- 42 -
qilinadi. O'zbek tilidagi bu xususiyat progressiv akkomodasiyaga misol bo'la
oladi. Unli tovushlar burun undoshlaridan oldin nazalizatsiya qilinishi regressiv
akkomodasiyaga misoldir:
kon, tong, tom kabi. Non, nom, ming so'zlarida bir
yo'la progressiv va regressiv akkomodatsiya kuzatiladi, chunki ikki burun un-
doshi orasidagi unli nazalizatsiya qilinadi.
Rus, mordva, chuvash, nenes va fransuz tillarida til oldi unlilaridan oldin
undoshlar palatalizatsiya qilinadi
1
, ya'ni regressiv akkomodatsiyaga uchraydi.
Ba'zi tillarda esa, til orqa unlilaridan keyin undoshlar velyarizasiya qilinadi,
ya'ni tilning orqa qismi orqaga yoki yumshoq tanglayga tomon yo'naladi va un-
doshning ton va shovqini pasayib qattiq talaffuz etiladi. Undoshlarning
lablangan unlilar bilan birikuvi natijasida labаlizatsiya hodisasi ro'y beradi.
Ba'zan esa, velyar va lab undoshlari til orqa lablangan unlilari bilan birikishi na-
tijasida labio-velyarizatsiya hosil bo'ladi. Bu hodisalar ham akkomodatsiyaning
turlari hisoblanadi. O'zbek tilidagi qurt, bolta, qarta, mingta, kamchil so'zlaridagi
undosh birikmalarning har ikki elementi bir-biriga ta'sir qilib, jarangsiz un-
doshlar sonorlarni qisman jarangsizlashtiradi va o'z navbatida, sonorlar ham ja-
rangsiz undoshlarda ovoz tonini kuchaytirib, shovqinni pasaytiradi. Bu hodisa
o'zaro akkomodatsiyaga misoldir.
Akkomodatsiya tovushlarning hosil bo'lishi o'rni va usuli, labning holati
va tovush paychalarining tebranishi va yaxshi tebranmasligiga ko'ra moslashuv
orqali amalga oshiriladi. Nutqdagi barcha tovushlar bir-biri bilan artikulatsiya
fazalari orqali bog'lanadi va bu artikulatsiya strukturasini tashkil etadi.
Tovushlar o'rtasidagi bog'lanishning artikulatsiya strukturasini chuqur o'rganish
yordamida fonetik hodisalar oydinlashadi.
Dostları ilə paylaş: