- 82 -
qa (ko'pincha o'zbek tilida to'rt deb talaffuz etiladi). Ko'pincha omonimlar til-
dagi tovush o'zgarishlari natijasida hosil bo'ladi. Masalan, ingliz tilida
piece –
bo'lak,
peace – tinchlik,
weak – kuchsiz,
week – hafta,
tear – ko'z yoshi,
tear –
yirtmoq kabi omonimlar tarkibidagi unli tovushlarning o'zgarishi natijasida hosil
bo'lgan. Ingliz tilida so'zlarning yozilishi va talaffuzi o'rtasida katta farq mavjud.
Unda har xil yoziluvchi so'zlar ham bir xil talaffuz qilinishi mumkin:
knight –
farzin,
night – kechasi,
die – o'lmoq,
dye – bo'yamoq kabi. Shu sababli bu tilda
omonimlarning har xil turlari juda ko'p uchraydi. Ma'no jihatdan farqlanuvchi,
biroq aytilishi va yozilishi bir xil bo'lgan so'zlar to'liq omonimlar deb ataladi.
Agar so'zlarning faqat yozilishi yoki talaffuzi bir xil bo'lsa, ular to'liq bo'lmagan
omonimlar deyiladi.
Omonimlarning kelib chiqishini so'zlarning ko'p ma'noli xususiyatlarining
kamayishi bilan izohlash ham mumkin. Bosmoq fe'lining polisemantik, ya'ni
ko'p ma'noli xususiyati kuchsizdir. Shu sababli bu fe'lning buyruq shakli "bos-
ma", boshqa shu o'zakdan hosil bo'lgan "bosma" (qog'oz) oti bilan omonim
bo'lib qolgan. Omonimlarni farqlashda ularning tarixiy kelib chiqishini ham
hisobga olish zarur. Masalan, tug'ilmoq chaqaloq tug'ildi) va tug'ilmoq (fikr
tug'ildi, hosil bo'ldi). Har ikkisi bir o'zakdan kelib chiqqan. Omonimlarning
kelib chiqishida tildagi tovush o'zgarishlari, yozuv qoidalari va semantik siljish-
lar muhim manba bo'ladi. Omonimlarning ma'nolari nutq situatsiyasida,
kontekstda aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: