O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


sifatida bo'g'in so'z, sintagma va frazalarni



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

sifatida bo'g'in so'z, sintagma va frazalarni atash mumkin
1
. Ularni nutqda ajratib 
ko'rsatish aniqdir. Biroq so'z nutqida eng aniq birlik sifatida namoyon bo'ladi. 
Chunki so'z ifoda planidan (tovush tomonidan) tashqari, mazmun planiga (ma'no 
jihatiga) ham egadir. So'zning fonetik belgilari uni tashkil etuvchi ma'lum 
tovushlarning birikmalari va ularning tartibi, ya'ni fonetik strukturasi va 
urg'uning turli darajalari, ya'ni aksent (lotincha accent – urg'u) strukturasida 
1
Бондарко Л.Б, Зиндер. Л.Р Исследование фонетики. \\ Основы теории речевой дея-
тельности. М., Наука 1974, С.. 145-160.


- 38 - 
namoyon bo'ladi. Ana shu ikki jihatni o'zida mujassamlashtirgan nutqning har 
ikki tomonidan qisqa pauza bilan chegaralangan minimal bo'lakni fonetik so'z 
deb ataladi.
So'zga nisbatan yuqori birlik sifatida nutq jarayonida so'zlovchi tomoni-
dan biror ma'noni bildirish maqsadida bo'linuvchi qism sintagma deyiladi. 
Sintagmaning fonetik belgisi deb sintagmatik urg'u tushuniladi. Bunday urg'u 
odatda sintagmadan oxirgi elementga tushadi va u sintagma birlashgan so'zlarn-
ing ma'no munosabatlari bilan bog'lanadi. Misol: Katta akam – traktor ishlab 
chiqaradigan zavoda – yetti yildan beri – yaxshi mehnat qilmoqda. Bu fraza to'rt 
sintagmaga bo'linadi (/ – belgisi sintagmaning chegarasini ko'rsatadi) va u har 
ikki tomondan katta pauzaga // – belgisi) ega.
Nutqning tovush jihatdan shakllanishida barcha fonetik va leksik-
grammatik vositalar xizmat qiladi. Fonetik vositalar ichida intonatsiya alohida 
o'rin tutadi. Intonatsiya so'zlovchining nutq mazmuniga bo'lgan munosabatini 
ifodalash uchun xizmat qiladi. Mashhur rus qo'shiqchisi F.A. Shalyapinning 
obrazli aytishicha, «Intonatsiya – fikrni go'yo temiryo'l poyezdni ko'tarib tur-
gandek ushlab turadi». Intonatsiya tufayli nutqning fonetik bo'linishida hosil 
bo'lgan birliklar (fraza, takt, bo'g'in va tovushlar) bir qatorda bir-birlari bilan 
ulanadi. Nazariy ahamiyatidan tashqari, intonatsiya chet tillarning namunali 
talaffuziga o'rgatishda amaliy jihatdan ham juda zarur hisoblanadi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin