- 59 -
TRANSKRIPSIYA. FOHETIK VA
FONOLOGIK TRANSKRIPSIYA.
TRANSLITERATSIYA
Til ikki shaklga ega:
og'zaki va
yozma nutq shakli. Tovushlar og'zaki
nutqda, harflar esa yozma nutqda ishlatiladi. Yozma nutq shakli ma'lum tilning
alfaviti, grafika va orfografiyasidagi tartib va qoidalarni o'z ichiga oladi. Og'zaki
nutq shakli esa, maxsus belgilar yordamida yozib olinadi. Ma'lum til yoki she-
vadagi tovushlar talaffuzini maxsus belgilar yordamida yozib olish
transkripsiya
deyiladi. Transkripsiya til yoki shevaning talaffuzini ilmiy tadqiq qilishda va chet
tillarning talaffuziga o'rgatishda katta ahamiyatga egadir. Transkripsiya ma'lum
tamoyil yordamida tuziladi. Shu sababli bir tilda bir necha turli transkripsiya turlari
ishlatiladi. Masalan, ingliz tilida D. Jounz taklif etgan keng shakldagi transkripsiya,
uncha ko'p qo'llanilmaydigan tor transkripsiya shakli va boshqa turli transkripsiya-
lar ishlatiladi.
Transkripsiya asosan ikki turli bo'ladi:
fonetik va
fonologik.
Fonetik
transkripsiya har bir tovush uchun maxsus belgi qo'yishga asoslanadi. Bunda
tovushlarning ma'lum holatda artikulyatsion-akustik xususiyatlarini o'zgartirishi
hisobga olinadi va fonemalarning har bir varianti uchun alohida belgi qo'yiladi.
Fonetik transkripsiya belgilari kvadrat qavs ichida ko'rsatiladi. Masalan, [p, t, k]
fonemalarining unlilardan oldin talaffuz qilinuvchi aspiratsiyali variantlari [p
h
,
t
h
, k
h
] belgilari bilan beriladi. Fonetik transkripsiya belgilari haqiqatda talaffuz
qilinuvchi tovushlarning barcha xususiyatlarini ko'rsata oladi.
Dostları ilə paylaş: