O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


Tilshunoslik fanining mavzusi va vazifalari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

Tilshunoslik fanining mavzusi va vazifalari 
Tilshunoslik (grekcha lingua – til, tikos – fan so'zlaridan “lingvistika”), mu-
rakkab va ko'p qirrali, boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog'liq bo'lgan tilni 
ilmiy va amaliy o'rganuvchi fandir. 
Til inson va halqsiz, binobarin, jamiyatsiz bo'lmaydi. Til jamiyat uchun 
hizmat qiladi va uning a'zolari muloqot qilishini ta'minlaydi. 
Til jamiyat tarixidan darak beruvchi buyuk vosita bo'lib, insonning 
ma'naviy va ma'rifiy shakllanishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Til, inson va 
jamiyat bir – birisiz bo'lmaydi. Til inson tafakkuri, ruhiyati, madaniyati, urf – 
odati va shahsiy hususiyatlari bilan bog'liqdir. Tilshunoslik fani umumiy va hu-
susiy bo'lishi mumkin. Umumiy tilshunoslik jahon tillaridagi fonetik, fonologik, 
Grammatik (morfologik va sintaktik), leksik –semantik, stilistik jihatlarini ilmiy 
o'ranadi. Bu alomatlarning aniq bir tildagi izohini hususiy tilshunoslik o'rganadi 
(Masalan, o'zbek tili, yoki boshqa tillardagi izohi). 
Mazkur kitob umumiy tilshunoslikni o'rganishdan avval dastlabki til bilim-
iga tegishli bo'lgan tilshunoslik debochasi, ya'ni tilshunoslikka kirish hisobla-
nadi. Bu “tilshunoslik fanining alifbosi” turli tillarni amaliy o'rganuvchi va ilmiy 
tadqiq etuvchilar uchun zarurdir. 
Tilshunoslik fanining mavzusi tildir. Tilni har tomonlama chuqur o'rganish 
nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Shu sababli tilshunoslikni faqat nazariy 
fan deb emas, balki tatbiqiy (ingliz. Applied, rus. Прикладная) va amaliyot 
uchuk kerakli, ya'ni insonlar muloqoti uchun zarur fan sifatida qaramoq darkor. 
Tilshunoslik fanining asosiy vazifalari quyidagilardir: 

tilning yozuvi va imlo qoidalarini ishlab chiqishning nazariy va ama-
liy asoslsrinin ko'rsatib berish; 

tilning talaffuz meyorlarini belgilashning nazariy va amaliy asoslarini 
ishlab chiqish; 


- 9 - 

tilning fonetika va fonologiyasi, morfologiya va sintaksisi, leksika va 
semantikasi (so'zlarning yasalishi va ma'nolari), stilistikasini o'rgan-
ish asoslarini belgilab berish; 

til va jamiyat, til va tafakkur, til va madaniyat, til va psixologiya, til 
va semiotika (ramziy belgilarni o'rganuvchi fan, lotincha – semi –
белги, ишора – tikos –fan) kabi tilga bog'liq masalalarni tadqiq qi-
lish; 

tilning nutq va nutq faoliyati bilan munosabatini o'rganish; 

tarihiy yozma manba'larni ilmiy o'rganish asoslarini ishlab chiqish; 

eng qadimiy til, proto til (“bobo til”) va uning boshqa tillar va she-
valarga munosabatini o'rganish; 

tilning hozirgi (uni “sinxroniya” deyiladi) holati bilan tarihiy 
rivojlanish bosqichlarini (uni “diaxroniya” deyiladi) ilmiy tadqiq qi-
lish; 

qadimiy yozuvlarni o’rganish yo’li bilan eng qadimiy tillarni tiklash 
yoki ulardagi turli alomatlarni aniqlash. 
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, tilshunoslik fani avvalo nazariy va ikkinchi 
navbatda tatbiqiy – amaliy fandir. Bu fanning aniq chegarasi yo’q, u ko’p qam-
rovli, ko’p qirrali va har tomonlama boshqa fanlar va ularning sohalari bilan 
bog’liq bo’lgan fandir. Tilning o’zi esa juda murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, u 
belgilar tizimi sifatida insonlarning muloqot vositasi bo’lib xizmat qiladi. Bu 
o’rinda til va nutqni farqlash zarur bo’ladi. Nutq – bu tilning va undagi bel-
gilarning barcha qo’llanish holatlarini qamrab oladi. Yozma shaklda o’qib berish 
uchun tayyorlangan roman, qissa, hikoya va h.k. nutqqa tegishlidir. Lekin
ulardagi, ya’ni nutqda doimiy qo’llanuvchi va ustuvor bo’lib qolgan jamiyat 
a’zolari tomonidan e’tirof etilib qabul qilingan nutqdagi unsurlar, majmuyi til 
deb yuritiladi. Til – jamiyatimiz a’zolarining buyuk vositasi bo’lsa, nutq – bu
vositaning qo’llanishidir. Yozilgan yoki aytilgan nutqning bo’lagi matn deb 
yuritiladi. Yozma nutq va og’zaki nutq farqlanganidek, yozma matn va og’zaki


- 10 - 
(monolog, dialog kabi) matn ham farqlanadi. Tildagi jamiyat a’zolari tomonidan 
qabul qilingan ustivor bo’lgan hususiyatlar davr o’tishi bilan turli o’zgarishlarga 
duchor bo’lishi mumkin. Tildagi o’zgarishlar va tilning rivojlanishi murakkab 
muammolarni keltirib chiqaradi.Tildagi muammo va masalalarni sinxroniya va 
diaxroniyada (ya’ni hozirgi va tarihiy holati) ilmiy tadqiq etish zarur.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin