- 62 -
urg'uli bo'g'in – (–) belgisi bilan, urg'usiz bo'g'in – (٠) bilan, qisqa pauza – (/),
fraza boshi va oxiridagi cho'ziq pauza (//) bilan ko'rsatilishi mumkin. Into-
natsiyasiga ko'ra bir gap turli tonogrammaga ega bo'lishi mumkin.
Tilshunoslar tomonidan fraza va gaplarning intonatsiyasini o'rganish
uchun qabul qilingan turli tonetik transkripsiya belgilari mavjud. Yuqorida ko'r-
satilgan belgilardan tashqari, ba'zan musiqada qo'llanuvchi
nota belgilari ham
intonatsiyani ko'rsatishda qo'llanadi.
Tillar o'z yozuvi va tovushlar sistemasi bilan farq qiladi. Bir tildagi
so'zlarni boshqa tilda yozish uchun amaliy transkripsiyadan foydalaniladi. Bun-
day
amaliy transkripsiyani transliteratsiya deb yuritiladi. Bir tildagi so'zlarni
ikkinchi tilda yozish uchun so'zlarning talaffuzini yozuv uchun moslashtirish za-
rur bo'ladi. Agar har ikki tildagi tovushlar bir-biriga yaqin kelsa, transliteratsiya
qilish ancha qulay bo'ladi. Masalan, Leningrad – Leningrad, Kiev – Kiyev, Sa-
markand – Samarqand, Tashkent – Toshkent, Tomsk – Tomsk kabi. Biroq ikki
tildagi yozuv va talaffuzda katta farqlar bo'lgani sababli ulardagi tovushlar va
harflar bir-biriga to'g'ri kelmasa, so'zlarni transliteratsiya
qilish qiyinchilik
tug'diradi. Masalan, Webster – Uebster, Thomas – Tomas, Ealton – Elton, Isaak
– Isaak, Martinet – Martine, Thyeodor – Teodor, Haus – Xayz kabi. Shu tufayli
bunday chet tilidagi so'zlarni boshqa tillardagi yozilishi va talaffuzida ko'pgina
noaniqliklar va har xilliklar kelib chiqadi.
Transliteratsiyada bir tovush yozuvda ikki harf bilan (yoki aksincha, talaf-
fuzda bir harf ikki tovush bilan) berilishi mumkin. Umuman, transliteratsiyada
har ikki tildagi tovushlarning talaffuzidagi yaqinliklarni hisobga olinadi.
Transliteratsiya bir tildagi kishi nomlarini (ularni
"antroponimlar"
deyiladi), geografik nomlarni (ularni
"toponimlar" deb yuritiladi)
va boshqa
nomlarni ikkinchi tilda berilishida katta yordam berishi ahamiyatlidir. Chunki
bunday nomlar odatda bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: