O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 NUTQ TOVUSHLARINING TASNIFI 
Odam nutqi har xil tovushlarga juda boydir. Biroq barcha tovushlarni 
ularning artikulyatsion-akustik xususiyatlarga ko'ra har xil turlarga bo'linadi. Bi-
rinchi navbatda, tovushlarni unli va undoshlarga bo'linadi. Artikulyatsion, akus-
tik va eshitib his etilishi va tildagi funksional xizmati jihatdan unli va undosh 
tovushlar o'rtasida katta farq bor.
Artikulyatsion jihatdan unli tovushlar o'pkadan chiqib kelayotgan havoning 
hech qanday to'siqqa uchramasdan o'tishi, aksincha, undoshlar talaffuzida havo 
oqimining biror to'siqqa duch kelishi bilan izohlanadi. Akustik xususiyatlariga 
ko'ra unlilar talaffuzida havo oqimi kuchsiz tebranishga, aksincha, undoshlar esa, 
unlilarga qaraganda kuchli tebranish va shovqin yordamida hosil bo'ladi. Eshitib 
his etilishi jihatdan undoshlar kuchli shovqin bilan unlilardan farq qiladi. Unlilar 
esa, musiqa ohangiga jo'r bo'la oluvchi mayin ohangga egadir. Ko'pincha jahon 


- 21 - 
tillarida undosh tovushlar unlilardan ko'proq uchraydi va shu tufayli ularning 
funksional xizmati ham ko'proqdir. Odatda obyektiv borliqdagi mavjud narsa va 
hodisalarni har xil guruh va tiplarga tasnif qilingandek, nutq tovushlarini ham 
artikulyatsion-akustik xususiyatlariga ko'ra bir necha kategoriyalarga bo'linadi.
Yuqorida ko'rsatilgan belgilari asosida nutq tovushlari unli va undoshlar-
ga va o'z navbatida, bular ham ayrim guruhlarga bo'linadi. Quyida unli va un-
dosh tovushlarning tasnifini ko'rib o'tamiz.
Undosh tovushlarning tasnifi. Nutq organlarining bir-biriga tegishi na-
tijasida o'pkadan chiquvchi havo oqimi to'siqqa uchrashi undoshlarning hosil bo'lish-
ida xarakterlidir. Undosh tovushlarning sifati nutq organlarining xarakati, og'iz va 
bo'g'iz bo'shliqlarining shakli va tovush paychalarining holatiga bog'liq. Odatda un-
dosh tovushlarni quyidagicha tasnif qilinadi: 
1. Faol nutq a'zolarining ishtiroki va to'siqning hosil bo'lish o'rniga ko'ra: 
bunday artikulatsiya belgilari bo'yicha undoshlar lab va til undoshlariga 
bo'linadi. O'z navbatida lab undoshlari lab-lab (p, b, m) va lab-tish (f, v) 
tovushlariga bo'linadi. Til undoshlari til oldi (to'siqning o'rniga ko'ra: dorsal, al-
veolyar, apikal, kakuminal), til o'rta, til orqa, uvulyar (chuqur til orqa), faringal 
va bo'g'iz tovushlariga bo'linadi. To'siqning hosil bo'lish o'rniga ko'ra til oldi un-
doshlari dental yoki dorsal (o'zbek tilidagi /t, d, s, z, l/ kabi), tish o'rta (ingliz va 
turkman tillaridagi /θ, ð/ kabi), alveolyar (inglizcha /t, d, l/ kabi), palata-
alveolyar (ruscha /t, d, l/ kabi) va chuqur alveolyar (inglizcha /r/ kabi) bo'ladi. 
Til o'rta undoshlari to'siqning hosil bo'lish o'rniga ko'ra palatal bo'ladi.
2. Shovqin hosil bo'lish usuliga yoki to'siqning qanday hosil bo'lish turiga 
ko'ra quyidagi undosh tovushlar farqlanadi: 
a) portlovchilar – ularning talaffuzida havo oqimi kuchli to'siqqa 
uchraydi: /p, b, t, d, k, g/ kabi; 
b) sirg'aluvchilar yoki frikativ undoshlar – ular hova oqimining kuchli 
to'siqqa uchramay, nutq organlari orasidan sirg'alib o'tishi bilan hosil bo'ladi: /s, z, 
sh, j, f, v/ kabi; 


- 22 - 
c) afrikatlar – ularning talaffuzi portlovchi elementdan /t, d/ boshlanib, 
sirg'aluvchi tovush bilan tugallanadi: /tsh (ch), dj/ kabi. Biroq afrikatlarning har 
ikki elementi hech vaqt ikki bo'g'in va morfemaga ajralib ketmaydi. Artikul-
yatsion-akustik jihatdan afrikatlar go'yo bir tovushdek talaffuz etiladi.
Portlovchi, sirg'aluvchi va afrikatlar shovqinli tovushlar hisoblanadi. 
Sirg'aluvchi undoshlar ikki xil talaffuz qilinishi mumkin. Masalan, rus tilidagi 
sirg'aluvchi qattiq undoshlar /f, v, s, z/ bir o'rinda yoki bir fokusli talaffuz etiladi. 
Sirg'aluvchi yumshoq /f`, v`, s`, z`/ undoshlari esa ikki o'rinda yoki ikki fokusli 
atrikulyatsiyaga ega. O'zbek tilida bunday xususiyat yo'q. Undoshlar ichida 
shovqindan ovoz toni ustun keluvchi tovushlar ham borki, ular sonor yoki so-
nant (lotincha sonorous – ovozli) tovushlar deyiladi. Hosil bo'lishiga ko'ra son-
orlar bir yo'la unli va undoshlik xususiyatga ega. Sonorlar tonningishtirokiga 
ko'ra unlilariga yaqin turadi. Sonorlarning hosil bo'lishida havo oqimining 
to'siqqa uchrashi jihatdan ular undoshlarga yaqin talaffuz etiladi. O'zbek, rus, 
ingliz tillaridagi /l/, /l/, /y/, /j/, /r/, /r/ sonor tovushlardir. Bu sonorlar og'iz 
bo'shlig'ida hosil bo'ladi. Ba'zi sonor tovushlarning talaffuzida yumshoq tanglay 
pastga tushib, havo burun bo'shlig'i orqali o'tadi (m, n, ng). Bunday tovushlar 
burun sonorlari deb ataladi. Sonor tovushlar bo'g'in hosil qilishda katta xizmat 
qiladi.
/l/ sonor tovushining talaffuzida havo oqimi tilning yonidan sirg'alib o'tadi 
va shu tufayli /l/ yon sonori deb ataladi.
/r/ tovushining talaffuzida havo oqimi til uchini titratadi va shu tufayli u titroq 
sonor tovushi deyiladi.
3. Undosh tovushlarning talaffuzida tovush paychalari titrasa, ular jarangli 
deyiladi. Artikulatsiya davomida tovush paychalari yaxshi titramasa, jarangsiz 
undoshlar hosil bo'ladi. Odatda, jarangli va jarangsiz undoshlar o'z juftlariga 
ega:. /p – b/, /f – v/, /t – d/, /s – z/, /sh – j/, /x – g'/, /tsh – dj/, /k – g/. O'zbek tilida 
bu sakkiz juft jarangli-jarangsiz undoshlarning jarangsizlari kuchli va jaranglila-
ri kuchsiz talaffuz qilinadi. Ba'zi undosh tovushlarning talaffuzi til pushtining 


- 23 - 
o'rta qismi qattiq tanglayga (lotincha palatum) tomon ko'tariladi. Bu xususiyat 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin