O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

artikulyatsion bazasi deyiladi. Har xil tillar bir-biridan artikulyatsion ba-
zalaridagi ba'zi xususiyatlar bilan farq qilishi mumkin. Masalan, ingliz tilidagi til 
oldi undoshlari apikal (lotincha apex – «til uchi») artikulyatsiyaga ega bo'lsa, 
o'zbek va rus tillaridagi bunday undoshlarning talaffuzida til uchi tishlarga tegib 


- 14 - 
uning o'rta qismi ishtirok etadi, ya'ni dorsal artikuliyatsiya qilinadi. Unli 
tovushlarning talaffuziga ko'ra ingliz va fransuz tillari bir-biridan katta farq qi-
ladi. Ingliz tilidagi lablangan unlilarning talaffuzida lablar juda kuchsiz harakat 
qiladi. Fransuz tilidagi lablangan unlilar esa, lablarning kuchli harakati bilan 
ajralib turadi.
Odamning talaffuz apparati to'rt 
bo'shliqni o'z ichiga oladi: 1) bo'g'iz bo'sh-
lig'i; 2) burun bo'shlig'i; 3) og'iz bo'shlig'i; 
4)lablar bo'shlig'i.
O'pkadan 
chiqqan 
havo 
bo'yin 
bo'shlig'iga keladi. Bo'yinning chetlarida 
tovush paychalari joylashgan bo'lib, ular 
bir- 
 
1-rasm.  
biriga to'la yoki deyarli to'la jipslashib tegib turishi mumkin. Bu holatda bo'g'iz 
undoshlari hosil bo'ladi. Biroq, tovush paychalari bir-birlariga yaqinlashib ta-
ranglashishi va titrashi davomiy tebranishlarni va bu esa o'z navbatida asosiy ton-
ni hosil qiladi. Tovushlarning hosil bo'lishida tovush paychalari ko'pincha ishlab 
turadi. Faqatgina jarangsiz undoshlarning talaffuzida tovush paychalari te-
branmaydi.
Bo'yin bo'shlig'idan keyin havo bo'g'iz bo'shlig'iga o'tadi. Havo oqimining 
bo'g'izdan keyingi yo'nalishi yumshoq tanglayning holatiga bog'liq. Agar yum-
shoq tanglay tepaga ko'tarilsa, u havoni burun bo'shlig'idan o'tishini to'sadi va 
havo oqimi to'g'ri og'iz bo'shlig'idan o'tadi. Bunday holatda og'iz undoshlari 
hosil bo'ladi. Agar yumshoq tanglay pastga tushsa, havo oqimi bir yo'la burun va 
og'iz bo'shliqlaridan o'tadi. Bu holatda esa, burun undoshlari (m, n, ng) hosil 
bo'ladi.
Tovushlarning hosil bo'lishidagi farqlarni bilishda ayniqsa og'iz bo'shlig'i va 
undagi zaruriy nutq mexanizmlari bo'lgan til, kichik til, qattiq va yumshoq tan-
glay, lablarning harakati va holati katta ahamiyatga egadir.


- 15 - 
Og'iz bo'shlig'ining katta yoki kichikligi harakat qiluvchi (faol) nutq or-
ganlari va talaffuzda bevosita harakat qilmovchi nutq mexanizmlariga (nofaol) 
bog'liqdir. Barcha talaffuz a'zolari ichida eng faol harakat qiluvchisi tildir. Un-
ing har xil gorizontal va vertikal harakati natijasida turli shovqin hosil bo'ladi va 
bu tovushlarning ayniqsa unli tovushlarning talaffuzi va eshitilishida turli tonni 
vujudga keltiradi. Pastki va yuqori lablar ham talaffuzda ishtirok etishi va et-
masligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Shu tufayli ba'zan ikki lab orasidagi bo'shliqning shaklini ham unlilar talaf-
fuzida hisobga olinadi. Barcha nutq mexanizmlari va ularning ayrim qismlari 
o'rtasida ma'lum munosabat mavjud bo'lib, odam talaffuzida bir yo'la birqancha 
a'zolarning harakati vujudga keladi. Pastki va yuqori lablar ham talaffuzda 
ishtirok etishi va etmasligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Shu tufayli ba'zan ikki lab orasidagi bo'shliqning shaklini ham unlilar talaf-
fuzida hisobga olinadi. Barcha nutq mexanizmlari va ularning ayrim qismlari 
o'rtasida ma'lum munosabat mavjud bo'lib, odam talaffuzida bir yo'la birqancha 
a'zolarning harakati vujudga keladi.
Bunday talaffuzning avtomatik ravishda ijro etilishi bosh miyadan bo-
ruvchi doimiy nerv impulslari yordamida bajariladi.
Anatomik jihatdan odam va may-
munning talaffuz apparati uncha katta farq 
qilmaydi. Biroq, ular o'rtasidagi asosiy farq 
fiziologik tomondan, odam nutq mex-
anizmlarining aniq va differensial hara-
kati bosh miya orqali bajarilishi bilan izoh-
lanadi.
2-rasm.  


- 16 - 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin