O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


TILDAGI TARIXIY-FONETIK O'ZGARISHLAR VA FONETIK-



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 TILDAGI TARIXIY-FONETIK O'ZGARISHLAR VA FONETIK-
FONOLOGIK O'ZGARISHLAR 
Til asta-sekin va mustaqil rivojlanib boradi. Tilning takomillashuvi va 
rivojlanishi ma'lum qonuniyatlar asosida bo'ladi va boshqa ba'zi qonuni-
yatlardan, xususan tabiat qonunlaridan farq qiladi.
Til murakkab va ko'pqirrali ijtimoiy hodisa bo'lib, undagi barcha elementlar 
bir-biri bilan uzviy ravishda bog'langan. Shu sababli tildagi qonuniyatlar ham bir-
biri bilan bog'lanadi. Chunonchi, tildagi tarixiy-fonetik o'zgarishlar ma'lum 
fonetik-fonologik qonuniyatlar asosida ro'y beradi va bu esa o'z navbatida, 
grammatik va leksik o'zgarishlarga ham ta'sir etadi. Tildagi tarixiy-fonetik 
o'zgarishlarni qandaydir fiziologik yoki fizik qonunlar asosida tushuntirish 
mumkin emas. Fonetik-fonologik qonuniyatlar tilning ichki qonunlari hisobla-
nadi va faqat tilshunoslik jihatdan ilmiy tadqiq qilish borasida izohlanadi. Til-
dagi tarixiy-fonetik o'zgarishlarni o'rganuvchi qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning 
sohasi qiyosiy-tarixiy fonetika deb ataladi.
Tillardagi, ko'pincha qarindosh tillardagi (slavyan, german, roman, turkiy 
tillari kabi) tarixiy-fonetik o'zgarishlar natijasida so'zlardagi etimologik va geneo-
logik, ya'ni kelib chiqishi jihatdan o'xshashlik va farqlarni qiyosiy-tarixiy fonetika 
aniqlab beradi. Keyinchalik qardosh va qardosh bo'lmagan tillardagi tarixiy-
fonetik o'zgarishlarni va hozirgi fonetik-fonologik o'xshashlik va farqli 
alomatlarni o'rganish natijasida tipologik va qiyosiy-tipologik fonetika hamda 


- 65 - 
fonologiya sohalari vujudga keldi. Umuman tildagi rivojlanish qonuniyatlari sin-
gari, tarixiy-fonetik va fonologik o'zgarishlarni o'rganishdagi fonetik va fonologik 
qonuniyatlar ham quyidagicha turlarga bo'linishi mumkin:
1) Umumiy fonetik qonuniyatlar – barcha tillarga xos bo'lgan universal 
holdagi tartib va qoidalarni belgilab beradi va ular tilning boshqa bosqichlarida 
ro'y beruvchi umumiy hodisalar bilan ham bog'lanadi. Masalan, barcha turkiy 
tillarida jarangsiz undoshlar ikki unli tovush oralig'ida jaranglilashishi mumkin. 
Barcha turkiy tillarda singarmonizm (unlilarning uyg'unlashuvi yoki unlilar 
garmoniyasi) qonuniyati mavjud bo'lib (o'zbek tili bundan qisman mustasno 
hisoblanadi), u so'z o'zagidagi unlining uning affiksidagi unli bilan uyg'unlashu-
vida ko'rinadi. Bunday singarmonizm hodisasi unlilarning til va labning holatiga 
ko'ra uyg'unlashuvi bilan izohlanadi. Masalan, qozoq tilida: attar, bashtar; turk-
man tilida: barar, dashar; qirg'iz tilida: ottuz, moyun, tundu kabilar. 
2) Alohida fonetik qonuniyatlar – ayrim tillar uchun xos bo'lgan 
hodisalarni izohlaydi. Masalan, boshqa turkiy tillariga xos bo'lgan singarmonizm 
o'zbek tili tarixida ham bor bo'lib, unli fonemalar bu tilda 8-9 ta bo'lgan. Tarixiy-
fonetik o'zgarishlar o'zbek tilining ichki alohida fonetik qonuniyatlari va tashqi 
ta'sir natijasida, ya'ni boshqa tillar bilan aloqasi borasida ko'rsatilgan 
xususiyatlar o'zgarishlarga uchragan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida 6- ta unli fo-
nema bo'lib, ular tilning ko'tarilishi (yuqori, o'rta, quyi) va labning holatiga ko'ra 
fonologik oppozitsiyani tashkil qiladi: 
i – u
e – o'
a – o 
Bu fonetik va fonologik alomatlar boshqa turkiy tillar uchun xos emas.
Fonetik va fonologik qonuniyatlar tildagi ichki va boshqa tillar bilan 
aloqa natijasida bo'luvchi – tashqi faktorlar ta'sirida bo'lishi mumkin. Ba'zan 
esa har ikki faktor ham bir yo'la ta'sir qilishi mumkin. Masalan, o'zbek tilida /o/ 
fonemasining hosil bo'lishida ikki fikr mavjud. O'zbek tilidagi ichki fonetik 


- 66 - 
faktorga asoslangan qarash /o/ fonemasi /a/ fonemasining lab va chuqur til orqa 
undoshlaridan keyin kelib, /o/ -lashganini ko'rsatadi. Boshqa tashqi faktorga 
asoslangan qarash o'zbek tilidagi /o/ fonemasi fors-tojik tilining ta'siri ostida 
hosil bo'lgan deb hisoblaydi. Shevalar orfoepik, grammatik va leksik normalar-
dan tashqarida bo'l-gani tufayli ularda turli o'zgarishlar saqlanib qoladi va asta-
sekin adabiy tilga ham ko'chadi.
Fonetik qonuniyatlar xronologik (davr) jihatdan ikki turli bo'ladi:
1) Diaxronik fonetik qonuniyatlar – bir guruh tillar yoki aynan bir tilning 
tarixida ruy bergan tarixiy-fonetik va fonologik o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. 
Bu tarixiy hodisalarni o'rganuvchi til tarixining bir bo'limi diaxronik (tarixiy) 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin