- 45 -
Assimilatsiya natijasida nutq tovushlari o'rtasidagi farqlar yo'qolib, ular
bir yoki bir necha belgilari bilan o'xshash bo'ladi yoki uyg'unlashadi. Biroq bu
hodisaga aksincha bo'lgan tovushlarning o'zaro ta'siri ham borki, bunda
tovushlarning o'xshashlik xususiyati yo'qoladi. Agar so'zdagi ikki bir - biriga
o'xshash tovushlardan biri o'zgarib, natijada ular biror artikulyatsion-akustik
belgisi yoki bir necha belgilari bilan farqlanib qolsa,
dissimilatsiya (lotincha
dis-
similatio – «o'xshamaslik») deyiladi. Masalan, rus va o'zbek og'zaki nutqida dis-
similatsiya ko'p uchraydi: tumba (tunba), Tambov (tanbov), tramvay (tranvay),
kombayn (konbayn), djemper (djenper), ambar (anbar).
1
Ingliz tilida marble –
«mramor» so'zi fransuz tilidagi marbre – so'zidan kelib chiqqan bo'lib, so'z oxir-
idagi (r) tovushi dissimilatsiya natijasida (l) ga ko'chgan.
Metateza (yoki inversiya) hodisasi tovushlar yoki bo'g'inlarning so'z tar-
kibida o'zaro o'rin almashishi bilan izoxlanadi. Ba'zan so'zda yonma-yon kelgan
tovushlarning o'zaro o'rin almashinuvi
inversiya deb, aksincha, bir-biridan uzoq
bo'lgan tovushlarning o'zaro almashinuvi
metateza deb yuritiladi. Bu hodisa
ko'proq og'zaki nutqda uchraydi: mramor (marmar), tuproq (turpoq), yomg'ir
(yog'mir), tuxfa (tufxa), supra (surpa) kabi.
Diereza (yoki tushurib qoldirmoq) hodisasi undosh tovushlarni talaffuz-
dan tushurib qoldirish bilan izohlanadi: (Toshkent shevasida) go'sht (go'sh), rost
(ros), surtmoq (surmoq), tandir (tanir) kabi.
Agar bir xil yoki o'xshash bo'g'inlardan biri tushirib qoldirilsa,
gaplologi-
Dostları ilə paylaş: