- 46 -
aytish protezaga misoldir: stansiya (istansa, istansiya), stol (ustol), stul (ustul),
spravka (ispravka) kabi.
Chet tilidan kirgan so'zlardagi tovushlarni ona tilidagi tovushlar bilan al-
mashtirib talaffuz qilish
substitutsiya deyiladi. Odatda, ona tilida bo'lmagan chet
tilidagi tovushni ko'proq almashtirildi. Biroq chet tilidagi tovushga o'xshashroq
tovush ona tilida bo'lishiga qaramay, uni almashtirish hollari ko'p uchraydi.
Chunki har bir til o'zining alohida tovush sistemasiga ega va undagi tovushlar
boshqa tilda qaytarilishi mumkin emas. Bunday tovushlar substitutsiyasi
hodisasi atoqli otlarda juda ko'p uchraydi:
nemischa: Webster – Uebster, Isaak –
Isaak,
lotincha: Theodor – Feodor (Fedr),
inglizcha: Thomas - Tomas
1
kabilar.
TOVUSHLARNING ALMASHUVI
Yuqoridagi tovushlar almashuvi ikki yoki undan ortiq tillarda uchraydi.
Bir tildagi so'zlarning har xil formalarida ham tovushlar almashuvi ro'y beradi.
Bunday tovushlar almashuvi
alternatsiya deb ham yuritiladi. Almashinuvchi
tovushlarni esa,
alternantlar deyiladi. Tovushlar almashinuvining turli
morfemalardagi xususiyatlarini morfonologiya o’rganadi. Tovushlarning al-
mashinuvi ikki xil bo'ladi:
fonetik (pozitsion) va
tarixiy.
Dostları ilə paylaş: