O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

mental fonologiya yoki fonemika, fonematika deb yuritiladi.
2) Bo'g'in, urg'u va intonatsiyaning funksional alomatlarini o'rganish so-
hasi supersegmental fonologiya yoki prosodika deb ataladi.
Fonetika tilning boshqa bosqichlari va yaruslari bo'lgan morfologiya va 
sintaksis, leksika va stilistika bilan uzviy bog'liqdir. Chunki tildagi barcha 
birliklar (so'z, so'z shakli, so'z birikmalari va frazalar) tovushlar yordamida 
namoyon bo'ladi.


- 13 - 
Fonetika nutqdagi artikulyatsion-akustik xususiyatlarni, ularning hosil 
bo'lishida nutq organlarining xizmati va fizik tebranishlarni o'rganishi bo'yicha 
biologiya, fiziologiya, fizika va akustika fanlari bilan bog'lanadi.
Tildagi fonetik xususiyatlarning tarihini o'rganuvchi soha tarixiy (yoki di-
axronik) fonetika deb ham ataladi. Bunda tildagi tovushlar sistemasining tara-
qqiyoti qadimiy obidalar va qo'lyozmalar hamda tarixiy faktlar yordamida tasnif 
etiladi.
Hozirgi davr tilshunosligida jahon tillarining o'xshash va farqli 
alomatlarini o'rganish «tillar tipologiyasi» nomi bilan atalib, bu sohaning 
fonetikaga doir bo'limi qiyosiy-tipologik fonetika yoki qiyosiy-tipologik fonologi-
ya deb ataladi. Masalan, rus, o'zbek va ingliz tillarining qiyosiy-tipologik foneti-
kasi yoki fonologiyasi kabi.
Tildagi tovushlarni yozma ravishda ko'rsatish uchun alohida belgilar 
mavjud bo'lib, uni transkripsiya deyiladi. Ushbu darslikda Xalqaro Fonetika As-
sotsiatsiyasi taklif etgan transkripsiyaga asoslangan belgilardan foydalanildi.
 
 TALAFFUZ A'ZOLARI.
TOVUSHLARNING ARTIKULYATSIYASI 
 
Nutq tovushlari talaffuz a'zolarining ma'lum xizmati natijasida hosil 
bo'ladi. Tovushlarning hosil bo'lishida ishtirok etuvchi nutq mexanizmlari hara-
katining yig'indisi artikulyatsiya deb ataladi. Jahondagi barcha kishilarning nutq 
a'zolari bir xil tuzilgan bo'lsa ham har bir tildagi tovushlarning talaffuzida ularn-
ing harakati o'sha tilga xos va odatiy bo'lishi mumkin. Biror tilning talaffuzida 
odat bo'lib qolgan nutq a'zolari odatiy harakatlarining yig'indisi o'sha tilning 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin