LEKSIKOGRAFIYA
So'zlarning biror maqsadda to'planib, tartibga solingan yig'indisi lug'at
deyiladi. Lug'at tuzishning nazariy va amaliy tamoyillari haqidagi coha leksiko-
grafiya (grekcha lexicon – lug'at va grapho – yozaman) deyiladi. Lug'at
tuzuvchi mutaxassislar leksikograflar deyiladi. Lug'at tuzish tamoyillari va
metodikasini ishlab chiqish, leksikograflar ishini tashkil qilish, lug'at tuzish
uchun asos bo'ladigan kartotekalar tuzish, ularni sistemalashtirish va saqlash
leksikografiyaning vazifasidir.
Lug'atlarning so'zlar va iboralarning qo'llanishini nazariy tadqiq etishda
hamda tilga amaliy o'rgatishda ahamiyati katta.
Turli turdagi lug'atlar tuzish umummadaniy ahamiyatga egadir. Lug'at
alfavit tartibida tuzilib, qulay qo'llanma sifatida xalq ommasiga bilim beradi,
madaniy-oqartuv funksiya bajaradi. Shuning uchun ham bu masalaga katta
ahamiyat berilmoqda. Maxsus nashriyotlar, leksikografik muassasalarning tash-
kil etilganligini shu bilan izohlash mumkin.
- 104 -
Lug'at turlari, so'zlik (lug'atdan izohlanayotgan yoki tarjima qilinayotgan
so'z) tarkibi, lug'aviy maqolalar strukturasi kabi masalalar leksikografik nazari-
yada asosiy masala hisoblanadi.
Lug'atlar, asosan, ikki turga bo'linadi: qomusiy (ensiklopedik) va filologik.
Qomusiy lug'atlarda fan, texnika va madaniyatning barcha soxalariga oid
tushunchalar izohlanadi. Ularda tabiat hodisalari, ijtimoiy hayotdagi voqealar,
mashhur kishilar haqida ma'lumotlar beriladi.
So'zning o'zi haqida faqat uning kelib chiqishini ko'rsatish bilan chega-
ralaniladi. Shuning uchun bunday lug'atlar tushuncha lug'at deb yuritiladi. Odat-
da, bunday lug'atlarda rasmlar, karta va sxemalar ham keltiriladi. Qomusiy
lug'atlarda so'z va iboralar alfavit tartibida maqolaning sarlavhasi sifatida qo'yi-
ladi.
Qomusiy lug'atlar maqsad va vazifasiga ko'ra ikki xil bo'ladi: umumiy
qomusiy (ensiklopedik) lug'at va biror sohaning (qomusiy) lug'ati. Umumiy
qomusiy lug'atlarga "Britaniya lug'ati","O'zbekiston qomusi" misol bo'ladi. Biror
sohaning qomusiy lug'atlariga "Adabiyot qomusi". "Pedagogik qomus". "Texnik
qomus". "Qishloq xo'jalik qomusi" kabilar kiradi. Qomusiy lug'at Sharqda
"Qomus", G'arbda esa "Thesaurus" deb ham yuritiladi.
Filologik lug'atlarda asosiy e'tibor so'zga yoki so'z birikmasiga beriladi va
ular har tomonlama izohlanadi. Bunday lug'atlar ham alfavit tartibida tuziladi va
izohlanadigan so'z yoki so'z birikmasi sarlavha sifatida keltiriladi.
Filologik lug'atlar ikki xil bo'ladi: umumiy va maxsus filologik lug'atlar.
Umumiy filologik lug'atlarda hamma qo'llaydigan so'zlarning izohi beriladi. Bu-
lar bir tilli. ikki tilli ko'p tilli bo'ladi.
Qo'yilgan maqsadga ko'ra bir tilli filologik lug'atlar bir qancha turlarga
bo'linadi. Masalan, izohli lug'atlar, maxsus lingvistik lug'atlar: etimologik lug'at,
morfem lug'at, frazeologik lug'at, sinonim so'zlar lug'ati, orfoepik lug'at, chappa
lug'at, atoqli otlar lug'ati, joy nomlari lug'ati, mashhur yozuvchilar asarlari
lug'ati kabilar.
- 105 -
Masalan, izohli lug'atda so'zlarning barcha leksik ma'nolari keng
izohlanadi. Har bir so'z izohi kichik maqola shaklida beriladi va izohlanayotgan
so'z sarlavha qilib ko'rsatiladi. Bunga 5 jildli, "O'zbek tilining izohli lug'ati",
"Ingliz tilining Oksford izohli lug'ati", 17 jildli "Словарь современного рус-
ского литературного языка", S.I.Ojegovning bir jildli "Словарь русского
языка" kabilar misol bo'ladi. Olim Usmonov va Renat Doniyorovlarning "Ru-
scha – internatsional so'zlar izohli lug'ati" ham shular qatoriga kiritiladi.
Sinonim so'zlar lug'atida sinonimik qatorga kiruvchi har bir so'zning
ma'no ottenkalari, stilistik funksiyalari bayon qilinadi. Bunga A.Hojiyevning
"O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati" misol bo'ladi. Etimologik lug'atlarda
so'zlarning" kelib chiqishi, ularning dastlabki shakli va ma'nosi, til taraqqiyoti
davomida ularda yuz bergan o'zgarishlar izohlanadi. M. Fasmerning "Этимоло-
гический словарь русского языка", E.V. Sevortyanning "Этимологический
словарь тюркских языков" , Sh. Raxmatullaevning “O’zbek tilining etimologik
lug’ati” ana shunday lug'atlardir.
Morfemik lug'at so'zlarning qanday morfemalardan tuzilganini alfavit tart-
ibida izohlovchi lug'atdir. Jumladan, mukofotlanmoq so'zi mukofot (lan) moq
morfemalaridan tuzilgan. (Qarang: A.G'ulomov, A.N.Tixonov, R.Qo'ng'urov.
O'zbek tili morfem lug'ati. Toshkent, "O'qituvchi", 1977). Frazeologik lug'atda
tildagi frazeologik birliklarning (iboralarning) semantik va grammatik
xususiyatlari misollar yordamida izohlanadi. Unda frazeologik omonimlar, si-
nonimlar va antonimlarni yonma-yon keltirish. bir frazeologik iboraning turli
variantlarni berish juda foydalidir. Misol: Ko'ngli qattiq-qattiq ko'ngil. Rahm-
shafqati yo'q. Varianti: tosh ko'ngil; tosh ko'ngilli; tosh ko'ngil (zkan)ligi Si-
nonimi: tosh yurak-yuragi tosh. Antonimi: ko'ngl (i) bo'sh; ko'ngl(i) yumshoq-
yumshoq ko'ngil. O'xshashi: bag'ri tosh; mehri tosh...
1
So'zlarning qanday harf bilan tugaganiga qarab alfavit tartibida tuzilgan
lug'at chappa lug'at deyiladi. Masalan, a harfi bilan tugagan so'zlar quyidagicha
1
Rahmatullayev Sh.. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. Toshkent. "O'qituvchi", 1978,
21-bet.
- 106 -
beriladi: arfa, bola, dona, so'na, pona, to'nka, shona kabi. Bunday lug'at so'z
yasalishi, morfologiya va leksikologiya bo'yicha olib boriladigan turli ilmiy-
tadqiqotlar uchun manba bo'lishi mumkin. Bulardan tashqari, chappa lug'atlar
tilning fonetik qonuniyatlarini, she'riyat sirlari (qofiya bo'yicha)ni o'rganishda
yordam beradi. (R.Qo'ng'urov va A.Tixonovlarning "Обратный словарь узбек-
ского языка" kitobi).
Izohli lug'atlar tuzilishiga ko'ra ikki xil: alfavit tartibidagi lug'atlar va uya
tartibidagi lug'atlar.
Birinchi turdagi lug'atlarda so'zlar alfavit tartibida berilib izohlanadi.
Yuqorida ko'rsatilgan izohli lug'atlar mana shu tartibda tuzilgan.
Ikkinchi turdagi lug'atlarda faqat o'zaklargina alfavit tartibida joylashtiriladi.
Yasama so'zlar esa o'zak maqolachasining ichida (uyasida) izohlanadi. Bunday
lug'atlar bir uyada keltirilgan so'zlarning ma'no va shakl jihatdan boglanishlari
haqida ma'lumot beradi. Ikki til doirasidagi tarjima lug'atlarida bir tildagi so'z yoki
so'z birikmasi boshqa tilga tarjima qilib beriladi. Bunga ruscha-o'zbekcha, ingliz-
cha-o'zbekcha, fransuzcha-o'zbekcha, nemischa-o'zbekcha lug'atlar kiradi. Chet ti-
lini o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan qisqa tarjima lug'atlari ham mavjud. Ba'zan
tarjima lug'atlari bir necha tillar doirasida bo'ladi. Masalan, "Словарь наиболее
употребительных слов английского, немецкого, французского и русского
языков" kabi.
Filologik lug'atlarga turli sohalarga oid lug'atlar ham kiradi. Bularda fan,
texnika, ishlab chiqarishning ma'lum sohasiga oid so'z-terminlar izohlanadi. So-
ha lug'atlari ichida eng keng tarqalgani terminologik lug'atlardir. Bunday
lug'atlar bir tilli, ikki tilli, ko'p tilli bo'ladi. Bir tilli terminologik lug'atlarda bir
tilning ma'lum sohaga oid terminlari izohlanadi. Bunga O.S.Axmanovaning
"Словарь
лингвистических
терминов"
(1966)
va
D.E.Rozental,
M.A.Telenkovalarning "Справочник лингвистических терминов" (1972) nom-
li kitoblari, H. Hasanovning "Geografiya terminlari lug'ati" (1964). H.Homidiy,
Sh.Abdullayeva, S.Ibrohimovalarning "Adabiyotshunoslik terminlari lug'ati"
- 107 -
(1967), Olim Usmon tahriri ostida nashr qilingan "Ijtimoiy-siyosiy terminlar
lug'ati" (1976) kabilarni kiritish mumkin. Ikki tilli terminologik lug'atlarga N.T.
Hotamovning "Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o'zbekcha terminolagik
lug'at"i (1969). Sh. Bayburov va N. Takanayevning "Pedagogikadan qisqacha
ruscha-o'zbekcha termikologik lug'at"i (1963) kabilar kiradi. Ko'p tilli termi-
nologik lug'atlarga A.A.Asqarov va H.Zohidovlarning "Lotincha-o'zbekcha-
ruscha normal anatomiya lug'ati" (1964) ni misol qilib ko'rsatish mumkin. Chet
so'zlar lug'ati ham terminologik lug'atlarga o'xshab ketadi. Bunda ham, asosan,
chet tillardan o'zlashgan so'zlar izs'hlanadi.
Lug'atlarning turi yuqoridagilar bilan cheklanmaydi. Tematik, differensi-
al, yangi so'zlar, qisqartma so'zlar, chastota, qofiya lug'atlari ham mavjud. Masa-
lan, tematik lug'atlarda so'zlar ma'nolariga ko'ra guruhlanadi. Bunday lug'atlar
biror fikrni ifodalash uchun eng qulay so'zlarni topish imkoniyatini beradi. Bun-
ga ingliz tili asosida tuzilgan Roje (Roget) lug'ati, Muhammad Yoqub Chingi
tomonidan tuzilgan "Kelurnoma" nomli (XVIII asr) lug'atning oxirgi XV bobi
misol bo'ladi.
Xalqning o'sib borayotgan talablarini qondirish maqsadida lug'atning
yangi-yangi turlari yaratilishi tabiiydir.
Hozirgi tilshunoslikda tezaurus lug'at (grekcha thesayros – manba) yoki
ideografik lug'at tuzish masalasi ustida ish olib borilmoqda. Tezaurus lug'at
ma'lum so'z bilan ma'nolari bog'lanuvchi barcha so'zlarni qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: |