O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


Praga lingvistika maktabining fonologiya nazariyasi



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

1. Praga lingvistika maktabining fonologiya nazariyasi jahonda eng 
dong chiqargan hisoblanadi. Uning vakillari Praga fonologiya maktabi nazari-
yasining asoschisi mashhur olim N.S. Trubetskoy (1890-1938), R. Yakobson, V. 
Matezius, B. Trnka, I. Vaxek va boshqalardir. Bu maktabning xususan, N.S. 
Trubetskoyning fonologik nazariyasi va metodlari bir necha tillarni ilmiy o'rga-
nishga tatqiq etilgan va hozirgi davrda ham qo'llanib kelinmoqda. Praga 
fonologiya maktabi fonologik oppozitsiyalar klassifikatsiyasi, fonologik neytral-
izatsiya, korrelyasiya, fonemalarning birikmalari va boshqa qator masalalarni 
ilmiy tatqiq etish nazariya va metodlarni taklif etgan.
2
Bu maktabning qarashlari 
jahon tilshunosligida ham keng o'rin olgan. Shu sababli ulardan ba'zilarini 
yuqorida ko'rsatib o'tildi.
2. London fonologiya maktabi va uning yirik namoyondasi D. Jounz 
tomonidan taklif etilgan fizik (akustik) fonologiya nazariyasi (Angliya). Bu naz-
.
2
Qarang: Трубецкой. Н.С. Основы фонологии. М., 1960. (Послесловие А.А. Реформат-
ского). Пражский лингвистический кружок. М., Прогресс . 1975. 


- 58 - 
ariyaga asosan fonema akustik jihatdan bir xil bo'lgan "tovushlar oilasi" hisobla-
nadi.
3. Distributiv fonologiya nazariyasi (AQSH). By nazariyaga asosan fo-
nema akustik jihatdan bir xil bo'lgan "tovushlar sinfi" yoki "allofonlar sinfi" deb 
ta'rif beriladi.
1
4. Dixotomik fonologiya nazariyasi (AQSH) ham keng tarqalgan bo'lib, u 
jahon tillaridagi fonemalarni o'n ikki juft binar farqlanish belgilari asosida tasnif 
etish metodini taklif etdi.
2
Biroq nazariyadagi ba'zi kamchiliklar, xususan, bar-
cha farqlanish belgilarining binar, ya'ni ikkitadan qarama-qarshilik asosida 
berilgani, ularni spektral analiz qilish natijalari barcha tillar uchun bir xil 
emasligi, terminlarning noqulay va tushunarsizligi kabi qator masalalar tuzatish-
larni talab qiladi. Bu kamchiliklarni tuzatish natijasida, uni ko'pgina tillarning 
fonemalar sistemasini tadqiq qilishda qo'llanib kelmoqda. 
Boshqa keng tarqalmagan fonologik nazariyalar quyidagilardir: 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin