SO'Z MA'NOLARI O'RTASIDAGI MUNOSABATLAR
So'zlar leksik yoki grammatik ma'nolaridagi umumiy va o'xshash
alomatlari bilan ma'lum turlarga bo'linadi. So'zlar o'rtasidagi aloqalar o'xshashlik
va tematik asosda bo'ladi. Masalan, gapirmoq, so'zlamoq, aytmoq kishilarning
tushunchasida o'xshashlik aloqasi asosida bir leksik-semantik guruhni tashkil qi-
ladi. Bu leksik-semantik guruhda yaxshi, yomon, tez, sekin, mayin, g'aliz
tushunchalari so'zlamoq fe'li bilan bog'lanib, bir tematik guruhni hosil qiladi.
Tilning lug'at tarkibi ana shunday bir qancha leksik-semantik va tematik guruh-
larga bo'linadi. Ko'p ma'noli so'zlar bir yo'la bir qancha leksik-semantik
guruhlarga kirishi mumkin. Qarindoshlikni bildiruvchi so'zlar, xursandchilik yo-
ki xafachilikni ifodalovchi so'zlar, turli hissiyot va boshqalarga tegishli so'zlar
alohida leksik-semantik guruhlarni tashkil etadi. Ularni tadqiq etishda "semantik
yoki tushuncha maydoni" nazariyasidan, kontekstdan va leksemalarning biri-
kuvidan (bu ko'pincha "valentlik" deyiladi) foydalaniladi.
- 78 -
"Semantik yoki tushuncha maydoni" ma'nolari bilan bog'langan so'zlarni
birlashtiradi. Bunday so'zlar, odatda, bir leksik-semantik guruhni tashkil qiladi.
Jumladan, rang-bo'yoqni bildiruvchi so'zlar, vaqtni harakat-holatni ifodalovchi
so'zlar alohida "semantik maydon"ga egadir. So'zlarning umumlashgan va
konkret ma'nolari kontekst yordamida aniqlanadi. So'z ma'nolarini nutq situ-
atsiyasi (og'zaki nutqda) va kontekst (yozma nutqda) yordamida o'rganadigan
soha kontekstologiya deb yuritiladi.
Tilda leksemalarining birika olishi yoki birika olmasligi masalasi ularning
ma'nolari o'rtasidagi aloqalarga bog'liq bo'ladi. Masalan, qizil va ketmoq
leksemalarining birikishi mumkin emas. Chunki ularning sememalari (ma'nolari)
o'rtasida hech qanday aloqa yo'q. Biroq tez ketmoq deyish mumkin, chunki
harakatning bajarilish holati bilan munosabati aniq. O'zbek tilidagi ko'k va havo
rang hamda rus tilidagi синий va голубой so'zlariga nemis tilida blau, fransuz
tilida bleu, ingliz tilida blue so'zlari to'g'ri keladi. Biroq bu tillarda so'zlarning
birikuvi bilan kelib chiqqan qo'shma so'zlar mavjud. Nemis tilida hellblau, him-
melblau, fransuz tilida bleu chair, bleu de ciel, ingliz tilida light blue, pale blue,
sky-blue so'zlari "havo rang", "голубой" ma'nosida qo'llaniladi. Nemischa dun-
kelblau, fransuzcha bleu fonce, inglizcha dark blue so'zlari "ko'k, синий"
ma'nosida ishlatiladi. Ko'rinadiki, turli tillarda narsalarning belgilarini atash
(nominatsiya funksiyasi) farq qiladi. Chunki tillarning leksik sistemalari
o'rtasida katta farq mavjud bo'lib, bu farq so'zlarning "semantik maydoni" va
leksik-semantik guruhlari ichidagi tafovutlarni keltirib chiqaradi.
So'zlar asosiy (to'g'ri) va ko'chma ma'noda ishlatilishi mumkin. So'zning
asosiy (to'g'ri) ma'nosi bevosita shu so'zning atama funksiyasi bilan bog'liq
bo'ladi. Masalan, tulki – ayor hayvon, ayiq – kuchli hayvon. So'zning o'zi ifoda
etayotgan narsa yoki tushuncha bilan bog'lanmay, shu narsaning biror belgisi
yoki holati bilan boshqa narsaning shunday belgisini ifodali qilib ko'rsatish
uchun qo'llangan ma'nosi ko'chma ma'no deyiladi. Masalan: U – tulki ("ayyor
odam" ma'nosida). Erkin – xo'roz ("mard odam" ma'nosida). Bu o'rinda tulki va
- 79 -
xo'roz so'zlari "ayyor odam", "mard odam" ma'nolarida qo'llansada, ularning
to'g'ri ma'nolari ham ko'zda tutiladi.
So'zlarning ko'p ma'noli bo'lish xususiyati polisemiya (poly – ko'p, sema –
ma'no) deyiladi. Dum so'zi biror jonivor yoki hayvon organizmining bir qismi si-
fatida to'g'ri ma'noda ishlatiladi. Biroq dum so'zi "ikki baho" ma'nosida ishlatil-
ganda 2 raqamining yozuvdagi "dumi" nazarda tutiladi. Dum so'zi ota-onasiga
ergashib yuruvchi bola ma'nosida ham ishlatiladi. Binobarin, dum so'zi ko'p
ma'noli hisoblanadi. Ba'zan so'z birikmalarida ishtirok etgan so'z o'zining to'g'ri
ma'nosida, ikkinchisi esa ko'chma ma'noda qo'llanadi. Masalan, tosh yurak so'z
birikmasida yurak to'g'ri ma'noda, tosh so'zi esa ko'chma ma'noda ishlatilgan. Bir-
oq bu so'z birikmasi bir butun holda (tosh yurak) ko'chma ma'noli deb hisobla-
nadi. Chunki uni tashkil etgan so'zlarni uzib olish ma'noga putur yetkazadi.
Bunday o'rinlarda so'zlarning birikuvi (valentligi) katta ahamiyatga ega. Demak,
so'zlarning leksik ma'nosini shakllantirishda ularning grammatik xususiyatlari
xizmat qiladi. Ko'chma ma'noda qo'llangan so'z ko'pincha boshqa "semantik
maydon"ga o'tadi. Yuqoridagi misollarda bu yaqqol ko'rinadi. Ko'p ma'noli so'z-
ning har bir ma'nosi boshqa so'zlarning ma'nolari bilan aloqaga kiradi. So'zlar bir-
biriga o'xshashligi, yaqinligi va nutq situatsiyasida (kontekstda) ishlatilishiga
ko'ra ma'nolarini o'zgartirishi mumkin. So'zning ko'chma ma'nolarda ishlatilishi
barcha tillar uchun xosdir. So'z ma'nosining ko'chish usuli to'rt xil bo'ladi: metafora,
metonimiya, sinekdoxa, funksional ko'chish.
Bir narsa nomining ikkinchi narsaga shakl, rang va boshqa biror jihatdan
o'xshashligi asosida ko'chirilishi metafora (grekcha methaphora – "ko'chma
nom, ko'chirish") deb ataladi: sovuq qarash, istarasi issiq, ... o'zi pok, ham so'zi
pok (Uyg'un, I. Sulton) kabi. Tulki, xo'roz, dum so'zlari ma'nolarining ko'chishi
ham (yuqorida izohlangan) metaforik usuldir.
So'zlar asli nomlar hisoblanadi. Ko'chma ma'nolar so'zning mana shu
ma'nosi negizida paydo bo'ladi. Bir xil narsa yoki hodisani ifodalayotgan so'z
boshqa xil narsa yoki hodisa ifodasi uchun qo'llana boshlaydi.
- 80 -
Bir narsa nomining ikkinchisiga ko'chirilishi ular o'rtasidagi haqiqiy
aloqaning mavjudligiga asoslansa, u metonimiya (grekcha metonimia – "qayta
nomlash") deyiladi. Masalan, ikki piyola ichdi ("choy ichdi" ma'nosida), Ler-
montovni o'qidim ("Lermontov asarlarini o'qidim" ma'nosida). Kelgusi
uchrashuvga atlas kiy, atlas (Yu.Shomansur) "atlas kóylak" ma'nosida ishlatil-
gan). Inglizcha iron – dazmol so'zi temir so'zidan glass – stakan so'zi shisha
so'zidan olingan metonimiyalardir. Ba'zan ixtirochining nomi yoki biror joyning
nomi ham narsaga ko'chirilishi mumkin. Masalan, ford, dizel, volt, gers, lavsan
(uni kashf etgan laboratoriyaning nomi), boston, shotlandka kabi.
Bir butun narsani uning biror qismi bilan atash yoki qism nomini butun
uchun qo'llash keng tarqalgan. Bu hodisa sinekdoxa (grekcha synekdoche –
"odatdagi tushunish" ma'nosida) deyiladi: Besh qo'lingni og'zingga tiqma.
Uzoqdan kalla (laqab) ko'rindi gaplarida qo'l (butun) barmoq (qism) ma'nosini;
kalla (qism) kishi (butun) ma'nosini ifoda etayapti. Oqsoqol (qism) so'zining
erkak kishi, tuyoq, bosh qism) so'zlarining mol, qo'y, echki (butun) ma'nolarida
qo'llanishi ham sinekdoxaga misol bo'ladi. Sinekdoxa hodisasi ko'proq o'simlik
va sabzavot nomlarida uchraydi: shaftoli so'zi daraxtni ham, uning mevasini
ham bildiradi. Olma, o'rik, gilos, yong'oq, qovun kabi so'zlar ham shu
xususiyatga ega.
Ma'noning funksional ko'chishi narsalarning bajaradigan vazifasining
o'xshashligi, yaqinligiga asoslanadi. Qadimda xatni g'oz pati bilan yozar edilar.
Keyinchalik po'lat qalamlar vujudga keldi. G'oz pati vazifasini bajara boshlagan
bu qalamlar pero deb atala boshlandi. O'zbekcha siyoh, o'q so'zlarining
ma'nosidagi o'zgarish ham shu usulda yuz bergan. Ilgari xat qora suyuqlik bilan
yozilar va bu modda siyoh deb atalgan. Hozir esa qizil, ko'k va boshqa rangdagi
siyohlar ma'nosida qo'llanadi. Ilgari o'q so'zi yoyning o'qi ma'nosida ishlatilgan.
Hozir esa miltiq o'qi, pulemyot o'qi, avtomat o'qi, to'p o'qi ma'nolarida qo'lla-
nadi.
- 81 -
So'z ma'nolarining kengayishi yoki torayishi ham so'zlarning semantik
taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Masalan, o'zbek tilidagi yasatmoq fe'li
odamni, ko'chani, binoni, uyni, xonani yasatmoq kabi keng ma'nolarda ishlati-
ladi. Yurak so'zi kishi a'zosining biri ma'nosidan tashqari – keng ma'no – ko'krak
qafasi ma'nosida ham qo'llanadi. Mashina so'zi avtomobil ma'nosida, osh so'zi
palov ma'nosida qo'llanganda, ularning ma'nolari torayadi.
Dostları ilə paylaş: |