O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 
 
 SINONIMLAR VA ANTONIMLAR 
So'zlarning turlari va ma'nolari ularni qiyoslash orqali oydinlashadi. So'z 
ma'nolarining o'xshashligi sinonimiyani, qarama-qarshiligi esa antonimlarni 
aniqlash uchun asosiy mezon hisoblanadi. Bir tushuncha, hodisa, narsa yoki bel-


- 83 - 
gini ifodalovchi, ma'nolari o'xshash yoki yaqin bo'lgan, turli ma'no sifatlarini va 
ekspressiv-stilistik bo'yoqlarni farqlash uchun xizmat qiluvchi so'zlar sinonimlar 
deyiladi (grekcha synonima – "bir xil ma'nodagi nom"). 
Odatda, bunday so'zlar sinonimik qatorga birlashtiriladi: botir, qo'rqmas, 
dadil, mard, jasur yoki baland, yuqori so'zlari alohida sinonimik qatorni tashkil 
etadi. Ingliz tilida earth, ground, land, soil so'zlari bir sinonimik qatorga kiradi. 
Biroq sinonimik qatorga kirgan har bir so'z o'zining, qo'llanishi bilan farq qiladi. 
Bir sinonimik qatorga kirgan so'zlar bir xil so'z turkumiga oid bo'ladi, biroq 
ularning o'zagi, morfemik tarkibi, fonologik strukturasi, ma'no sifatlari va ek-
spressiv ma'nosi turlicha bo'ladi. Masalan, aft, bashara, istara, chehra, yuz, 
nusxa, turq so'zlarining ma'nolari juda yaqin, biroq ulardan nusxa, turq, bashara 
so'zlari bu sinonimik guruhda stilistik jihatdan kishining salbiy va chehra, istara 
so'zlari esa ijobiy emotsional-ekspressiv hissiyot uyg'otish uchun qo'llanadi 
(qiyoslang: chehrasi ochiq, turqi sovuq, basharasi qora, nusxasi qursin kabi). 
Demak, bu sinonimik guruhga kiruvchi so'zlar konnotativ (ekspressiv) ma'nolari 
bilan ajralib turadi. Biroq bu sinonimik guruhga kiruvchi so'zlar yuz so'zining 
asosiy ma'nosi (sememasi) bilan birlashgan. Yuz so'zi mazkur sinonimik qatorn-
ing yetakchisi yoki dominanti hisoblanadi. 
Sinonimlar, asosan, to'rt turga bo'linadi: 
1. Ma'no sifatiga putur yetkazmay, bir-birining o'rnida bemalol ishlatila 
oluvchi so'zlar to'liq sinonimlar deb ataladi: tilshunoslik – lingvistika. 
2. Ma'nolari jihatdan farqlanuvchi sinonimlar semantik turga kiradi: botir, 
jasur, qo'rqmas, dadil. 
3. Nutq situatsiyasi yoki kontekstda ma'nolari jihatdan bir-birining o'rnida 
ishlatila oluvchi sinonimlar kontekstual sinonimlar deb ataladi: shoir, yozuvchi, 
adib. 
4. Ma'no sifatlarida emotsional-ekspressiv hissiyotni ifodalovchi sinonim-
lar stilistik sinonimlar deyiladi: yuz, bashara, aft, chehra, nusxa, turq kabi. 


- 84 - 
Sinonimik qatorga kiruvchi har bir so'z boshqa so'zlar bilan ma'lum 
aloqada bo'ladi. Ba'zan chet tildan kirgan so'z ona tilidagi so'z bilan bir ma'noni 
ifodalash uchun qo'llanib, sinonim bo'lib qoladi: prokuror – qoralovchi, taftish 
komissiyasi – reviziya komissiyasi, advokat – oqlovchi kabi. 
Tildagi sinonimlar yig'indisi sinonimika deb yuritiladi. Sinonimika – til 
boyligi. Ularni bilish, qo'llash san'atini egallash yuqori nutq madaniyatining bel-
gisidir: sinonimlar fikrni aniq va ravshan, rang-barang ifoda qilishga yordam be-
radi. 
Karama-qarshi ma'nolari bilan guruhlanuvchi so'zlar antonimlar deyiladi 
(grekcha anti – "zid", onyma – "nom"). Antonimlar leksik (so'z ma'nolari zidli-
gi) va grammatik (grammatik shakllarning zidligi) turlarga bo'linadi. Leksik an-
tonimlar: yaxshi – yomon, uzun – kalta, cho'ziq – qisqa, qora – oq, chiroyli – 
xunuk kabi. Grammatik antonimlar: tuzli – tuzsiz, shirin – bemaza, ishli – ishsiz, 
bekor kabi. Bulardan tashqari antonimlar yana quyidagi uch turga bo'linadi: 
1. Gradual va koordinatsiya qilingan qarama-qarshiliklar antonimlari: oq 
– qora, uzoq – yaqin, boy – kambag'al, kun – tun va boshqalar. 
2. Konversiya qarama-qarshiliklar antonimlari: urush – tinchlik, er – xo-
tin, sotmoq – sotib olmoq. 
3. Tushunchalarning dixotomik bo'linishlari antonimlari: ataka – kontra-
taka, qonuniy – noqonuniy. 
Antonimlar – bir-birini inkor etuvchi ma'nodagi so'zlar o'rtasida vujudga 
keladi. Ular o'zining sinonimlariga ega bo'lishi mumkin. Masalan: kalta (pakana) 
– novcha (uzun), ta'mli (shirin) – ta'msiz (bemaza, beta'm) kabi. Demak, an-
tonimlar sinonimlar bilan ham bog'lana oladi. Antonimlar zid ma'nodagi so'zlar-
ni qiyoslash natijasida kelib chiqqan bo'lib, og'zaki va yozma nutqda ko'p 
qo'llanadi. 
Antonimlar tilning tasviriy vositalaridir. Badiiy adabiyotda antonimlar 
yorlamida sintaktik birikmalardan antiteza hosil qilinadi:


- 85 - 
Zulm ila elligu yuzni olur. 
Boz tanobini duchandon solur. 
Dog'i bular yaxshiyu, bizlar yomon...
(Muqimiy). 
Antiteza maqollarda ham ko'p qo'llanadi: Nodon do'stdan ziyrak dushman 
yaxshi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin