yoki hodisa o'rtasidagi bog'lanish uning ma'nosini yuzaga chiqaradi. Bu 
aloqa, odatda, uchburchak shaklida ko'rsatiladi: 
Mazkur qarash albatta barcha so'zlar uchun shunday tartibda tuzilgan, 
degan noto'g'ri xulosaga olib kelishi mumkin. Chunki so'zning ma'nosi bizga 
boshqa bir narsa yoki hodisani eslatganidek, o'z navbatida biror narsa ham 
boshqa narsani kishi ko'z oldiga keltirishi mumkin. Chunki so'zning ma'nosi 
uchun uning aytilishi bilan so'zdan tashqarida bo'lgan tushuncha o'rtasidagi 
bog'lanish zarur deb hisoblansa, har xil tushunchalar tilda bir xil tuzilgan degan 
xulosaga kelish mumkin.
so‘z 
tushuncha 
narsa 


- 73 - 
Aslida esa so'zlar turli struktura tuzilishiga egadir. Shu tufayli so'zning 
narsa va tushuncha bilan bog'lanishini shartli ravishda qaramoq zarur. Chunki 
barcha so'zlar ham narsa, hodisa yoki belgining nomini atamaydi, ya'ni hamma 
so'zlar atama funksiyasiga ega emas. So'zlar ichida otlar (narsa), fe'llar (harakat), 
sifatlar (narsa belgisi) va ravishlar (harakat belgisi) atama funksiya bajaradi. 
Yordamchi so'zlar ham nominativ funksiya bajarmaydi. Bir mustaqil 
so'zning nominativ funksiyasi doimo faqat bir narsa yoki tushuncha, harakat yo-
ki belgiga qaratilavermaydi. Ba'zan esa aksincha, bir narsa bir qancha nomlar 
bilan atalishi mumkin. Masalan, gul so'zi gulning barcha turlarini ifodalaydi. 
Biroq Braziliyadagi oborogenlar tilida to'tiqushning har bir turi o'z nomiga ega. 
O'zbek tilidagi "bo'sh vaqt" tushunchasi ingliz tilida spare time, free time, lei-
sure so'zlari bilan ifoda etiladi. Ingliz tilida bu so'zlar ma'nosiga ko'ra turlicha 
ishlatiladi.
Spare time kechqurun ishdan keyin yoki haftaning dam olish kunlaridagi 
bo'sh vaqtni ifodalaydi.
Free time kun davomida ish yoki o'qishdan xolis bo'lgan bo'sh vaqtni 
bildiradi.
Leisure so'zi dam olish vaqtini ko'rsatadi. Ingliz tilida dam olish, tanaffus 
qilish, madaniy xordiq chiqarish ma'nolarini ifodalagan yana bir qancha so'zlar, 
jumladan, recreation, rest, relaxation, amusement, entertainment kabilar 
mavjud. Bu so'zlar ham qo'llanishiga ko'ra farq qiladi. 
So'zlarning nutq jarayonida yoki matnda ishlatilish o'rni kontekst deb ata-
ladi. So'zlarning ma'nosi kontekst yordamida oydinlashadi. Tildagi barcha 
birliklar (fonema, morfema, so'z, so'z birikmasi, gap) umumlashtiruvchilik xa-
rakteriga ega. So'zning mavhum tabiati uning bir qancha narsa, hodisa va bel-
gilarga tegishli ekanligi bilan izohlanadi.
Biroq so'z ma'lum nutq situatsiyasida yoki kontekstda o'zining aniq 
shaklida namoyon bo'ladi. Har bir so'zning ma'nosi uning material – tovush ji-


- 74 - 
hatdan shakllanib, ma'lum ma'noni ifodalashga qaratilgan odam ongidagi hara-
kat rivojlanishining natijasidir. 
So'z ifoda va mazmun jihatlariga ega bo'lib, uning alohida ma'nolari nutq 
situatsiyasida yoki kontekstda aniqroq ochiladi. Bu munosabatni quyidagi 
uchburchak shaklida ko'rsatish mumkin: 
Tilshunoslik nuqtai nazaridan so'z aytilish va ma'noning birligidan iborat. 
Biroq so'zning narsa va tushunchalar bilan bog'lanishi hisobga olinsa, u 
borliqdagi biror narsaning odam ongidagi in'ikosi bo'lib, bu in'ikos tafakkur 
yordamida til orqali amalga oshiriladi. Shu sababli so'z biror tushuncha, narsa, 
hodisa yoki belgini ifodalay oladi. Lekin so'z tushuncha va narsaning aynan 
o'ziga hech vaqt to'g'ri kelmaydi. So'z biror narsaning nomini atash orqali shu 
tildagi barcha narsalarga tegishlidir. Masalan, paxta so'zi uning barcha tur va 
navlariga tegishlidir, ya'ni umumlashtirish xarakteriga egaBiroq bu so'z boshqa 
so'zlar bilan birikib yoki ma'lum affiks qo'shilishi bilan aniq ma'noni ifodalay 
oladi. Bu o'rinda so'zlarning aniq ma'noga ega bo'lishida grammatika katta 
ahamiyatga ega.
Demak, so'zning leksik ma'nosi bilan grammatik ma'nosini farqlamoq za-
rur. Ayrim olingan so'zga tegishli bo'lib, boshqa so'zlardan farqlay oluvchi 
ma'no shu so'zning leksik ma'nosi deb yuritiladi.
so‘z 
Nutq situatsiyasi 
(kontekst)
Ifoda jihati
Mazmun jihati 
(tushuncha, narsa va
ma'no aloqalari)


- 75 - 
So'zning leksik ma'nosi birinchi navbatda o'sha so'z o'zagining ma'nosi bi-
lan bog'liq bo'ladi va har qanday affiks qo'shilganda ham saqlanib qoladi. Masa-
lan, yaxshi, yaxshilik, yaxshilikcha kabi so'z formalarining barchasi "yaxshi" 
ma'nosini ifoda etgan. Bu o'rinda yaxshi so'zining leksik ma'nosi uni boshqa 
so'zlardan (masalan, yomon so'zidan) farqlashga xizmat qiladi. 
Nutqda har qanday mustaqil so'z shakli leksik ma'nodan tashqari, gram-
matik ma'noga ega bo'ladi. Masalan, ishimizdan, keltirdi so'zlaridagi ish va kel 
so'zlari o'z leksik ma'nosidan tashqari narsa va harakat ma'nolarini ifoda qiladi. 
Bu ularning grammatik ma'nosidir. Bu so'zlardagi -imiz, -dan, -tir, -di affikslari 
turli grammatik ma'nolarni ifodalaydi. Grammatik ma'no so'zning leksik 
ma'nosiga orttirilgan qo'shimcha ma'nodir. So'zning grammatik ma'nolari gram-
matikada o'rganiladi. 
So'zlar o'zlarining leksik va grammatik ma'nolari bilan farq qiladi. Atoqli 
va turdosh otlar nutqda qo'llanishiga ko'ra farqlanadi. Turdosh otlar narsa va 
hodisani atashdan tashqari, ularni biror guruh yoki turga kirishini ham ifoda-
laydi. Atoqli otlar eca ma'lum shaxs, shahar, qishloq va boshqa narsalarni shu 
turdagilari ichidan ajratib ko'rsatish, ularni alohida o'ziga xos xususiyatini ifoda-
lash uchun xizmat qiladi. Shu sababli, odatda, ikki bir xil ismli shaxsni 
aralashtirib yubormaslik uchun katta Mahmud va kichik Mahmud iboralari ham 
qo'llaniladi. Bu jihatdan til faqatgina tushunchalarni umumlashtiruvchi vosita 
bo'lmay, ularni farqlash vositasi sifatida insonning amaliy faoliyatida juda katta 
ahamiyatga ega. 
Barcha so'zlar o'z aytilishi, ya'ni tovushlar birikmasi yoki bir tovushdan 
iborat bo'lgan material tomoniga ega. So'zning material tomoni u ifoda etgan 
narsaning belgisi deb ataladi. Til esa shunday belgilarning alohida sistemasi deb 
qaraladi.
Tildagi belgilar hayotdagi boshqa belgilardan, jumladan, ko'cha qatnoviga 
oid belgilar va signallardan tubdan farq qiladi. Chunki bu belgilar shartli qabul 
qilingan bo'lib, tez o'zgarishi mumkin.


- 76 - 
So'zning aytilishi esa shartli emas, u odamlarning xohishi bilan paydo 
bo'lmagan. So'zning talaffuzidagi o'zgarishlar tilning tarixiy rivojlanish qonuni-
yatlari va odamlar nutqida ishlatilish xususiyatlari asosida ro'y beradi. 
So'z ma'nosining narsaga aloqasi denotativ aloqa, so'z atayotgan narsa de-

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin