O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

palatalizatsiya (yumshatish) deyiladi. Rus tilida bunday palatalizatsiya kuchli 
bo'lib, yumshoq undoshlar mavjud. Eshitilishi jihatdan u /y/ tovushini eslatadi. 
Shu sababli, rus tilida undoshlar yumshoq va qattiq kategoriyaga bo'linadi. Ma-
salan, пил - “ichdim” – пыль – “chang” so'zlaridagi /l – l/ undoshlari qattiq va 
yumshoqligi bilan farqlanadi.
Nutq a'zolarining kuchsiz harakati bilan havo oqimining tovush paychala-
ri bir-biriga yaqinlashtirib, sirg'alib o'tishi natijasida aspiratsiya (lotincha aspira-
re – nafas olmoq so'zidan) hosil bo'ladi. Aspiratsiya juda kuchsiz /h/, /h/ nafas 
tovushini eslatadi. Aspiratsiyalashgan undosh tovushlar odatda unli tovushlardan 
oldin keladi. Masalan, ingliz tilida pool /phu:l/ basseyn, take /theik/ olmoq, coat 
/khout/ palto kabi.
O'pkadan chiqqan havoning bo'g'iz bo'shlig'idan sirg'alib o'tishi natijasida 
hosil bo'lgan (h), (h) undoshi bo'g'iz tovushi deyiladi. Til orqa undoshlari ikki xil 
hosil bo'lishi mumkin. Sayoz til orqa undoshlari: (k, g, ng) va chuqur til orqa: (q, 
g', x) tovushlari. Sayoz til orqa undoshlari til orqa qismining yumshoq tanglayga 
tegishi natijasida hosil bo'ladi. Chuqur til orqa undoshlari (q, g', x) esa, yumshoq 
tanglayning pastga tushishi bilan kichik til va til orqa qismlarining birg- biriga 
tegishi natijasida hosil bo'ladi. Bunday tovushlarni uvulyar (lotincha uvular – 
kichik til) undoshlar deb ham ataladi. Uvulyar undoshlar g'arbiy Yevropa va rus 
tillarida uchramaydi. Ular ko'proq sharqiy Osiyo, Kavkaz va turkiy tillarida 
uchraydi.
Jahon tillarida boshqa xil undosh tovushlar ham mavjud bo'lib, ular yuqorida 
berilgan tasnifdan chetga chiqishi mumkin. Biroq keltirilgan tasnif o'zbek, rus va 
ingliz tillaridagi undoshlarni tasnif qilish uchun yetarlidir.
Unli tovushlarning tasnifi. Unli tovushlarning hosil bo'lishida havo 
oqimi to'siqqa uchramaydi va tovush paychalari titraydi. Har bir unli tovush 
o'zining ovoz toni bilan farq qiladi. Unlilarning talaffuzida tilning harakati, lab-
ning holati, og'izning ochilishi va hokazolar ahamiyatlidir. Nutq organlarining 


- 24 - 
holatiga ko'ra unlilarning sifati (tembri) va miqdor belgilari (cho'ziqlik va qis-
qaligi) o'zgaradi. Shu sababli unlilarni artikulyatsion va akustik xususiyatlari, 
sifat va miqdor belgilariga ko'ra tasnif qilinadi. Unlilarning artikulyatsion tasnifi 
chet tilining talaffuziga o'rganishda amaliy ahamiyatga egadir. Bunday tasnif 
tilning harakati, lab va yumshoq tanglayning holatiga asoslanadi. Yumshoq tan-
glayning pastga tushishi natijasida havo burun bo'shlig'i orqali o'tadi va bu ho-
latda burun unlilari yoki nazalizatsiyalashgan (lotincha nasalus – burun 
bo'shlig'i) unlilar hosil bo'ladi. Bunday nazalizatsiyalashgan unlilar fransuz tilida 
uchraydi.
Til eng faol nutq a'zosi bo'lib, og'iz bo'shlig'ining shakli va katta kichikli-
gi, tilning holatiga bog'liq. Til gorizontal va vertikal harakat qiladi va shunga 
ko'ra unlilar qator va tilning ko'tarilish darajasiga ko'ra tasnif qilinadi.
1) Tilning gorizontal harakatiga ko'ra unlilar til oldi, til o'rta yoki aralash 
va til orqa qator tovushlarga bo'linadi.
Til oldi unlilarining talaffuzida til oldinga harakat qiladi: uning uchi pastki 
tishlarga taqaladi va tilning o'rta qismi qattiq tanglayga tomon yo'naladi. Ba'zi til 
oldi unlilarining talaffuzida til sal orqaga yo'naladi va shu tufayli bunday unli-
larni orqa yo'nalishdagi til oldi unlisi deb ataladi. Bunday unliga ingliz tilidagi 
/Ι/ unlisi misol bo'la oladi (Uning rentgenogrammasi 3-rasmda berilgan. O'zbek 
tilidagi til oldi (i) unlisi ham o'sha rasmda berilgan). O'zbek tilidagi /i/, /e/, a/ rus 
tilidagi /i/, /e/, ingliz tilidagi /i/, /e/, /æ/ va fransuz tilidagi /i/, /e/, /ε/, /a/ unlilari 
til oldi unlilaridir. Til oldi unlilarini haqiqiy til oldi va orqa yo'nalishdagi til oldi 
qatorlariga bo'linishi ma'lum tilda, xususan ingliz tilida unli tovushlarning soni 
ko'pligi va ularning farqlarini aniqlash uchun hamda ikki va undan ortiq (masa-
lan, o'zbek, rus, ingliz tillari) tillardagi unlilarni qiyoslash uchun zarurdir.
Aralash qator unlilarning talaffuzida tilning beli va uchi biroz yuqoriga 
ko'tariladi va tilning o'zi yassi holatda bo'ladi. Tilning uchi pastki tishlardan 
uzoqlashadi. Bunday aralash qator unlilari ingliz tilida mavjud: /ә׃/, /ә/. Rus ti-
lidagi (ы) va (a) unlilarining talaffuzi aralash qator unlilariga yaqinroqdir. Biroq 


- 25 - 
ularning talaffuzida til yassi holatda bo'lmaydi. Undan tashqari til o'rta qator un-
lilarining talaffuzida tilning o'rta qismi qattiq va yumshoq tanglay o'rtasida biroz 
qayrilgan bo'ladi. Til orqa qator unlilarining artikulatsiyasida til orqaga harakat 
qiladi; uning orqa qismi yumshoq tanglayga tomon yo'naladi; til uchi pastki tish-
lardan uzoqlashadi. Til orqa qismining harakati labning holatiga ham ta'sir qi-
lishi mumkin. Shu sababli, til orqa unlilari lablangan bo'ladi. Til orqa unlilarini 
sayoz va chuqur til orqa unlilariga bo'lish mumkin. Ularni ko'pincha oldi 
yo'nalishdagi til orqa va chuqur til orqa unlilari deb ham ataladi. Bunday farq bir 
tilda soni ko'p bo'lgan unlilarni farqlash va bir necha tillardagi unlilar sistema-
larini qiyoslash uchun qulaylik tug'diradi. O'zbek va rus tillarida oldi 
yo'nalishdagi til orqa va chuqur til orqa unlilarini farqlash uncha zarur emas. Biroq 
ular ingliz va fransuz tillaridagi unlilarni o'zbek va rus tillaridagi unlilar bilan 
qiyoslash uchun zarur. O'zbek tilidagi (o), (u), (o') va rus tilidagi (o), (u) til orqa 
unlilaridir. Ingliz tilidagi /υ/, /Λ / til oldi yo'nalishdagi orqa qator unlilari, /u:/, /כ:/, 
/כּ/, /a:/ esa, chuqur til orqa unlilaridir. Fransuz tilidagi /u:/, /o:/, /õ :/, /o/, /a/ ol-
di yo'nalishdagi til orqa va /u:/, /
u
כ:/, /ã:/ chuqur til orqa qator unlilaridir.
Tilning yassi holati yoki til o'rta qismining bukilishi aralash yoki o'rta 
qator unlilarini yuqoridagidek ikki guruhga bo'lishga imkon bermaydi.
2) Tilning vertikal harakati, ya'ni uning ko'tarilish darjasiga ko'ra unlilar 
yuqori, o'rta va quyi ko'tarilish (yoki yopiq, yarim yopiq, yarim ochiq, ochiq) 
unlilari farqlanadi. Tilda unlilar soni ko'p bo'lsa va ularni tilning ko'tarilishi 
bo'yicha farqlash maqsadida hamda bir necha tillardagi unlilarni tilning ko'tarilish-
iga ko'ra farqlash zarur bo'lsa, har bir ko'tarilish belgisini tor va keng shakllarga 
bo'linadi. Masalan, ingliz tilidagi cho'ziq /i:/, /u:/ unlilari yuqori ko'tarilishning 
tor shakliga va qisqa /Ι, u/ unlilari keng shakliga kiradi. Bunday keng va tor 
shaklga bo'lish o'zbek va rus tilidagi unlilarning tilning ko'tarilish belgisiga ko'ra 
alohida qaraganda zarur bo'lmaydi. Biroq ularni ingliz tili unlilari bilan 
qiyoslaganda foydalidir.


- 26 - 
3) Unlilarning talaffuzida lablar ishtirok etsa – lablangan, ishtirok etmasa 
– lablanmagan unlilar deyiladi. Unlilarning talaffuzida lablar ishtirok etib, ular 
ilgariga cho'chchayib chiqsa, kuchli lablangan unlilar deb yuritiladi. O'zbek ti-
lidagi (u), (o') va rus tilidagi (o), (u) tovushlari kuchli lablangan unlilardir. Unli-
larning talaffuzida lablar ishtirok etib, ular ilgari cho'chchayib chiqmasligi 
mumkin. Bunday unlilar kuchsiz lablangan hisoblanadi. Ingliz tilidagi /כ/, /כ:/, 
/υ/, /u:/ tovushlari ana shunday kuchsiz lablangan unlilardir. Ko'pincha til orqa 
unlilari lablangan bo'ladi. Biroq, ba'zi tillarda, xususan fransuz tilida til oldi un-
lilari ichida ham lablangan tovushlar mavjud.
Lablanmagan unlilarning talaffuzida lablar faol ishtirok etmay, ular 
chekkaga tortilgan (masalan, ingliz tilida /i:/, /a:/, /æ/ unlilari) yoki bevosita 
(neytral) holatda bo'ladi (o'zbekcha (i), (e), ruscha (i), (e) va inglizcha /i/, /e/, /Λ/ 
kabi).
4) Yuqorida ko'rsatilgan unlilarning artikulyatsion xususiyatlari ularning 
sifat belgilari deb yuritiladi. Unli tovushlarning cho'ziq va qisqaligi esa miqdor 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin