ogizatsiya (lotincha -de – "uzoqlashuv" prefiksi) deb yuritiladi. Ba'zi so'zlar
dastlabki kelib chiqish davridagi ma'nolarini yo'qotadi. Masalan, akvarel (aqua-
relle – italyan tilidan olingan) va akvarium (lotincha aquarium) so'zlari o'zbek
va rus tillarida ma'nolari jihatdan bog'lanmaydi. Biroq aslida ularning birinchi
qismi lotincha aqua – "suv", "вода" ma'nosini ifoda qilgan. Hozir ularning bi-
rinchisi "bo'yoq", ikkinchisi "suvga solingan jonivor" (baliq) ma'nosida qo'lla-
nadi.
Boshqa tildan o'zlashgan so'zni tushunarsiz talaffuz etish va ona tilidagi
biror so'zga o'xshash talaffuz qilish jarayoni xalq etimologiyasi deyiladi. Masa-
lan, mramor so'zi qaynar, kamar so'zining talaffuziga yaqinlashtirilib marmar
deb aytiladi. Asli gollandcha bo'lgan zontik so'zi uning tarkibidagi ik elementi
kichraytish (domik) affiksi deb faraz qilinib, zont shaklida ham talaffuz qilinadi.
Barometr so'zining burimetr, mikroskop so'zining melkoskop deb talaffuz
etilishi ham shu hodisaga kiradi. Xalq etimologiyasiga doir so'zlar badiiy ada-
biyotda nutqni jonlantirish maqsadida ham qo'llanadi.
TILNING LUG'AT TARKIBI
- 93 -
Tilning leksikasi tildagi barcha so'zlarni o'z ichiga oladi. Tilda bor bo'lgan
barcha so'zlar uning lug'at tarkibini tashkil etadi. Tilda bor bo'lgan so'zlarning
hisobi aniq emas. Har bir til o'zining lug'at tarkibiga ega bo'lib, yuz minglab
so'zlarni o'z ichiga olgan. Eng mukammal tuzilgan lug'at ham barcha so'zlarni
qamrab ololmaydi. Chunki tilning asta-sekin rivojlanish jarayonida uning lug'at
tarkibi ham takomillashib boradi. Barcha yangi so'zlar yoki eski so'zlar lug'atdan
o'rin olmagan bo'lishi mumkin.
Odatda lug'at tarkibidagi so'zlar ishlatilishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi:
ko'p ishlatiluvchi so'zlar yoki faol lug'at va kam ishlatiluvchi so'zlar yoki nofaol
lug'at. Ko'p ishlatiluvchi so'zlar barcha uchun tushunarli bo'lishi bilan ajralib tu-
radi. Masalan, choy, non, ovqat, kelmoq, ketmoq, chiroyli, xunuk, gul, yo'l kabi.
Bundan tashqari, xalqning turli guruhlari ham o'z faol lug'atiga ega bo'lishi
mumkin. Jumladan, tilshunoslar affiks, fonema, morfema, sintaksis, sinonim,
omonim kabi so'z-terminlarni ko'p qo'llaydilar. Faylasuflar esa zamon, makon,
obyektiv borliq, bazis, ustqurma kabi terminlardan ko'proq foydalanadilar. Bu esa
har bir guruhdagi kasb egalarining o'z faol lug'ati borligini ko'rsatadi.
Kam ishlatiluvchi so'zlar (nofaol lug'at)ga tilda mavjud bo'lgan, lekin
doim ham qo'llanmaydigan so'zlar kiradi. Masalan, yuho, po'rtana, mo'ndi kabi
so'zlar o'zbek tilida nofaol lug'atni tashkil etadi.
Faol va nofaol lug'at o'rtasida aniq chegara yo'q. Ba'zan faol so'zlar yangi
so'zlar bilan almashtirilib, kamroq ishlatilishi natijasida nofaol lug'atga o'tadi.
Masalan, bir vaqtlar faol lug'atga mansub bo'lgan omoch, qozi, ellikboshi kabi
so'zlar keyingi paytda nofaol lug'atg'a o'tdi. Aksincha, nofaol lug'atdagi so'zlarn-
ing ishlatilishi faollashadi. Masalan, jamiyat taraqqiyotida paydo bo'lib turadi-
gan yangi so'zlar dastlab nofaol lug'atga kiradi. Ularning ma'lum qismi
keyinchalik qo'llanish doirasi kengayib, hammaga tushunarli bo'lib, faol lug'atg'a
o'tishi mumkin: traktor, gektar, invistitsiya va boshqalar. Bu hol jamiyatning
- 94 -
rivojlanish jarayonida kishilar nutq madaniyatining ham o'sib borishi bilan
bog'liq.
Faol va nofaol lug'at tushunchalari chet tiliga o'rgatishda ko'p qo'llanadi.
Leksikologiya tilning lug'at tarkibini turli qatorlarga yoki guruhlarga
ajratib o'rganadi. Lug'at tarkibini bunday tasnif qilishda ularning tarixiy kelib
chiqishi va ishlatilishiga e'tibor beriladi. Jumladan, barcha kishilar tomonidan
keng qo'llanuvchi so'zlar alohida guruhni tashkil etadi. Ular kundalik turmushda
eng ko'p ishlatiluvchi so'zlardir. Qo'llanishi ma'lum bir hudud bilan chega-
ralangan so'zlar dialektizmlar leb ataladi va ular ham alohida guruhni tashkil
etadi. Masalan, shoti so'zi Toshkent shevasida arava qismining nomi; Farg'ona
shevalarida: a) narvon, b) arava qismi; pashsha so'zi Toshkent shevasida pashsha
(муха), Farg'ona shevasida chivin; tuxum so'zi Toshkent shevasida tuxum
(яйцо), j-lovchi shevalarda mayak, qipchoq shevalarida urug'
1
deb ishlatiladi.
Lug'at tarkibidagi fan va texnika sohalarida ishlatiluvchi so'zlar terminlar
deb, ularni o'rganuvchi soha esa terminologiya deyiladi. Bunday so'z-terminlar
nutqda ko'pincha ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lmaydi. Ekspressiv bo'yoqqa ega
bo'lishi va bo'lmasligiga ko'ra so'zlar tasnif qilinadi. Ekepressiv bo'yoqqa ega
bo'lmagan so'zlar neytral so'zlar deyiladi. Bunday so'zlarga kelmoq, istamoq,
kitob, qalam kabi kundalik hayotda qo'llanuvchi so'zlar kiradi. Ekspressiv
bo'yoqda ega bo'lgan so'zlar stilistik ma'noda qo'llangan so'zlar deb ham ataladi.
Bunday so'zlarga oy, kun, chashma, qosh, yer, nazar tashlamoq, chehra kabi
so'zlar kiradi.
Tilning lug'at tarkibidagi so'zlar, asosan, to'rt guruhga bo'linadi:
1) umumso'zlashuv nutqiga xos leksika;
2) mahalliy so'zlashuv nutqi leksikasi (dialektizmlar);
3) adabiy-kitobiy leksika;
4) umumadabiy til leksikasi (og'zaki va yozma nutqda ishlatiluvchi
so'zlar).
1
Reshetov V.V.,. Shoabdurahmonov SH. O'zbek dialektologiyasi. "O'qituvchi" ,
Toshkent, 1978, 165-bet.
- 95 -
Albatta, bu guruhlarga oid so'zlarni ishlatilishi aniq chegaraga ega emas.
Umumso'zlashuv nutqiga xos so'zlar barcha stillarda ishlatiladi.
Odatda, adabiy tillarda quyidagi stillar farqlanadi:
1) badiiy stil;
2) publitsistik stil;
3) ilmiy stil;
4) rasmiy ish qog'ozlari stili;
5) so'zlashuv stili.
So'zlar ham bu stillarda ishlatilishiga ko'ra tasnif qilinadi. Neytral so'zlar
barcha stillarda qo'llanaveradi. Terminlar esa fan va texnikaga oid ilmiy as-
arlarda ishlatiladi. Terminlar badiiy uslubda ham ba'zan uslub talabiga ko'ra
qo'llaniladi. Masalan, urush mavzusida yozilgan asarlarda harbiy terminlar
qo'llaniladi. Asqad Muxtorning "Daryolar tutashgan joyda" asarida sanoat va
ishlab chiqarishga oid terminlarning keng qo'llanilganligi kuzatiladi. Dialektiz-
mlar ilmiy va rasmiy nutqda, badiiy (muallif nutqida) va publitsistik asarlarda
qo'llanmaydi. So'zlashuv uslubida, badiiy asar qahramonlari nutqini aynan ber-
ishda dialektizmlardan foydalaniladi: Eshitdigu moro bo'singa kelaverdik (Rah-
mat Fayziy). Eskirgan so'zlar ham, asosan, badiiy nutqda shu maqsadda
qo'llanadi:
Ey bizning birinchi rais jumhur,
Ismingdan o'zbekning sha'niga g'urur.
( G'afur G'ulom)
Umumso'zlashuv stilida ishlatiluvchi so'zlar barcha kishilar nutqida
qo'llanuvchi odatiy so'zlardir: daraxt, tog', o'rmon, suv, kiyim, ovqat kabilar.
Umumso'zlashuv stilida ishlatiluvchi so'zlar ba'zan poeziyada ham qo'llanadi.
- 96 -
Masalan, O'zbekiston vatanim manim (A.Oripov). Bu o'rinda mening so'zi jonli
so'zlashuv nutqi shaklida (manim) ishlatilgan.
Ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lgan so'zlar ko'proq badiiy va publitsistik stil-
larda ishlatiladi. Bunda badiiy tasvirlar o'xshatish, jonlantirish, sifatlash, mubo-
lag'a, ko'chma ma'nodagi so'zlar yordamida voqea-hodisalarga stilistik bo'yoq
berib, o'quvchida estetik zavq uyg'otadi. Har bir tilning lug'at tarkibi nutq
madaniyati xazinasini tashkil etadi va turli stillarga xos bo'lgan ifoda vositalarini
boyitishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |