O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

So'zning o'zagi – o'zak morfema va undagi barcha affikslar, ya'ni prefiks, infiks, 
postfiks – suffikslar, turli qo'shimchalar affiksal morfemalar deb ataladi. Hech 
qanday qo'shimchaga ega bo'lmagan alohida so'z, masalan, gul, ko'z, yoz, kitob 
so'zlari bir morfemali so'zlardir. Kitobxon, kutubxona, fidokor kabi so'zlar ikki 
morfemali hisoblanadi. Shuningdek, talabalarimizdan, bog'larimizdagi so'zlari 
ko'p morfemali, ya'ni bir o'zak morfema va bir necha affiksal morfemalardan 
tashkil topgan. 
Turli tillarda bir morfema har xil variantiga ega bo'lishi mumkin. O'zbek 
adabiy tilida bu xususiyat yo'q. 
 TILNING GRAMMATIK VOSITALARI 
So'z o'zgartirish va so'z yasash qoidalari va grammatik konstruksiyalarni 
tuzishda qo'llanadigan usullari majmuini tilning grammatik vositalari deb yuri-
tiladi. Bu tartib-qoidalar yig'indisi tilning grammatik (aniqrog'i morfologik) tu-


- 115 - 
rini aniqlashda yordam beradi. Jahondagi tillar grammatik vositalarning qaysi 
birini ko'proq qo'llashi va bu vositalardan qaysinisi shu tilda borligi bilan farqla-
nadi. Turkiy tillari affiksatsiyaning ko'p qo'llanishi bilan ajralib tursa, vyetnam 
tilida affiksatsiya deyarli yo'q, xitoy tilida juda kam uchraydi. 
Grammatik ma'nolarni ifodalashda ishtirok etuvchi vositalar barcha tillar-
da bor, lekin ularning miqdori chegaralangan, bu vositalar qatoriga affiksatsiya, 
ichki fleksiya, reduplikatsiya, so'zlarni qo'shish, urg'u, intonatsiya, yordamchi 
so'zlar, so'z tartibi va suppletivizm kiradi. Ularning har birini alohida ko'rib 
chiqamiz. 
1) Affiksatsiya – so'zning o'zagiga yoki asosiga turli affikslarni (prefiks, 
infiks, suffiks, fleksiya yoki qo'shimchalar) qo'shish yordamida grammatik 
ma'noni ifoda qilish vositasidir. Turkiy tillarda, xususan o'zbek tilida prefiks fa-
qat boshqa tillardan o'tgan so'zlarda uchraydi. Masalan, o'zbek tilida tojik tilidan 
olingan be- (bemalol, beminnat kabi), bo- (boadab), ba'zan ba- shaklida (ba-
davlat) prefikslari ko'p qo'llanadi. O'zbek tilida -gina suffiksi erkalash va 
kichraytirish ma'nolarini ifodalaydi: yaxshigina, kichkinagina, shiringina kabi. 
Kelishik qo'shimchalari, ko'plik qo'shimchasi va fe'l shakli, zamoni va hokazo 
qo'shimchalar grammatik ma'noni ifodalashda keng qo'llanadi. Affiksatsiya in-
gliz, nemis, fransuz va boshqa tillarda ko'p tarqalgan. 
2) Ichki fleksiya – so'zning o'zagi ichida unlilarning o'zgarishi yoki 
tovushning yo'qolishi. Turli grammatik vositalarni hosil qilishda va yangi so'zlar 
yasashda ichki fleksiya ishtirok etadi. Ichki fleksiya tashqi fleksiyadan, ya'ni 
so'z o'zagining oxiridagi grammatik ko'rsatkichlardan, masalan, son va kelishik 
kategoriyalari qo'shimchalaridan farq qiladi. Ichki fleksiya semit tillariga, 
xususan, arab tiliga xosdir. Masalan, k-t-b o'zagidan ("yozmoq") ichki fleksiya 
vositasida kataba ("u yozdi"), kutuba ("u yozilgan"), kotibun ("yozuvchi", "hat-
tot"), kitabun ("yozilgan"). Ichki fleksiya yordamida kelishik shakllari yasaladi. 
Rus tili ichki fleksiyaga boy bo'lib, unda unlilarning almashinuvi ko'p uchraydi. 
Masalan, лежать, лёжа, ложиться, ходить, хождение, ход, ходячий kabi. 


- 116 - 
3) Reduplikatsiya (lotin tilidagi reduplicare – "ikkilantirmoq") – so'z, un-
ing o'zagi yoki boshlang'ich bo'g'inini qaytarish vositasida grammatik ma'noni 
ifodalashdir. U juda ko'p tillarda mavjud. Qaytarish yo'li bilan so'zlarning 
ma'nosi kuchayishi mumkin: ko'm-ko'k, qop-qora, sap-sariq kabi. Indonez tilida 
so'zlarni qaytarish vositasida ko'plik ifoda etiladi: sudara – "o'rtoq", sudara-
sudara (sudara
2
) – "o'rtoqlar", malaya tilida orang – "inson, kishi", orang-orang 
– "insonlar, kishilar" kabi. 
4) Qo'shish – so'zlarni va ularning elementlarini yangi so'z yasash uchun 
biriktirishdir. Masalan, o'zbek tilida gultojixo'roz, karnaygul, ishlabchiqarish, 
ishyoqmas kabi so'zlar ikki yoki uch so'zning qo'shilishidan yasalgan. Odatda 
bunday so'zlarni qo'shma so'zlar deb ataladi. Ba'zi qo'shma so'zlarning ikkinchi 
qismi turli affikslarni qabul qiladi va o'zgarishlarga uchraydi: hokimiyat, saryog' 
(sarig' yog' birikmasining qisqargani), bugun – bul kun birikmasining qisqarga-
ni) va h.k. Ko'pgina qo'shma so'zlar va so'z birikmalari qisqartma so'zlar 
shaklida qo'llanadi: AQSH, mexmat (mexanika-matematika fakulteti), O'zMU, 
OAK (Oliy Attestatsiya Komissiyasi) kabi. 
5) Yordamchi so'zlar – sirasiga shunday so'zlar kiradiki, ular gapda biror 
bo'lak vazifasini bajarmaydi, lekin gapning mustaqil bo'laklari bo'lib kelgan 
so'zlarning grammatik ma'noni ifodalashiga yordam beradi. Yordamchi so'zlar 
biror narsani atamaydi, ya'ni nominativ funksiyani bajarmaydi. Yordamchi 
so'zlarga artikl, predlog (rus, ingliz, nemis va boshqa tillarda), yuklama, 
yordamchi fe'llar va bog'lovchilar kiradi. Artikl otning belgisi bo'lib, uning tur-
lanishi, qaysi rodga tegishli ekanini ko'rsatadi. Masalan, nemis tilida der, das
die artikllarining qo'llanishi otlarning rodiga bog'liq. Otning turlanishiga ko'ra 
nemis tilida artiklning shakli o'zgarishi mumkin: 
bosh kelishik – der Mensch (odam) 
qaratqich kelishigi – des menschen 
tushum kelishigi – dem menschen 
chiqish kelishigi – den Menschen 


- 117 - 
Predloglar gap bo'laklari o'rtasidagi aloqalarni aniqlashtirib turuvchi 
yordamchi so'zlardir. Masalan ingliz tilida to school – maktabga, at school – 
maktabda, from school – maktabdan, shuningdek rus tilida в школе, из школы, 
по школам kabi. Bog'lovchilar gap va so'zlarni bog'lash uchun xizmat qiladi: 
kitob va daftar, aka bilan uka, bahor keldi va gullar ochildi kabi. Ing'liz, nemis, 
fransuz va rus tillarida ham bog'lovchilar so'z va gaplarni bog'lashda qo'llanadi. 
Yordamchi fe'llar o'z ma'nosini yo'qotgan, lekin fe'lning boshqa zamon, aspekt 
va darajasini ko'rsatuvchi vosita sifatida qo'llanadi. Rus tilidagi быть ingliz ti-
lidagi be, have, shall, will, – should, would yordamchi fe'llari ko'p qo'llanadi. 
6) 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin