- 114 -
suffiks (lotincha
postfix –orqaga qo'shilgan) yoki
qo'shimcha deb ataladi. Til-
dagi bajaradigan vazifasiga ko'ra affikslar so'z yasovchi va so'z o'zgartiruvchi
turlarga bo'linadi. Masalan, -kor, -chi suffikslari kasbni ko'rsatuvchi so'zlarni
yasaydi: paxtakor, shifokor, xizmatchi, to'qimachi, baliqchi kabi.
So'z o'zgartiruvchi affikslar tilda so'zlarni
bir-biriga biriktirish uchun,
ya'ni so'z birikmalari va gap tuzishda xizmat qiladi: kitob javoni, uning daftari,
qishloqdagi hovlimiz. Universitetimiz talabalarining
barchasi xorijiy tillarni
chuqur o'rganmoqdalar.
Affikslar tilda ko'p yoki kam qo'llanishiga ko'ra
mahsuldor va
nomahsuldor bo'lishi mumkin.
So'zni ma'nodor qismlarga bo'lish mumkin. So'zning o'zagi
va affikslari
uning ana shunday ma'nodor qismlaridir. So'zning o'zagi
va undagi barcha
turdagi affikslarni umumiy
tushuncha bilan ifodalab, uni
morfema (grekcha
morphe – shakl) deb ataymiz.
Morfema – tilning eng kichik ma'nodor birligidir.
Dostları ilə paylaş: