O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 
 ASSIMILATSIYA 
 
1
Серебренников Б.А. Вероятносные обоснования в компаративистике. М., Наука, 1974, с. 
142. 


- 43 - 
Assimilatsiya (lotincha assimilatio – «o'xshash bo'lish») deb tovushlarn-
ing bir-biriga ta'siri natijasida ulardan birining ikkinchisiga o'xshash bo'lish 
hodisasiga aytiladi. Odatda unlilar unlilarga, undoshlar undoshlarga assimilatsi-
ya qilinadi. Agar o'zaro ta'sir natijasida tovushlar bir-biriga butunlay o'xshash 
bo'lib qolsa, to'liq assimilatsiya deyiladi. Agar tovushlarning biror artikul-
yatsion – akustik belgisi o'xshash bo'lib qolsa, to'liq bo'lmagan (qisman) assim-
ilatsiya deb ataladi. (Masalan, ketdi (ketti) so'zida (t) va (d) oldingi (t) jarangsiz 
undosh ta'sirida o'xshash bo'lib qoladi).
Tovushlar bir-biriga ta'sirining yo'nalishiga ko'ra progressiv va regressiv 
assimilatsiya farqlanadi. Oldin kelgan tovush keyingi tovushga ta'sir qilib, o'ziga 
o'xshatsa – progressiv assimilatsiya, aksincha, keyingi tovush oldingisiga ta'sir 
qilsa – regressiv assimilatsiya deyiladi. Tovushlar artikulatsiya o'rni, usuli, ja-
rangli-jarangsizligi va yumshoq-qattiqligi (bu hodisa rus tilida bor) bo'yicha as-
similatsiya qilinadi. O'xshash bo'luvchi tovushlar yonma-yon bo'lsa – kontakt 
assimilatsiya, ular o'rtasida boshqa tovushlar bo'lib, o'xshash bo'luvchi tovushlar 
bir-biridan uzoq bo'lsa – distant assimilatsiya deyiladi. Assimilatsiya bir so'z 
ichida va so'z birikmalari oralig'ida ro'y berishi mumkin. Masalan, o'zbek ti-
lidagi sotdi, otgan, rus tilidagi лодка, каробка, inglizcha goods /gudz/ – 
«narsalar», cats /kæts/ – «mushuklar», nemischa gibt /gi:pt/ – «olmoq», legt 
/lekt/ – «yotmoq» so'zlarida progressiv kontakt assimilatsiya jarangsizlanish 
bo'yicha amalga oshiriladi. Taqsimot (taxsimot), ulug'sifat (uluxsifat), o'taketgan 
(o'taketgan), o'qchi (o'xchi), tanbur (tambur) so'zlarida regressiv assimilatsiya 
uchraydi. Surnay (sunnay), karnay (kannay), tipirlatmoq (tipillatmoq), mahkam 
(makkam) (Toshkent shevasida) kabilar to'la regressiv kontakt assimilatsiyaga 
misoldir. Qantak (o'rik), qo'ltiqtayoq (qo'ltig'tayog'), to'g'nag'ich (to'nag'ich) ka-
bilarda to'la distant assimilatsiya uchraydi. Rus tilida distant assimilyasiya 
ko'proq uchraydi: здравствуйте /zdrassti/, пятнадцать /petnadsat/ kabi.
Assimilatsiya hodisasi ham talaffuzini iqtisod qilishning bir turi hisobla-
nadi. Assimilatsiya natijasida so'zlar qisqarishi, undagi tovushlarning artiku-


- 44 - 
latsiyasi o'xshash bo'lib qolishi talaffuzni osonlashtirishga yordam beradi. Turli 
tillarda assimilatsiyaning tabiati o'ziga xos xususiyatlariga ega. Xususan, nemis 
tilida jaranglilik belgisi bo'yicha assimilatsiya uchramaydi. Bunday assimilatsiya 
rus va o'zbek tillariga xosdir.
Distant assimilatsiya ko'proq unlilarning o'zaro ta'siri natijasida ro'y be-
radi va turkiy, fin-ugor, ba'zi german tillarida uchraydi. Masalan, nemis tilida 
otlarning ko'plik qo'shimchasidagi unli so'z o'zagidagi unliga o'xshash belgilari-
ga ega bo'ladi. Bu hodisani umlaut deyiladi: Buch «kitob» – Bücher «kitoblar», 
Sohn «o'g'il» – Söhne  «o'g'illar» kabi.
Progressiv assimilatsiyaning yana bir turi singarmonizm yoki unlilarning 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin