O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

fiksli usul: davlat – badavlat, tashvish – betashvish, gap – sergap; 3) suffiksal-
prefiksal usul: sergaplik, baquvvatlik.
Fonetik usul. Bunda so'z tarkibidagi tovush o'zgarishi hamda urg'uning 
o'rnini o'zgartirish yo'li bilan yangi so'z hosil qilinadi: aka-uka, yangi (yangi 
kitob) – yangi (hozir keldi). 
Semantik usul. Til lug'at tarkibi taraqqiyotining bu usulida so'z ma'nolari 
o'zgarib boradi. Faqat so'zlar emas, ularning ma'nolari ham o'z tarixiga ega. So'z 
ma'nolari semantik jarayonlar va so'z ma'nolarining ko'chish qonuniyatlari aso-
sida o'zgaradi. So'z ma'nolarining o'zgarishi ularning nutqda qo'llanishiga 
bog'liqdir. 
So'z ma'nolarining o'zgarish usuli uch xil: so'z ma'nolarining ko'chishi, 
so'z ma'nolarining kengayishi, so'z ma'nolarining torayishi. 
Til lug'at tarkibining taraqqiyotida semantik usul yana quyidagi ko'rinish-
larga ega: 
1) omonimlarning hosil bo'lishi: batareya (texnik termin – elektr batareya-
si), batareya (harbiy termin – minomyot batareyasi), dasta (biror narsaning ush-
lagichi) – dasta (ansambl ma'nosida); 
2) turdosh va atoqli otlar munosabati. Bunda turdosh otlar o'z ma'nosini 
toraytirib, atoqli otlarga aylanadi. O'zbek tilidagi Anor, Ra'no, Muhabbat, Bolta, 
Tesha, Temir kabi atoqli otlar mana shundaydir. Viktor (latincha victor – g'olib), 
Volga (ruscha волга – влага), Novgorod (ruscha новъ-город) kabi atoqli otlar 
ham turdosh otlardan hosil bo'lgan. Atoqli otlar o'z ma'nosini kengaytirib, tur-
dosh otlarga aylanadi. Masalan, iprit (zaharlovchi modda) Belgiyadagi Ipr shahri 
nomi bilan bog'liq. Golife, donjuan, donkixot so'zlari ham ana shu tipdadir. 


- 100 - 
3) Konversiya (latincha converslo – aylanish) – so'z yasashning semantik-
grammatik usulining alohida ko'rinishini tashkil qiladi. Bunda bir turkumdagi 
so'z ikkinchi bir turkumga o'tadi: uning leksik va grammatik ma'nosi o'zgaradi. 
Konversiyaning asosiy ko'rinishlari: subyektivatsiya, adyektivatsiya va 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin