O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


- 18 -   EKSPERIMENTAL FONETIKANING



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 


- 18 - 
 EKSPERIMENTAL FONETIKANING 
METODLARI 
Hozirgi davr fonetikasida ikki asosiy metod mavjud: subyektiv va obyek-
tiv metodlar. Subyektiv metod talaffuzni bevosita kuzatishdan (ko'rib yoki 
eshitib) iborat. U eng qadimiy va doim ham qo'llash mumkin bo'lgan metoddir. 
Subyektiv bevosita kuzatish natijasida tovushlarning artikulyatsion-akustik 
xususiyatlari, urg'uli va urg'usiz bo'g'inlarning farqi, intonatsiyada ovoz ohangining 
pastga tushishi yoki yuqoriga ko'tarilishini sezish mumkin.
Texnik apparatura yordamida, ya'ni obyektiv metodlar yordamida 
aniqlanuvchi barcha artikulyatson-akustik xususiyatlar eksperimental-fonetik 
tekshirish yoki nutqni instrumental tasnif etish deb yuritiladi. Ma'lum apparatlar 
yordamida tilning tovush tarkibi, bo'g'in, urg'u va intonatsiyasini tekshirish an-
cha aniq va chuqur tasnif qilishiga imkon beradi.
Artikulatsiyani o'rganuvchi metodlar ichida palatografiya va rentgeno-
grafiya alohida o'rin tutadi. Palatografiya – sun'iy tanglay yordamida tilning ho-
latini aniqlashdir. Sun'iy tanglay ingichka elastik plastinkadan iborat bo'lib, 
uning shakli va o'lchovi talaffuz qiluvchining qattiq tanglayiga teng bo'ladi. 
Talaffuz qiluvchi shaxs informant deb atalib, u o'sha tilning adabiy talaffuzida 
yoki biror shevada (agar shevaning talaffuzi tekshirilayotgan bo'lsa) so'zlay olish 
lozim. Elastik sun'iy tanglay og'iz bo'shlig'idagi qattiq tanglayga kiydiriladi. 
Ma'lum tovushning talaffuzida tilning izlari sun'iy tanglayga ko'chiriladi. Na-
tijada tovushning artikulatsiya o'rni aniqlanadi. Tilning izlari qolgan sun'iy tan-
glay palatogramma deyiladi (3-rasmga qarang).


- 19 - 
O'zbekcha [i]
Inglizcha [Ι] 
3-rasm. Rentgenogrammalar 
Rentgenografiya va kinorentgenografiya tovushning artikulatsiyasini juda 
aniq ko'rsatib beruvchi metoddir. Oddiy rentgenografiya nutq a'zolarining ho-
latini ma'lum artikulatsiya momentida aniqlashga imkon beradi. Kinorentgeno-
grafiya tovush artikulatsiyasining rivojlanish holatlarini aniqlab beradi.
Nutqning akustik tomonini aniqlash uchun spektral va ossillografik 
metodlar qo'llanadi. Spektrograf tovush maydonining amplitudasi va chastotasi-
ni ko'rsatib beradi va tovushning to'la akustik belgisini aniqlashga yordam be-
radi. Nutqning akustik tomonini aniqlashda qo'llanuvchi yangi vositalar ichida 
spektral analiz yetakchi o'rin tutadi. Ikki tipdagi spektrograf mavjud:
1) statik tipdagi spektrograf tovushlarning akustik strukturasini ma'lum 
chegaralangan vaqt ichida o'rganishga imkon beradi;
2) dinamik tipdagi spektrograf (yoki sonograf) “ko'rinuvchi nutq” (visible 
speech) prinsipida ishlaydi va u yordamida tovushning spektral ko'rinishini 
rivojlanish jarayonida aniqlash mumkin bo'ladi.


- 20 - 
/a/ /i
4-rasm.
Ossillograf apparati ham eksperimental fonetik kuzatishlarda qo'llanadi. 
Ossillografiya tovushning hosil bo'lishidagi garmonik tebranishlarni, nutq into-
natsiyasi va iborani ma'nodor bo'laklarga bo'lishni o'rganishga imkon beradi. 
Eksperimental-fonetik tekshirishlar tilning tovush tomonini tilshunoslik jihatdan 
chuqur va aniqroq tadqiq qilishda katta yordam beradi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin