O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 
 
 
 
 
 
 
 
 


- 11 - 
I- BOB. F O N E T I K A VA FONOLOGIYA 
 FONETIKANING O'RGANISH SOHASI VA
VAZIFASI 
 
Fonetika (grekcha phone – «tovush», -tike – «fan» so'zlaridan) inson 
nutqini ifoda qilish uchun zarur bo'lgan tovushlar va ularning vositalari xaqidagi 
tilshunoslik sohasidir.
Nutq tovushlari va ularning vositalari bo'lgan bo'g'in, urg'u, intonatsiya 
murakkab va ko'pqirrali xususiyatlar hisoblanadi va shu tufayli to'rt tomonlama 
o'rganiladi:
1) artikulyatsion ( fiziologik ) – tovushlarning talaffuzida nutq organ-
larining xizmati; 
2) akustik ( fizik ) – nutq tovushlari va ularning vositalari fizik tebranish-
lar natijasidir; 
3) eshitib his etish ( psixologik ) tomoni, ya'ni nutq tovushlari, bo'g'in, 
urg'u va intonatsiya eshituvchi tomonidan anglab his etiladi; 
4) fonologik (yoki sotsial, funksional) jihatdan nutq tovushlari va
ularning vositalari tildagi so'zlar, so'z formalari, iboralar va gaplarni bir-biridan 
farqlash, ularning ma'nosini kengroq ochish uchun zarurdir.
Yuqoridagi to'rt tomonlama qarashni ba'zan artikulyatsion fonetika, akus-
tik fonetika (u ba'zan eshitib his etish tomonini ham o'z ichiga oladi) va 
fonologiya nomlari bilan ham ataladi. Ular nutq tovushlari, bo'g'in, urg'u va in-
tonatsiyani alohida tasnif qilish usullariga ega bo'lib, bir-biri bilan uzviy 
bog'liqdir.
O'zining o'rganish sohasi va vazifalariga ko'ra, fonetika ikki turli bo'ladi: 
1) Umumiy fonetika – jahondagi barcha tillarga xos bo'lgan talaffuz 
xususiyatlarini o'rganadi; 
2) Tasviriy fonetika – biror tilga xos bo'lgan talaffuz alomatlarini o'rga-
nadi. Masalan, rus tili fonetikasi, o'zbek tili fonetikasi kabi.


- 12 - 
Qo'yilgan maqsadga ko'ra fonetika ikki turli bo'ladi: 
1) nazariy fonetika – u biror tilning talaffuz alomatlarini nazariy jihatdan 
tasnif etadi; 
2) amaliy yoki normativ fonetika esa, biror tilning talaffuziga o'rgatish 
maqsadida tuziladi. Masalan, ingliz tilining amaliy fonetikasi rus yoki o'zbek 
o'rganuvchilari uchun sodda holda mashqlar yordamida izohlab beriladi.
Alohida apparatlar yordamida nutq tovushlari, bo'g'in, urg'u va into-
natsiyadagi artikulyatsion-akustik xususiyatlarni o'rganish sohasi eksperimental 
fonetika deb yuritiladi. Yuqorida ko'rsatilgan fonetika turlarining barchasi ku-
zatishlar yordamida til talaffuzidagi xususiyatlarni ancha aniq tekshirilgan ek-
sperimental fonetika natijalariga asoslanadi.
Agar fonetika tovushlarining hosil bo'lishi va ularning xususiyatlarini o'r-
gansa, uni segmental fonetika («segment» so'zi nutq bo'lagi ma'nosini anglatadi) 
deyiladi. Fonetika nutq tovushlaridan katta birliklarni, ya'ni bo'g'in, so'z va fra-
zalarni o'rganish bilan ish tutsa, uni supersegmental fonetika yoki prosodika deb 
ataladi.
Fonetikaning to'rtinchi zaruriy soxasi hisoblangan fonologiya alohida fan 
sifatida ham qaraladi. Bunday qarash fonologiyani ham ikkiga bo'lishni talab qi-
ladi: 
1) Tovushlarning tildagi funksional tomonlarini o'rganish bo'limi – seg-

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin