O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


GRAMMATIK KATEGORIYALARNING IFODALANISH



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 
GRAMMATIK KATEGORIYALARNING IFODALANISH 
 USULLARI 
Grammatik kategoriyalar asosan ikki turli bo'ladi: sintetik va analitik. 
Sintetik usul (grekcha synthesis – qo'shish, birga yig'ish) bilan grammatik 
kategoriyani ifodalash aynan so'zning grammatik shaklida aks etadi. Masalan, 
so'zga kelishik, son va egalik qo'shimchalarini qo'shish yordamida shu so'zning 
shakli o'zgaradi.
Bu qo'shimchalarni, odatda, affiksal morfemalar sifatida qaraladi. 
So'zning ko'plik shaklini -lar affiksal morfemasi yordamida (kitoblar, gullar, 
qalamlar kabi) egalik kategoriyasini –im, -i, -ing qo'shimchasi orqali (uning 
kitobi, sening kitobing, ularning kitobi kabi), kelishik qo'shimchalarining (-ni, 
-ning, -ga, -da kabilar) yig'indisi shu kategoriyani bildiradi. Bu kategoriyalarn-
ing ifodalanish usuli faqat so'zlarga turli qo'shimchalarni, ya'ni affiksal morfe-
malarni qo'shish yordamida amalga oshirilgan. Ularda boshqa yordamchi 
vositalar yoki so'zlar ishtirok etmagan. Shu sababli ularni sintetik usul bilan ifo-
dalangan grammatik kategoriyalar deb ataladi. 
Analitik usul bilan ifodalangan grammatik kategoriyalarda yordamchi vo-
sitalar yoki so'zlar ishtirok etadi. Masalan, o'zbek tilida sifat darajalarining ort-
tirma darajasi juda so'zi yordamida yasaladi: kuchli (oddiy daraja), kuchliroq 
(solishtirma daraja) – sintetik usul bilan juda kuchli (orttirma daraja) – analitik 
usul bilan ifodalangan. Fe'lning o'tgan zamon kategoriyasi o'zbek tilida sintetik 
(U keldi. Men bordim kabi) va analitik (U borib keldi. Men yozib oldim kabi) 
usulda ifodalanishi mumkin. 
Ingliz va nemis tillarida fe'llarning majhul nisbatini va turli o'tgan va kela-
si zamon shakllarini ifodalash uchun analitik usuldagi grammatik kategoriyalar 
juda ko'p qo'llanadi: 


- 113 - 
I have gone – Men bordim 
I have been given – Menga berishdi 
She will go – U boradi 
We shall be studying – Biz o'qiyotgan bo'lamiz 
Grammatik kategoriyalarda sintetik va analitik usullardan qaysinisi 
ko'proq ifodalanishiga ko'ra morfologik jihatdan sintetik va analitik tillar farqla-
nadi. Lekin bunday usullar o'rtasida aniq chegara yo'q.
Sintetik va analitik usullar bir tilda mavjud bo'lsa ham, ulardan qaysi biri 
ko'proq qo'llanishiga qarab bir tilni analitik, boshqa birini sintetik til deb tasnif 
qilamiz. Shu jihatdan xitoy, koreys, vyetnam tillari sintetik, ingliz, fransuz, grek, 
bolgar tillari analitik tillar hisoblanadi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin