O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

simantiqiy va emfatik urg'u. Nutqning mazmuni jihatdan frazaning biror qis-
mini alohida ajratib ko'rsatish uchun xizmat qiluvchi prosodik vosita mantiqiy
urg'u deyiladi. Masalan: U – vrach, rafiqasi esa, o'qituvchi. Bu – juda qiziq 
kitob.
1
Nutq melodiyasi bilan musiqa melodiyasi o'rtasida ma'lum munosabat mavjud. Ashulada 
ular bir-biriga jo'r bo'ladi. «Melodiya» tushunchasi o'zbekcha «ohang» tushunchasiga to'g'ri 
keladi.


- 37 - 
Frazadagi biror so'zni emotsional - ekspressiv jihatdan ajratib ko'rsatuvchi 
prosodik vosita emotsional urg'u deyiladi. Masalan: Eh, qanday go'zal manzara! 
Seni qara-yu.
Ajratilgan so'zlarda emotsional urg'u unli tovushlarni ancha cho'ziq talaf-
fuz etish orqali amalga oshiriladi.
3. Kuchli va kuchsiz talaffuz va nafas kuchi intensivlikni bildiradi.
4. Fraza va taktlarda urg'uli va urg'usiz hamda cho'ziq va qisqa bo'g'in-
larning almashib turishi ritm deb ataladi. Frazaning ritmik strukturasi nutqning 
asosiy fonetik belgilaridan biri bo'lib, u frazani pauza yordamida kichik bo'lak-
larga bo'lish uchun xizmat qiladi.
5. Talaffuzning vaqti, uning tezligi (sekin, o'rta tezlik va tez) nutq tempi 
deyiladi. Nutq tempi frazani bo'laklarga bo'lish va uni ma'no jihatdan 
shakllantirish uchun xizmat qiladi.
6. Nutqda ovozning har xil o'zgarishlari va u orqali nutqning turli 
emotsional-ekspressiv ifodalanishi ovoz tembri deb yuritiladi. Ovoz tembri bir 
kishining ovozini ikkinchi kishining ovozidan farqlash uchun ham xizmat qiladi. 
Nutq tembri ikki turli bo'ladi. U ovozning turli o'zgarishlarini ko'rsatish uchun 
xizmat qilsa, neytral tembr (bevosita oddiy) deb yuritiladi. Nutqni ifodali, ya'ni 
emotsional-ekspressiv qilishda ishtirok etuvchi tembr emotsional deyiladi. Yuqori-
da ko'rsatilgan nutqning fonetik jihatdan fraza, takt, bo'g'in va tovushlarga bo'li-
nishi so'zlovchining odat bo'yicha uzun nutqni bo'laklarga bo'lib talaffuz etishiga 
asoslanadi. Talaffuzi va eshitilishi jihatdan nutqdagi psixologik aniq birliklar 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin