- 87 -
lan bog'lanadi. Masalan, astronomiyaga tegishli ikar termini badiiy jihatdan
odam bilan tenglashtiriladi:
Fazoga
ilk bora qanot qoqqanni
Ikar deb atamish hayolan inson.
(
A.Oripov)
Termin uchun kontekstning bo'lishi shart emas. U kontekstsiz ham alo-
hida bir tushunchani ifoda qila oladi. Masalan, vint, lokator, kislota, fosfor, kis-
lorod, vodorod kabi.
Ba'zi terminlar bir qancha fanlar uchun umumiy bo'lib qolgan. Masalan,
avtomat so'zi. Biroq avtomat mashinalarning har bir turi o'z nomiga ega.
Ko'pincha, avtomat mashinalarning uzundan-uzoq nomi aytilmay, avtomat ter-
mini qo'llaniladi. Har bir fanning o'z terminlar sistemasi mavjud.
Terminlar
narsalarning nomini, ba'zi jarayon yoki holatlarni (ximiyaviy yoki fizik) belgi,
o'lchov, ishlash tartibi, fan va texnikaning sohalari va shohobchalari hamda kasb
va mashg'ulotini ifolalaydi. Terminlar ham so'zlar kabi o'zining tovush
strukturasi (ifoda jihati) va ma'no jihatiga egadir. Ko'pgina terminlarning talaf-
fuzi bilan ularning qaysi fanga tegishli ekanligini bilish mumkin. Chunki termin-
larning ifoda va mazmun jihatlari o'rtasidagi bog'lanish ancha uzviy hisoblanadi.
Terminlar bir, ikki so'zdan tashkil topgan va so'zlar birikmasi tarzida bo'lishi
mumkin. Masalan, son, kasr son, g'ildirak
aylantiruvchi dvigatel, kimyoviy ja-
rayon, vodorod bomba kabi. Kelib chiqishi jihatdan terminlar har bir tilning ich-
ki zaxiralariga xos va boshqa tillardan o'zlashgan bo'lishi mumkin. O'zbek
tilining ichki zahiralari manbaida paydo bo'lgan terminlarga tilshunoslikdagi
to'ldiruvchi, hol, aniqlovchi, kesim, qo'shma gap kabilarni ko'rsatish mumkin.
O'zbek tilida chet tillardan o'zlashgan terminlar juda ko'p. Masalan, tib-
biyot, biologiya, tilshunoslik, fizika, kimyo, astronomiya va boshqa fanlarda lo-
tin, grek, arab va boshqa tillardan kirgan so'zlar juda ko'p ishlatiladi. Ba'zi
- 88 -
terminlar tilda bor bo'lgan so'zlarni turli shakllarda,
jumladan, kichraytirish
ma'nosida qo'llash orqali yasaladi: tilcha, oyoqcha kabi. Ko'pgina terminlar ular
ifodalaydigan tushuncha yoki jismning nomi bilan butunlay bog'lanmaydi. Bun-
day terminlar biror mashhur kishi yoki voqea sha'niga qo'yilgan bo'lishi mum-
kin. Masalan, Sibirda topilgan jism Yu.A. Gagarinning birinchi bor koinotga
parvozi sha'niga
gagarinit deb nomlangan. Terminlarning hosil bo'lishida
fonetik, leksik va grammatik vositalar ishtirok etadi.
Har bir fan va texnika sohasiga tegishli alohida terminologik lug'atlar
mavjud. (Bu haqda darslikning leksikografiya bo'limiga qarang).
Dostları ilə paylaş: