- 101 -
Masalan, Futbol o'yini Angliyada ko'proq
tarqalgani uchun bunga xos
nomlar ham inglizchadir: futbol ("oyoq o'yini" degan ma'noda), golkipr (dar-
vozabon ma'nosida) va boshqalar. Rus tilidagi kemachilikka xos terminlarning
ko'pchiligi gollandchadir: kreyser (harbiy kema ma'nosida), gazan (kemalar
to'xtaydigan joy ma'nosida), grotmarsell (katta tikka turuvchi yelkan ma'nosida)
va boshqalar.
Boshqa tillardan ehtiyoj natijasida qabul qilingan so'zlar tilning lug'at
boyligini kengaytirib, nutq vositalarini boyitadi. Masalan, rus tilidagi велвет
so'zi inglizchadan olinib, baxmalning bir turini ifoda qiladi. Inglizchada esa – bu
so’z barxit (baxmal) ma'nosini bildiradi. Lekin barxit so'zi asli arabcha bo'lib,
bamazin ma'nosini ifoda qiladi. “Boti” so'zi fransuz tilida etik ma'nosida ishlatil-
sa, fransuzchadan olingan bu so'z rus tilida ayollar kiyadigan qo'njli “etik”
ma'nosini anglatadi.
Odatda, boshqa tillardan zaruriyat tufayli o'zlashtirilgan so'zlar "begona
so'zlar" deb ajratilmasdan nutqda qo'llanaveradi. Masalan, paxta so'zining asli
forscha-tojikcha, kanal so'zining asli lotincha ekanligini
faqat tilshunoslargina
tadqiqot ishlarida ajratadilar. Boshqa vaqtlarda bu so'zlar o'z so'zidek ishlatilave-
radi.
Xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari fan va texnika sohasida
umumiylik yuzaga kelishi natijasida tillarning lug'at boyligida internatsional el-
ementlar vujudga kela boshladi. Keyingi davrlarda, ayniqsa XIX asrda fan va
texnikaga oid terminlar qadimgi grek va lotin tillaridan o'zlashtirildi. Masalan,
botanika, zoologiya, geografiya, akvarium va boshqalar.
Internatsional so'zlar boshqa tillardan ham olindi. Masalan, algebra, arse-
nal, almanax so'zlari
arab tilidan; artist, ansambl, armiya, artilleriya so'zlari
fransuz tilidan; ariya, gazeta, bank, valyuta, gvardiya so'zlari italyan tilidan;
boks, miting so'zlari ingliz tilidan olingandir. Bu so'zlar hozirgi zamon tillarin-
ing hammasida umumiy internatsional fond sifatida qo'llanmoqda.
- 102 -
Internatsional so'zlarning ba'zilari turli tillardan olingan so'zlardan iborat.
Masalan, byurokrat so'zi fransuzcha
bureau (muassasa) va grekcha
kratos
(hokimiyat) so'zlarining qo'shilishidan hosil bo'lgan. Shu yo'l
bilan troleybus
so'zi ham yuzaga kelgan. Inglizcha
trolley – kontaktli sim va yuqoridagi
bus el-
ementining qo'shilishidan hosil bo'lib, elektr toki bilan yuradigan shahar trans-
porti ma'nosida qo'llanadi.
Internatsional so'zlarning bir qismi ular ifoda qilgan narsani ixtiro qilgan
odamlar nomi bilan bog'liq. Masalan, amper so'zi (elektr tokining quvvatini o'l-
chaydigan birlik ma'nosida) italyan olimi Volt nomi bilan bog'langan.
Dunyodagi tillarning deyarli hammasida umumiy morfologik belgilari
ham mavjud. Bular grekcha,
lotincha -ist, -
izm kabi suffikslar va
arxi-,
kontr-,
inter- kabi prefikslardir.
Chet so'zlarning ishlatilishi bilan bog'lik hodisa
purizm (lotincha
purus –
sof) deyiladi va bunday g'oya tashviqotchilari puristlar deb ataladi. Purizm pro-
gressiv va reaksion bo'ladi.
Progressiv purizm chet so'zlarni, ayniqsa internatsional so'zlarni to'g'ri va
o'z o'rnida ishlatish g'oyasi bilan tilning leksik tarkibini boyitishga yordam be-
radi. Reakson purizm chet so'zlarni zo'rma-zo'raki, ona tilida shu so'zga to'g'ri
keluvchi so'z topilgan taqdirda ham ishlatishga undovchi g'oyaga asoslanadi.
Progressiv purizmni
har tomonlama quvvatlash, reaksion purizmga qarshi ku-
rashish tilshunoslarimiz va boshqa fan vakillarining burchi hisoblanadi.
Fonetik o'zlashtirish mumkin bo'lmaganda, boshqa tildagi so'z va iboralar
tarjima qilish yo'li bilan o'zlashtiriladi. Bu hodisa
kalkalab so'z o'zlashtirish deb
ataladi (fransuzcha
caique – "nusxa", taqlid qilish, nusxa ko'chirishda ishlatilu-
vchi yuqori "qog'oz" ma'nosida).
Kalkalab so'z o'zlashtirish, asosan, ikki turli bo'ladi:
1)
to'liq kalkalash – bunda bir tildagi so'z yoki ibora ikkinchi bir tilga
to'liq tarjima qilinadi: полупроводник – yarim o'tkazgich, радиопередача – ra-
dio eshittirish, ледокол – muzyorar, взаимодействие – o'zaro harakat;
- 103 -
2)
yarim kalkalash – bunda kalkalanayotgan so'z
yoki ibora har ikki til
elementlari orqali ifoda qilinadi: машиностроение – mashinasozlik, автомат-
чик – avtomatchi, электронно-вычислительная машина –
elektron-hisoblash
mashinasi, штурмовая авиация – shturmchi aviatsiya kabi.
Ba'zi terminlarni o'zlashtirishda so'zning yasovchi elementlari o'zbekcha
qo'shimchalar bilan almashtiriladi. Bu jarayon o'zlashtirilayotgan so'zning
o'zagini so'z yasovchi qo'shimchalardan ajratish mumkin bo'lganda, bu o'zbek
tilida mustaqil holda ma'lum tushuncha ifoda qila olganda yuz beradi: гвардеец
– gvardiyachi, автоматчик – avtomatchi.
Kalkalash yo'li bilan paydo bo'ladigan konstruksiyalarning ko'pchiligi bi-
rikma atamalardir: наблюдательный пункт – kuzatish punkti, химическая
война – kimyoviy urush va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: