- 90 -
Bunday hodisa
frazeologik omonimiya deyiladi: javobini bermoq – 1) biror
savolga javob qaytarmoq; 2) biror xizmatchini ishdan bo'shatmoq kabi.
Odatda, frazeologizmlar tildagi erkin so'z birikmalari asosida hosil
bo'ladi. Biroq ular ko'chma ma'no kasb etib, komponentlari o'zaro birikib yaxlit
holda qo'llanishi natijasida singib ketadi. Masalan, joyiga keltirmoq, o'rniga
qo'ymoq iboralari erkin birikmalarni eslatadi. Lekin ular ko'chma ma'noda
qo'llanib, "ishni (vazifani) yaxshi bajarmoq", "biror ishni tartibli bajarmoq"
ma'nolariga ega bo'lgan. Frazeologizmlarning ba'zi turlari milliy urf-odatlarni
aks ettiradi. Ularni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda iboraning kompo-
nentlarini so'zma-so'z ag'darmay, to'g'ri keluvchi iboralardan – muqobillardan
foydalaniladi.
Frazeologizmlar grammatik (sintaktik va morfologik) tuzilishi bilan farq
qiladi. Ularning tarkibida ot, sifat, fe'l va boshqa so'z turkumlari ishtirok etadi
hamda komponentlarining sintaktik birikuvi ham turlicha bo'ladi: olam guliston,
ta'bi xira, kayfi buzuq, tepsa-tebranmas, qorasi o'chmoq, yuragi qora, o'ziga kel-
moq, o'rtaga tashlamoq, katta gapirmoq kabilar.
Tarkibida taqlid so'zlar bo'lgan frazeologizmlar alohida ko'chma ma'nolari
bilan ajralib turadi: yuragi duk-duk qilmoq, piq-piq qilmoq, taq-taq etmoq kabi.
Ba'zi frazeologizmlarning tarkibida boshqa tillardan kirgan so'zlar ham
ishtirok etishi mumkin: infarkt qilmoq, gapning indollisini aytmoq kabi.
Frazeologizmlar semantik tomondan umumlashgan ko'chma ma'no ifodala-
sa, grammatik tomondan ularning butunligi komponentlarining o'zaro birikuvi
va gapda ham shu tartibini saqlab qolishi bilan izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: