so'zning paradigmasi (grekcha paradigma – andoza, nusxa, model) deyiladi.
Grammatik ma'noni izohlashda so'z paradigmasidagi shu so'z shakllarini
ifodalovchi grammatik vositalarni hisobga olinadi.
- 111 -
GRAMMATIK KATEGORIYA
Grammatik ma'no va grammatik shaklning birikuvidan vujudga kelgan
umumiy tushunchalarni ifodalovchi tildagi xususiyatlar grammatik kategoriya
deb yuritiladi. Kategoriya tushunchasi (grekcha kategoria) narsalarga tegishli
xususiyatlar ma'nosini ifodalaydi. Grammatik kategoriya bir yo'la grammatik
ma'no va grammatik shaklni qamrab oluvchi tushuncha bo'lib, turli tillarda soni
va xususiyatlari bilan farq qiladi.
So'zlarning shakli va ma'no jihatiga ko'ra tildagi sintaktik funksiyasi bel-
gilanadi. Grammatik kategoriya tushunchasi grammatik ma'nolarning butun bir
guruhini qamrab oladi.
Grammatik kategoriya loaqal ikkita grammatik ma'noni o'z ichiga oladi.
Masalan, otlarga tegishli birlik va ko'plik shakllarini qiyoslash mumkin. Bitta
grammatik ma'no hech vaqt grammatik kategoriyaga ega bo'la olmaydi.
Otlarga tegishli bo'lgan kelishik, son, rod (rus tilida), aniqlik-noaniqlik
(yordamchi so'z turkumi hisoblanuvchi artikl bo'lgan tillarda) grammatik kate-
goriyalari turli tillarda mavjud. Jumladan. turkiy tillarda, xususan, o'zbek tilida
otlarga tegishli son, kelishik. egalik kategoriyalari bor, biroq rod va aniqlik-
noaniqlik kategoriyalari yo'q. Ingliz tilida son, kelishik va aniqlik-noaniqlik ka-
tegoriyalari mavjud, lekin rod va egalik kategoriyalari yo'q.
Rus tilida esa, rod, son, kelishik kategoriyalari bor, egalik va aniqlik-
noaniqlik kategoriyalari yo'q. Bular barchasi otlarga tegishli grammatik katego-
riyalardir. Rod kategoriyasi hind-ovrupo tillari oilasi german va roman guruhla-
ridagi tillarning ko'pchiligida yo'qolgan, lekin ba'zilarida, xususan, nemis tilida
uchta rod, fransuz tilida ikkita rod saqlanib qolgan, ingliz tilida esa yo'q.
Grammatik kategoriyalar fe'llar va sifatlarga ham tegishlidir. Fe'llarga
tegishli grammatik kategoriyalarga zamon, mayl, aspekt, tus (vid) kabilar kiradi.
Sifatlarga tegishli grammatik kategoriya ularning oddiy, chog'ishtirma va orttir-
ma darajasida ifodalangan: oq, oqroq, oppoq (juda oq yoki oppoq) kabi.
- 112 -
Dostları ilə paylaş: |