O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

So'z tartibi so'zlarga yangi ma'no beruvchi va gapning mazmunini 
o'zgartiruvchi vositadir. Gaplarda so'z tartibi ayniqsa affiksatsiya kuchsiz bo'l-
gan tillarda, jumladan, ingliz va fransuz tillarida katta ahamiyatga egadir. Ingliz 
tilida ot va sifatlardagi affikslar unchalik farqlanmasligi tufayli ularning gapdagi 
o'rniga ko'ra farklash mumkin. Masalan, the arrived people – kelgan odamlar (si-
fat), the people arrived – Odamlar keldi (fe'l). The arrived are the tourists – Kel-
ganlar sayohatchilardir (ot). 
Gapda so'zlarning' tartibiga ko'ra gap bo'laklari va bu so'zlarning o'zaro 
aloqasi aniqlanadi. Xind-ovrupo tillarida so'z tartibi erkin hisoblanadi, ya'ni 
ko'pincha gapdagi so'zlarning o'rnini almashtirish mumkin. Masalan, The boys 
walked slowly up the hill – Bolalar vodiy tepasiga sekin chiqdilar. Slowly the 
boys walked up the hill – Sekin bolalar vodiy tepasiga chiqdilar. Up the hill 
slowly walked the boys
1
– Vodiy tepasiga sekin bolalar chiqdilar. Bu misolni 
o'zbek tiliga tarjimasidan ko'rinib turiptiki, bu tilda ham so'z tartibi erkin 
hisoblanadi. Bu, ayniqsa, she'rlarda yaqqol namoyon bo'ladi. 
Ba'zi tillarda, xususan, hind, xitoy, vyetnam, indonez tillarida gapda so'z 
tartibini o'zgartirish katta ahamiyatga ega bo'lib, bu tillarda affiksatsiya gram-
matik ma'noni ifodalash vositasi sifatida qo'llanilmaydi. Affiksatsiya kuchli 
1
Misol quyidagi kitobdan olindi: Лайонз Джон. Введение в теоретическую линг-
вистику. М., Прогресс, 1978. с. 216. 


- 118 - 
bo'lgan tillarda gapda so'zlar tartibi unchalik ahamiyatli emas. Gapda so'z tarti-
bining o'zgarishi stilistik va mantiqiy jihatdan ahamiyatli bo'lishi mumkin. 
Urg'u so'zlarning grammatik ma'nosyni farqlay oluvchi vosita bo'lib xiz-
mat qilishi mumkin. Hind-ovrupo tillarida so'zlar va so'z shakllari urg'uning o'r-
niga ko'ra grammatik ma'nolari bilan farqlanadi. Masalan, rus tilida мукá– 
un,мýка – azob, рукú (r.p.yed.ch.) qo'l – рýки (im.p.mn. ch.). Ingliz tilida `pre-
sent – sovg'a, présent – hozir bo'lmoq, im`port – import (ot), to ímport – import 
qilmoq. German, turkiy, hind tillarida urg'u so'zlarning grammatik ma'nolarini 
ifoda qilishda kamroq qo'llanadi. Masalan, o'zbek tilida olmá (meva) – ólma 
(fe'lning buyruq shakli), atlás (mato) – atlas (xarita kitob) kabi urg'uning o'rniga 
ko'ra farqlanuvchi so'zlar juda kam. 
Intonatsiya, ayniqsa, uning asosiy komponenti bo'lgan melodiya (ohang) 
grammatik ma'noni ifodalashda xizmat qiladi. Masalan, U keldi (tushuvchi 
ohang – darak gapda), U keldi? (ko'tariluvchi ohang – so'roq gapda), U 
keldi!(ancha baland ohang – undov gapda) va so'zlovchining his-hayajon, ehti-
rosini ifodalovchi past yoki baland ohang qo'llanishi mumkin. Musiqiy ohangga 
ega bo'lgan tillarda (hitoy, tay, vyetnam, koreys) ohang grammatik ma'noni 
farqlashda ko'proq xizmat kiladi. Masalan, Alyaskadagi takelama qabilasi tilida 
"hi1a" so'zi tushuvchi ohang bilan aytilsa "qo'shiq", ko'tariluvchi ohangda talaf-
fuz etilsa, "qo'shiq aytmoq" (fe'l) ma'nosini ifodalaydi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin