O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m
- 68 -
II-BOB. LEKSIKA. LEKSIKOLOGIYA VA SEMASIOLOGIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA So'z tilning eng asosiy va markaziy birligidir. Tildagi barcha so'zlarning
yig'indisi uning lug'at tarkibi yoki leksikasi (grekcha lexis – "so'z") deb ataladi.
Tilshunoslik fanining tilning leksikasini o'rganuvchi bo'limi leksikologiya (grek-
cha lexis – "so'z" va logoc – "ta'limot") deyiladi. Tilning leksikasini o'rganish
juda keng soha bo'lib, u so'zlarning hosil bo'lishi, lug'at sostavining boyishi va
nutqda ishlatilishi, ma'nolarning o'zgarishi, torayishi va kengayishi, turli termin-
larning qo'llanishi kabi bir qator masalalarni qamrab oladi. Shu tufayli leksikan-
ing turli tomonlarini o'rganuvchi alohida sohalar mavjud. Masalan,
leksikologiyaning ma'no tomonlarini o'rganuvchi soha mavjud bo'lib, bu sema-
siologiya (grekcha sema – "ma'no" yoki "belgi", logos – "ta'limot") deb ataladi.
So'zda tilning ifoda (tovush jihati) va mazmun jihatlari (ma'no tomoni)
namoyon bo'ladi.
So'z tilning eng asosiy va markaziy birligi deb qaraladi. Chunki tildagi
ko'pgina xususiyat va hodisalarni o'rganish so'zni ilmiy tadqiq etish bilan bosh-
lanadi. Tilning tovush strukturasini o'rganuvchi fonetika va fonologiyadagi
birliklar o'z ma'nolariga ega bo'lmagani sababli bir tomonlama, ya'ni faqat ifoda
jihati bilan chegaralangan birliklardir. Boshqa birliklar (so'z, so'z birikmasi, gap)
esa ikki tomoniga – ifoda va mazmun jihatiga egadir. Binobarin, leksikologiya
va semasiologiya ko'p tarmoqli bo'lib, har tomonlama chuqur tekshirishni taqozo
qiladi.
So'z tilda turli funksiyalarni bajaradi. So'zlarning atash, ya'ni nominativ
funksiyasi nominatsiya nazariyasi yoki onomasiologiyada o'rganiladi. So'zlarning
ekepressiv ma'no berish funksiyasi leksik stilistika yoki so'z stilistikasida qaraladi.
So'zlarning kelib chiqishini o'rganuvchi soha etimologiya (grekcha etymon –
haqiqat, logos – ta'limot) deb ataladi. Turg'un so'z birikmalari va iboralarni frazeo-
logiya ilmiy tadqiq qiladi. Tilning lug'at sostavidagi kishi nomlarini onomastika
- 69 -
(grekcha onomastive – nom qo'yish san'ati), geografik nomlarni toponimika (grek-
cha topos – joy va onyma – nom) o'rganadi. Boshqa turli nomlarni o'rganuvchi so-
halar ham mavjud.